O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə82/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

2. Diodning ishlash prinipi.
Elektron vakuum asbob ichiga ikki elektrod — anod va katod joylashtirilgan bo‘lib, havosi so‘rib olingan shisha idishcha(ballon)dan iborat.Uning ishlash prinsipini termoelektron emissiyasiga, ya‘ni vakuumda qizdirilgan metalldan elektronlar uchib chiqishiga asoslangan. Elektrodlardan biri — katod elektr toki bilan qizdiriladi. Qarama-qarshi elektrod — anodni musbat ishorali qutbga ulasak, katoddan otilib chiqayotgan manfiy ishorali zaryadlangan zarrachalar — elektronlar anodga qarab yo‘naladi. Demak, elektr toki hosil bo‘ladi. Anod manfiy qutbga ulansa tok o‘tmaydi. Bunday elektron asbob diod deb ataladi va uning asosiy xossasi tokni bir tomonlama o‘tkazishdir, ya‘ni undan faqat ma’lum ishorali tok o‘tadi. Diodning sxemasi 1- rasm, a) da, uningvolt-amper xarakteristikasi 1- rasm, b) da ko‘rsatilgan.

1-rasm: a) b)
1-rasm, b) da ko‘rinib turibdiki, anod va katod o‘rtasidagi kuchlanishni oshirgan sari zanjirdan o‘tadigan tok ko‘p ayadi va teskari ishorali kuchlanish bo‘lganda tok kamayadi. Diodning asosiy xossasi mana shunda. Agar anod va katod o‘rtasiga yana bitta elektrod kiritsak, shu to‘r deb ataluvchi elektrodning katodga nisbatan kuchlanishi (potensiali) o‘zgartirilsa, elektronlar oqimini va demak, tokni ham o‘zgartirish mumkin. Bunday asbob triod deb atalgan. Bu asbob anod tokining kattaligini boshqaradigan asbobdir. 2- rasm, a) da triodning sxemasi, 2- rasm, b) da anod — to‘r bog‘lanuvchi egri chiziq ko‘rsatilgan. Diodning asosiy xususiyati tokni bir yo‘nalishda o‘tkazib beradi, dedik. Uning bu xususiyatidan ko‘p incha o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirishda foydalaniladi. Triodlar esa elektr signalni, ya‘ni axborot tashuvchi elektr kattalikni (signalni) kuchaytirishda qo‘llaniladi. Bu holda signal to‘r — katod kuchlanishi ko‘rinishda triodga ulanadi va bu axborot tashuvchi kattalik anod — katodga ulangan manba hisobiga kuchaytiriladi.

