O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


Lampali fotoelementlarning tuzilishi, ishlash tartibi, asosiy tavsiflari va parametrlar



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə96/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

2.Lampali fotoelementlarning tuzilishi, ishlash tartibi, asosiy tavsiflari va parametrlar.
Elektrovakuumli fotoelement shisha ballon bo‘lib, unda 10 6 mm. simob ust. atrofida bosimli vakuum hosil qilingan va ikkita elektrod — fotokatod К va anod A joylashtirilgan. Shisha ballonni ichki yuzasining yarmiga, ya‘ni ichki yarim sferaga katod qo‘yiladi. Katod materiali sifatida kislorod bilan aktivlashtirilgan seziy ishlatiladi, ba‘zida surmali-seziyli katod (SbCs3) tayyorlanadi.

1-rasm. Elektrovakuum fotoelement tashqi ko‘rinishi (a) va shartli belgilanishi (b).
Katodning uchini shisha ballonning yon qismida joylashtiriladi. Elektrovakuum fotoelementlarning volt-amper tavsiflari I f = I ( f / ) shuni ko‘rsatadiki, fototok boshida kuchlanishning ko‘p ayishi bilan tez o ‘sib boradi, so‘ng yorug‘‘lik oqimi F -const bo‘lganda, deyarli o‘zgarishsiz qoladi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. To‘yingan kuchlanish sodir bo‘lganda, fotokatod bilan nurlanuvchi barcha elektronlar anod yuzasiga yetadi va keyingi tokning juda kichik o‘sishi kuchlanishning o‘sishi bilan elektrostatik emissiyaning ta ‘siriga asosan sodir bo‘ladi. Yorug‘‘lik oqimining o ‘sishi bilan (F3> F2> F1) volt-amper tavsifi yuqoriga ko‘tarila boradi, chunki vaqtning birligida fotokatod bilan nurlangan elektronlarning soni ko‘p ayib boradi. Fotoelementlar signalizatsiya sxemalarida, fototelegraflarda, ovozli kinolarda ishlatiladi.

2-rasm. Tashqi fotoeffektli fotoelementlar: a —elektrovakuum fotoelementining volt-am per tavsifi; gaz to ‘ldirilgan fotoelem entning volt-arnper tavsifi; v— elektrovakuum fotoelem entining yorug‘Mik tavsifi; e—elektrovakuum fotoelementlarning spektral tavsifi

  1. . Fotoelektron ko‘p aytirgichlar.

Tashqi fotoeffektli elektrovakuum fotoelementlarining xili bo‘lib, fotoelektron ko‘p aytirgich hisoblanadi. Fotoelektron ko‘p aytirgichlar rus injeneri L.A.Kubetskiy tomonidan 1934-yilda ixtiro qilingan. Fotoelektron ko‘p aytirgich deb, shunday fotoeffektli fotoelementga aytiladiki, unda fototok kuchayishi ikkilamchi elektron emissiyani ishlatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fotoelektron ko‘p aytirgichlarning kamchiligi sezgirligining pasayishi (qarishi) hisoblanadi, undan tashqari ularga katta kuchlanishli manba talab qilinadi (2300 voltgacha).

3-rasm. Fotoelektron ko‘paytirgich: a — tuzilishi: D1,, D2, D3, D4 — ikkilamchi elektron katodlari; b — shartli belgilanishi


  1. Yüklə 9,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin