Quymalarda uchraydigan nuqsonlar Quymakorlik sexlarida ishlab chiqariladigan quymalar ichida belgilangan texnalogiyaning
to‟g‟ri bajarilmasligi, quyma konstruksiyasida yo‟l qo‟yilgan xatolar va boshqa sabablarga
ko‟ra ba‟zida nuqsonlar ham uchraydi. Jumladan, quyma shaklining, o‟lchamlarining, yuza
tekisliklarining, puxtaligining va boshqa ko‟rsatkichlarining chizma talablariga to‟la javob
bermasligi shunday nuqsonlardandir.
Quymaning muhimligiga qarab, bu nuqsonlar ikki guruhga, ya‟ni tuzatib bo’lmaydigan va
tuzatish mumkin bo’lgan nuqsonlarga bo‟linadi.
Quymalarda uchraydigan asosiy nuqsonlar:
a)
Quymalarning chizmaga mos kelmasligi, qolipning metall bilan chala to‟ldirilishi,
qolip bir qismining ikkinchi qismiga nisbatan siljishi, metallning qolip tashqarisiga ham oqib
o‟tishi, turli tezzlikda sovushi sababli tob tashlashi va boshqalar;
b)
Quymalarning puxtaligiga zarar yetkazadigan nuqsonlar, ya‟ni gaz, shlak, cho‟kish
bo‟shliqlari, darz, yoriqlari va boshqalar.
Takrorlash ucnun savollar: 1.
Quymarorlikning ahamiyati va afzalliklarini aytib bering.
2.
Quymalar ishlab chiqarish usullarini aytib bering.
3.
Kokil nima? Uning qanday afzalliklari bor?
4.
Qoliplar qanday turlarga bo‟linadi?
5.
Qoliplar qanday materiallardan tayyorlanadi?
6.
Suyiltirish qurilmalarini aytib bering.
15-Mavzu: Metallarga bosim ostida ishlov berish. Metallarni prokatlash va presslash Reja: 1. Metallarni bosim bilan ishlash usullari va qo‟llanilish sohalari.
2. Metallarni prokatlash.
3. Metallarni kiryalash.
4. Presslash usullari. Shtamplash.
Tayanch iboralar: bosim bilan ishlov berish, prokatlash, kiryalash, presslash, shtamplash.