2-rasm.
3. Gazda elektr razyadning asosiy turlari.
Gazli muhitdan elektr tokining o‘tishi gazli razryad deyiladi. Gazli muhitda yorumik energiyasi yoki katodni qizdirish ta’sirida zaryadlangan zarrachalarning hosil bo‘ulishiga nomustakil gazli razryad deyiladi. Agar elektr razryad faqat asbobning elektrodlarga berilgan kuchlanishi yordamida hosil bo‘lsa, bu razryadga mustaqdl gazli razryad deyiladi.
A nod va katod orasidagi kuchlanish noldan ma’lum qiymatgacha orttirilganda asbob zanjirida tok kam bo‘ladi, chunki bu vaqtda tok faqat katoddan chiqayotgan elektronlar hisobiga hosil bo‘ladi.Razryad natijasida gaz atomlari ionlashadi.
Atomlarning ionlanishi shudan iboratki, ulardan bir yoki bir necha
3-rasm. elektronlar ajralib chiqdi.
3-rasm. Gaz razryadning voltamper tasnifi va uni olish sxemasi :
a) gaz razryadni olish sxemasi, 6) gaz razryadning vol’tamper tavsifi.
Shu sababli atomlar musbat ionga aylanadi.Ajralib chiqqsan elektronlar gazla tok hosil qiladi. Elektronlarning orgib ketishi natijasida ularning bir qismi neytral atomlar bilan qo‘shshshb manfiy ionlar hosil qiladi. Gazning ionlanish hodisasi bilan bir vaqtda teskari hodisa — ionlarning neytral atomga aylanish hodisasi xam yuz beradi. Bu hodisa rekombinatsiya deyiladi. Umuman razryad yuz berganda tok keskin oshib ketadi,kuchlanish esa bir necha vol’tga kamayadi (76-, b- rasm,abc qismi). Kuchlanishning ma’lum qiymatga kamayib qolishining sababi,tok ortganda asbobning ichki karshiligidagi kuchlanish tushishining ortishidir. Katoddan «uchib»chiqqan elektronlar va manfiy ionlar anodga, musbat zaryadlangan ionlar esa katodga qarab harakat qiladi. Bunda musbat ionlar katod sirtiga urilib, uni qizdiradi va undan ikkilamchi elektronlarni chiqaradi. Ular esa uz navbatida anodga qarab harakatlanib, gazni ionlashtiradi. Shuning uchun anod zanjiridagi tok keskin o‘sadi.Egri chiziqning O abc qismiga qorong‘u razryad muvofiq keladi. Bu razryadni faqat asboblarning ko‘rsatkichlari orqali aniqlash mumkin.
Egri chiziqning CK1 qismiga biqsima razryad muvofiq keladi. Bunda katod yuzasi yonida elektr maydonining kuchlanganligi juda ortib ketadi. Elektronlar katta energiyaga ega bo‘lib, intensivlik bilan gazni ionlashtiradi. Bu bilan birga rekombinatsiya jarayoni ham kuchayadi va gaz shu’lalana boshlanadi.
Katodning yuzasi struktura bo‘yicha hamisha har xil bo‘ladi. Shuning uchun ionlashish katod yuzasining ustida har xil uchastkalarda har xil bo‘ladi. Ionlashishning mahalliy ortishi katodning muvofiq kichik uchastkasida temperaturaning ortishiga olib keladi. Bu esa o‘sha uchastkaustidaionlar sonini ko‘p aytiradi. Gazning ingichka shu’lalanib turgan qatlami shu uchastkaning ustida katodli dog‘ hosil qiladi. Egri chiziqning K1 qismida tokning o‘sishi faqat katodli dog‘ yuzasining ortishi hisobiga yuz beradi. Egri chizikning L nuqtasida katodli dog‘ katodning yuzasini butunlay egallab oladi. Shuning uchun bundan keyin tokni orttirish uchun kuchlanishni ko‘p aytirish kerak (egri chiziqning I m qismi). Shu qismga muvofiq kelgan razryad anomal biqsima razryad deyiladi.
Elektr maydonning kuchlanganligi t nuktada taxminan 108 V/M ga teng bo‘lib, avtoelektron emissiyani keltiradi, ya‘ni elektr maydoni anoddan elektronlarni sugurib oladi. Buning yoyli razryad hosil bo‘ladiva elektrodlar natijasida orasidagi kuchlanish bir necha vol’tga pasayadi. Yoyli razryadda tok juda katta bo‘lib, u yorug‘‘ katodli dog‘ni hosil qiladi.Uchta gazli razryadlardan tashkari tojli va uchkunli gazrazryadlar ham bor. Tojli razryad kichik diametrli simlarning yuzasida yoki simlarning o‘tkirlashgan qismlarida hosilbuladi, chunki bunda elektr maydon kuchlanganligining kata qiymatlariga osongina erishish mumkin. Uchqunli razryad hosil bo‘lishi uchun ikkita elektrod orasida kuchlanish teshuvchi kuchlanishning qiymatiga yetishi kerak. Uchkunli razryad elektrodlar orasidagi havo harakatini va bosimini keskin ravishda ko‘taradi. Shuning uchun razryad sodir bulgan vaqtda, uziga xos shitirlash eshitiladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin