u qotgach, quyma detal - quyma qolipdan ajratib olinadi. Zarur bo‟lsa, quymalarga keyingi
ishlov berish jarayonida aniq o‟lcham va shakl beriladi.
Kuzatishlar shuni ko‟rsatadiki, turli mashina detallarining og‟irlik jihatidan qariyb 40-80
foizi quyma tarzida olinadi. Quymakorlikda metallardan bolg‟a‟lash,
shtaplash usullari bilan
tayyorlash qiyin bo‟lgan va ba‟zan mutloqo tayyorlab bo‟lmaydigan turli og‟irlikdagi (5 g dan
tortib 300 t gacha va undan ham og‟ir) xilma-xil quymalar,
chunonchi, avtomobil va
traktorlarning
silindrlar bloklari, stanoklarning staninalari olinadi. Murakkabligi o‟rtacha
detalni prokatdan mexanikaviy ishlab olishda 75% gacha, shtamplangan zagotovkani ishlashida
50% gacha, cho‟yan quymani ishlashida esa 20% gacha metall qirindiga aylanadi. Shu sababli
ham quymakorlik mashinasozlikda muhin o‟rin tutadi.
Ma‟lumotlarga ko‟ra quymalarning 75% ga yaqini kulrang cho‟yanlardan, 20% chamasi
po‟latlardan, 2-3% chasi bolg‟alanuvchan cho‟yanlardan va juda oz qismi rangli metall
qotishmalaridan olinmoqda.
Ishlab chiqariladigan
quymaning turiga, seriyasiga va boshqa ko‟rsatkichlariga qarab
quymakorlik korxonalarining quyidagi turlari bo‟ladi:
1.
Individual korxonalar. Bu korxonalarda ishlab chiqariladigan
quymalar turi tez-tez
o‟zgarib turadi.
2.
Seriyalab quyma ishlab chiqaruvchi korxonalar. Bu korxonalarda ishlab
chiqariladigan quymalar turi tez-tez o‟zgarmaydi.
3.
Ko‟plab quymalar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar.
Bu korxonlarda quymalar
ming-minglab ishlab chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: