О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Marten usuli to‟g‟risida qisqacha ma„lumotlar



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

 
Marten usuli to‟g‟risida qisqacha ma„lumotlar. Bu usulni 1864 yilda fransuz 
metallurglari Per va Emil Martenlar kashf etganlar. Sifatli po‟latning 80% i shu usulda ishlab 
chiqarilmoqda. Marten jarayoni regeneratorlar bilan ta„minlangan alangali pechlarda amalga 
oshiriladi. Issiqlik manbai - mazut yoki yonuvchi gazlar bilan qizdirilgan havo (1000 . . . 1200 
0
C) aralashmasidir. Alanganing harorati 1800. . . 1900 
0
C ga yetadi, bu esa metall shixtani 
suyuqlantirish uchun kifoya qiladi.
Pechning ichki qoplamasiga terilgan o‟tga chidamli materialning xiliga ko‟ra Marten 
pechlari asosli (magnezit, xrommagnezit) va kislotali (dinas, kvars qumi, yanchilgan kvarsit) 
turlarga bo‟linadi. Tarkibida oltingugurt va fosfor miqdori ko‟proq bo‟lgan metall shixtani 
suyuqlantirib, sifatli po‟lat olish imkonini bergani uchun asosli marten pechlari kengroq 
tarqalgan.
Pechga yuklanadigan materiallarning turiga qarab marten jarayoni skrap-jarayon (shixta 
– 25...45% cho‟yan, qolgan qismi temir - tersak va boshqa komponentlar) va skrap-rudaviy 
jarayonlarga (shixta - 60...70% suyuq cho‟yan, qolgani skrap, temir va marganes rudalari)
bo‟linadi. Skrap-rudaviy jarayon ko‟proq qo‟llaniladi.
Marten pechi ishining texnik - iqtisodiy ko‟rsatkichlariga pech tubining 1m
2
yuzasidan 
bir kecha-kunduzda olingan po‟lat miqdori va 1t po‟lat olish uchun sarflangan shartli yoqilg‟i 
miqdori kiradi. Pech tubining 1m
2
yuzasidan bir kecha-kunduzda olinadigan po‟lat miqdori 
pechning hajmiga, mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga va jarayonning turiga, 1t po‟lat olish 
uchun sarflangan shartli yoqilg‟i miqdori esa yoqilg‟ining xiliga, olinadigan po‟lat naviga va 
jarayonning turiga bog‟liq bo‟ladi. Masalan, skrap - rudaviy jarayonda 130 t sig‟imli pech 
tubining har 1m
2
yuzasidan 10 t chamasi po‟lat olinadi. Pechga kislorod bilan boyitilgan havo 
haydalganda pechning ish unumi 15…20% ga oshadi. 1 t po‟lat olish uchun sarf bo‟ladigan 
shartli yoqilg‟i miqdori skrap–rudaviy jarayonida 100...180 kg ni, skrap jarayonda esa 170...250 
kg ni tashkil etadi. Pechning sig‟imi qancha katta bo‟lsa, 1 t po‟lat olish uchun sarflanadigan 
yoqilg‟i miqdori shuncha kam bo‟ladi.
Marten pechlarining unumdorligini oshirishning eng muhim omili yangi progressiv 
texnologiyalarini joriy qilish, birinchi navbatda esa, sof kisloroddan foydalanishdir.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin