Po‟lat quymalarning ko‟pincha yirik donali bo‟lishi ularning mexanikaviy xossalarini
yomonlashtiradi. Bunday quymalarning donalarini maydalashtirib, bir tekis strukturaga erishish
bilan ichki kuchlanishga barham berib mexanikaviy xossalarini oshirish maqsadida ular
yumshatiladi.
Shakldor quymalar tayyorlashda mis qotishmalarning har ikkala turidan – latundan ham,
bronzadan ham foydalaniladi. Korroziyabardosh detallar tayyorlashda ЛА67-2,5, ЛАЖ60-1,1
va ЛК80-3 markali latunlar ishlatiladi. Armaturalar va murakkab
quymalar uchun qalayli
bronzalardan (masalan, Бр010, Бр0Ф10-1, БрОЦС6-6-3) ham, alyuminiy–temirli, kremniyli va
marganesli bronzalardan (БрАЖ9-4, БрК3, БрМЦС8-20) ham fopydalaniladi.
Amalda mis quymalar olishda, ko‟pincha bir stoyakli ko‟p oziqlantirgichlar orqali
bog‟langan bir necha qolip tayyorlanadi. Metallartning qolipga
tekis va ravon kirishini
ta‟minlash uchun ilonizi ko‟rinishidagi, pog‟onali stoyaklardan foydalaniladi. Qolipga
metallarning ravon to‟lishini yaxshilash maqsadida viporlardan foydalaniladi.
Alyuminiy qotishmalarining nisbatan puxtaligi quyma xossalarining yaxshiligi,
yaxshi kesib
ishlanishi, korraziyabardoshligi, ko‟pchiligi yaxshi termik ishlanishi kabi o‟ziga xos
xususiyatlarga egaligi uchun ulardan quyma detallar, jumladan,
dvigatellar golovkalari,
shatunlar, porshenlar olinadi.
Alyuminiy qotishmalarining mexanikaviy xossalari ularning kimyoviy tarkibiga va
strukturasiga bog‟liq. Quymalar olishda aluminiyning kremniyli, magniyli, misli, mis-kremniyli
va murakkab tarkibli qotishmalaridan foydalaniladi. Quymalar, asosan,
bosim ostida doimiy
metall qoliplarga qolip materiallardan tayyorlangan qoliplarga quyish yo‟li bilan olinadi.
Dostları ilə paylaş: