О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

 
 
2. Cho’yan ishlab chiqarish 
Barcha metallar ikki guruhga, ya‟ni qora va rangli metallarga bo‟linadi. Qora metallar 
guruhiga temir va uning qotishmalari (cho‟yan, po‟lat), rangli metallarga esa qolgan barcha 
metallar kiradi. Turli metall konstruksiyalar, mashina detallari, asosan, qora metall qotishmalari 
(cho‟yan, po‟lat) dan tayyorlanadi. Sababi shundaki, bu qotishmalarni ishlab chiqarish 
texnologiyasi sof metallarnikiga qaraganda oddiy bo‟lib, mexanikaviy va texnologik xossalari 
yuqoridir, shuningdek, qotishmalar kimyoviy tarkibini va strukturasini o‟zgartirish yo‟li bilan 
ularning xossalarini o‟zgartirish mumkin.
Cho‟yan temirning uglerodli qotishmasi bo‟lib, uning tarkibida uglerod miqdori 2,14% 
dan 6,67% gacha bo‟ladi. Cho‟yan domna pechlarida temir ro‟dalaridan suyuqlantirib olinadi.
Domna cho‟yanlarining 80

85% i qayta ishlanib, undan po‟lat olinadi.
Asosiy temir rudalari. Cho‟yan ishlab chiqarishda foydalanadigan tabiiy birikmalar 
temir rudalari deb ataladi. Temir rudalarida temir oksidlari bilan birga turli boshqa 
qo‟shimchalar - SiO
2
, Al
2
O
3
, CaO, MgO va boshqalar ham uchraydi. Temir bilan kimyoviy 
birkmagan moddalar bekorchi jinslar deb ataladi.
Muhim temir rudalariga magnitaviy temirtosh (Fe
3
O
4
), qizil temirtosh (Fe
2
O
3
), qung‟ir 
temirtosh (2Fe
2
O
3
), shpatli temirtosh (FeCo
3
), temirli kvarsitlar kiradi. Tarkibida 70% temir 
bo‟lgan magnitaviy temirtosh, 65% gacha temiri bo‟lgan qizil temirtosh eng boy rudalar 
hisoblanadi. Qo‟ng‟ir temirtosh temirga ancha kambag‟al bo‟lib, rudada temir miqdori 25-50% 
ni tashkil qiladi, shpatli temirtoshida temir miqdori 35-37% gat eng, eng kambag‟al temir rudasi 
temirli kvarsitlardir.
Rudada temir oksidlaridan tashqari bekorchi jinslar, jumladan kremnezem, tuproq, 
oltingugurt, fosfor va boshqa aralashmalar bo‟ladi. Ularni suyultirishgacha ham qisman 
yo‟qotish zarur. Shuning uchun rudadagi temir miqdorini ko‟paytirish maqsadida u boyitiladi, 
ya‟ni bekorchi jinslardan tozalanadi.
Rudani boyitish jarayonlariga qo‟ydagilar kiradi: 1) maydalash va g‟alvirlash; 2) yuvish; 
3) elektromagnit yordamida boyitish; 4) rudani qizdirish; 5) mayda va changsimon rudani 
yiriklashtirish ( aglomeratlash); 6) o‟rtachalash.
Ruda suyuqlantirishdan oldin boyitilsa-da, bekorchi jinslardan butunlay holi bo‟lmaydi. 
Metallurgiya jarayonida ruda tarkibida qolgan bekorchi jinslar va yoqilg‟ining yonishida 
ajraladigan kuldan qutilish maqsadida domna pechiga flyus deb ataluvchi modda kiritiladi. 
Flyus sifatida, ohaktosh (CaCO
3
), dolomit (CaCO
3

MdCO
3
), qumtuproq (SiO
2
) lardan 
foydalaniladi. Pechga kiritilgan flyus rudadagi bekorchi jinslar, yoqilg‟i kuli va oltingugurt 
bilan reaksiyaga kirishib, oson suyuqlanuvchan va yengil birikma (shlak) hosil qiladi, bu 
birikma suyuqlangan metall sirtiga ko‟tariladi.
Rudaning kimyoviy tarkibiga qarab, 1t cho‟yan olish uchun, odatda 0,2 - 0,5 t gacha 
flyus sarflanadi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin