1-ILOVA. 6-MAVZU. UCH FAZALI TOK ZANJIRLARI. Reja: 1.Uch fazali elektr yurituvchi kuch E.Yu.K.ni hosil qilish.
2 . Uch fazali o‘zgaruvchan tok zanjiri.
Tayanch so‘z va iboralar: ko‘p fazali sistemasi, uch fazali tok, uch fazalisistema, aktiv quvvat, reaktiv quvvat.
2-ILOVA. Baholash mezoni.
Baholash mezoni
Baho
1.
Savollarga to‘liq javob berish, misol dalil keltirish..
5
2.
Savollarga noto‘liq javob berish.
4
3.
Savollarga qisman javob berish
3
4.
Savollarga umuman javob bermaslik
2
3-ILOVA. 1.Uch fazali elektr yurituvchi kuch (E.Yu.K)ni hosil qilish. Uch fazali elektr yurituvchi kuch sistemasi uch fazali generatorlarda yaratiladi. Generatorning fazalarida cho‘lglamlarini rotor bilan aylanayotgan o‘zgarmas magnit maydoni kesib o‘tishi natijasida E.Yu.K. hosil bo‘ladi. Rotorning cho‘lg‘amlari ikkita kontakt halqa va grafit cho‘tka yordamida tashqi o‘zgarmas kuchlanish manbaiga ulanadi. Bunday konstruksiyali mashina har fazada elektromagnit miqdorining tebranishi bir xil chastota va amplituda bolishini ta‘min etadi, chunki rotorning to‘la bir marta aylanishi ayrim fazalardagi E.Yu.K. to‘la cho‘qqi (piklik) (sinusoida qonuni bo‘yicha) o‘zgarishi bir davr T ga teng vaqtda sodir bo‘ladi.
Uch fazali generatorning tuzilishi. Uch fazali EYuK ning oniy qiymatlari.
1-rasm. Uch fazali elektr yurituvchi kuchni (E.Yu.K.) hosil qilish prinsipial sxemasi.
Ammo generatorning fazalaridagi (cho‘lg‘amlaridagi) E.Yu.K. oniy miqdori rotorning fazoviy o‘rni biror cho‘lg‘am (o‘ram ) bilan ilashgan magnit oqimining yo‘nalishi va miqdori bilan aniqlanadi. Agar rotorning fazoviy o‘rniga A fazadagi E.Yu.K. ning maksimumi (to‘ng‘ichi) to‘g‘ri kelsa, В fazada E.Yu.K. ning xuddi shunday maksimumiga rotorning uchdan bir marta aylanishidan (yoki 1/3 vaqtdan) keyin erishadi (1-rasm ). Shunga o‘xshash S fazada ham E.Yu.K. ning maksimumi, ya‘ni uchdan bir davr dan so‘ng hosil bo‘ladi.Shunday qilib, A, B, S fazalarda E.Yu.K. ning o ‘zgarishi sinusoida qonuni bo‘yicha sodir bo‘lsa, ularni tasvirlovchi sinusoidalar ham T vaqt bo‘yicha -T/3 qadar siljigan bo‘ladi.