Pо‟lat yuzasini azot bilan diffuzion tо‟yintirishga
azotlash deb ataladi. Azot pо‟lat
tarkibidagi metallar bilan birikib, nitridlarni hosil qiladi. Azotlash jarayoni 430…800
0
C gacha
gazsimon ammiak (NH
3
) muhitida olib boriladi. Pо‟latlar 430…600
0
C da azotlansa ularning
qattiqligi, ishqalanib yeyilishga chidamliligi va puxtaligi ortadi, 600…800
0
C da azotlanganda
esa faqat korroziyabardoshligi ortadi. Asosan, tarkibida Cr, Mo, W, Al, Ti kabi nitrid hosil
qiluvchi elementlari bо‟lgan legirlangan pо‟latlar azotlanadi.
Detallar azotlashdan oldin chang va moylardan tozalanib, germetik yashikka bir-biriga
tegmaydigan qilib joylashtiriladi. Sо‟ng yashik qopqog‟i yopiladi-da, pechga joylashtiriladi va
asta-sekin ammiak muhitida zarur haroratgacha qizdiriladi. Yuqori haroratda ammiak qisman
parchalanib, faol azot atomlarini hosil qiladi:
2NH
3
=2N
at
+3H
2
,
N
at
→Fe
α
→ Fe
α
(N)→γ΄(Fe
4
N)→ε(Fe
2-3
N).
Temir sirtida azotlangan qatlam Fe
2-3
N (ε-faza) va Fe
4
N (γ΄-faza) va (α-faza) dan iborat
bо‟ladi. Azotlash 600
0
S dan yuqorida о‟tkazilsa nitrid qatlam va α-faza orasida azotlangan
austenitdan iborat γ-faza hosil bо‟ladi.
Sо‟nggi yillarda tarkibi 50% endogaz va 50% ammiak yoki 50% CH
4
va 50% NH
3
,
shuningdek suyuq holatdagi 55% (NH
2
)СO+45% Na
2
CO
3
aralashmadan foydalanib azotlash
jarayoni qо‟llanilmoqda. Natijada buyum sirtida strukturasi Fe
2-3
(N,C) dan iborat bо‟lgan
karbonitrid qatlam hosil bо‟ladi, uning qattiqligi HB 600…1200 ga yetadi va buyumning
ishqalanib yemirilishga chidamliligi ortadi.
Azotlash jarayoniga sarflanadigan vaqt talab etiladigan qatlam qalinligiga bog‟liq.
Umuman, har 10 soatda 0,1 mm
yuza qatlam azotlanadi. Detallarga azotlashdan oldin termik
ishlov beriladi, azotlangan yuzalar esa faqat jilolanadi.
Azotlash jarayoni sementitlash jarayonidan pastroq haroratda о‟tkazilsada, qatlamning
qattiqligi va ishqalanib yeyilishga chidamliligi yuqori, murtligi esa pastroq bо‟ladi.
Dostları ilə paylaş: