O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


Ferromagnitli materiallarni magnitlash



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə20/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

4 . Ferromagnitli materiallarni magnitlash.
Ferromagnit materiallarga po‘lat, temir, cho‘yan, nikel, kobalt kiradi. Ferromagnit materiallarning magnit singishi bo‘shliqning singishidan juda ko‘p marta ortiq. Ferromagnit jismlarning asosiy belgilari shundaki, magnit maydoniga joylashtirilgan ferromagnit materiallarning magnit singishi magnit maydonning kuchlanganligiga bog‘liq. Ferromagnit materiallarning magnitlanish qobiliyatini quyidagicha tushuntirish mumkin. Ma‘lumki, o‘tkazgichdan o‘tayotgan tok shu o‘tkazgichning atrofida magnit maydonini hosil qiladi. Boshqa tomondan , bu o‘tkazgichdan o‘tayotgan elektr toki ma‘lum yo‘nalishda uning uzunligi bo‘yicha harakatlanayotgan bo‘sh elektronlardir. Bir vaqtda atomlar yadrolari atrofida elektronlar doimiy harakatda bo‘lib turadi. Undan tashqari, atomning elektronlari atom yadrosidan tashqari o‘z o‘qlari atrofida aylanadi. Elektronlarning bunday aylanishi prildoqlaring aylanishiga o‘xshash elektron harakatini magnit maydonni hosil qiluvchi o‘ziga xos tok deyish mumkin. Ferromagnit materialini magnitlantirmaguncha jismning ichidagi mayda zarrachalarning magnit maydonlari tartibsiz holda bo‘ladi. Magnitlanmagan ferromagnitli material odatdagi sharoitda atrof-muhitda o‘z xususiyatini bildirmaydi. Ferromagnit jismni tashqi magnit maydoniga joylashtirilgan zahoti bu jismning mayda zarrachalari magnit maydonlari uning ichida tashqi magnit maydoni ta‘sirida og‘adi va ularning yo‘’nalishi tashqi magnit maydoni bilan bir xil bo‘ladi. Agarda po‘lat yoki temir shunday sharoitda bo‘lib qolsa, u holda magnit xususiyatiga ega bo‘ladi. Ferromagnit materiallar magnitlantirib bo‘lingandan keyin uzoq vaqt magnitlanib turadi. Magnit materiallarning magnitlangan maydoni yo‘q bo‘lib ketgandan so‘ng qolganini qoldiq magnetizm deyiladi. Bir xil materiallar juda kam qoldiq magnetizmga ega, boshqalari esa juda ko‘p magnetizmga ega bo‘ladi. Qattiq po‘lat, volfram , xrom , kobalt materiallarida qoldiq magnetizm ko‘p bo‘lgani uchun ulardan doimiy magnit tayyorlanadi. Ferromagnit materiallarning magnit xususiyatlari magnit induksiyasi magnit maydonning kuchlanganligiga bog‘liqligini tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bu bog‘liqlik grafikda egri chiziq bilan ko‘rsatiladi. Grafikning gorizontal chiziqlarida maydonning kuchlanganligi A /m miqdorlarini joylashtirib, vertikal chiziqlarida magnit induksiyasi T miqdorlarini joylashtiriladi. 7-rasm da har xil materiallarni magnitlash chizigi tasvirlangan.Bu egri chiziqlar magnitlash jarayonining qanday o‘tishini ko‘rsatadi.
B u egri chiziqlarga qarab magnitlash jarayonini ko‘rish mumkin. Jarayon boshlanishida magnitlash maydonning kuchlanganligi oshib borishi bilan magnit induksiya tez oshib boradi, keyin jarayon sekinlashadi. Keyinchalik egri chiziqlar gorizontal chiziqga parallel bo‘la boshlaydi.
7-rasm. Magnitlash egri chiziqlari
Bu magnit to‘yinishini ko‘rsatadi. Ferromagnit materiallarning magnitlashni qabul qilib bo‘lmaydigan holatini magnit to‘yinishi deyiladi. Bu holatni jismning ichidagi atom sistemalarni tashkil topgan elementar magnitchalar shu magnitlangan maydonning kuchlanganligi miqdorida shu maydonning uzunasi bo‘yicha joylashadi, undan u yog‘iga ferromagnit jismning magnit maydoni boshqa ko‘paya olmaydi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin