О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Metallarni bosim bilan ishlash usullari vaqullanish sohalari



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Metallarni bosim bilan ishlash usullari vaqullanish sohalari 
Zagavotkani tashqi kuch ta‟sirida plastik deformatsiyalash natijasida uni kutilgan shaklli va 
o‟lchamli mahsulotga aylantiradigan texnologik jarayon metallarni bosim bilan ishlash 
deyiladi. 
Metallarni bosim bilan ishlashning asosiy usullariga prokatlash, kiryalash, presslash, 
erkin bolg‟alash, hajmiy shtamplash va list shtamplash kiradi. Bu usullar ichida eng qadimiysi 
bolg‟alashdir. Bu usulda temirchilar qilich, qalqon nayza uchliklari va turli mehnat qurollarini 
yasaganlar. 
Bosim bilan ishlov berishni faqat plastikligi yetarli bo‟lgan metallarga nisbatan qo‟llash 
mumkin, mo‟rt metallarni (masalan, cho‟yanni) bosim bilan ishlab bo‟lmaydi. Po‟lat, mis, 
alyuminiy, magniy kabi metallar qotishmalarni bosim bilan ishlash mumkin. 
Bosim bilan sovuqlayin ham, issiqlayin ham ishlov berish mumkin.
Metallarni bosim bolan ishlashda ularning plastik deformatsiyalanishi strukturani va 
xossalarini o‟zgartirib yuboradi. Plastik deformasiya mexanizmi nihoyatda murakkab, jismning 
zo‟riqqan holati shu jism donalarida atomlar guruhlarining bir-biriga nisbatan eng zich 
joylashgan tekisliklar bo‟yicha siljishiga olib keladi. Masalan, yoqlari markazlashgan kub 
panjarada atomlari eng zich joylashgan tekislik oktaedr tekisligi bo‟lsa, geksachonal 
panjaralarda bazis tekisligidir.
Sirpanish tekisligi bo‟ylab siljishlar kuchlanishning ortib borishi bilan donaning ta‟sir 
etuvhi kuch yo‟nalishiga nisbatan joylashuviga ko‟ra birin-ketin kuchayib boradi va bu tekislik 
bo‟yicha boshqa takrorlanmaydi. Siljish zonasida kristall panjara uziladi va donalar 
maydalashadi. Ayrim donalarda va donalar chegaralarida boradigan bu murakkab hodisa metall 
struktursini o‟zgartiradi. Binbarin, shu sohada metalning puxtalanishiga olib keladi. Polikristall 
jismda plastik deformatsiyadan keyin donalarning deformatsiya yo‟nalishi tomon orentirlashuvi 
(tolaligi) tekstura deb ataladi. 
Atomlarning siljishi, kristall panjaraning buzilishi metalda ichki kuchlanishlar hosil 
bo‟lishiga olib keladi. Bunda metallning qattiqligi, puxtaligi ortib, plastiklgi kamayadi. 
Metallning plastic deformasiyalanishidan so‟ng puxtalanishi nakliyop deb ataladi. 
Plasstik deformasiyalangan metall ma‟lum haroratgacha qizdirilsa, ichki kuchlanishlar 
olinib, qayta kristallanishi tufayli teng o‟qli mayda donalar hosil bo‟ladi, bu hodisa 
rekristallanish deyiladi. 
Akademik A.A.Bochvarning tadqiqotlariga ko‟ra sof metalda rekristallanishning 
boshlanish harorati shu metalning suyuqlanish absolyut haroratining taxminan 0,4 ulushiga teng 
bo‟ladi: 
T

= 0,4T
abs.
Temir uchun bu harorat 450
o
C, mis uchun 270
o
C, alyuminiy uchun 100
o
C, qurg‟oshin va 
qalay uchun esa 0
o
C dan past bo‟ladi. Agar metallni bosim bilan ishlash davrida rekristallanish 
to‟la o‟tsa, bunday ishlash qizdirib bosim bilan ishlash deyiladi. Agar deformatsiya davrida 
rekristallanish o‟tmasa bunday ishlash sovuqlayin bosim bosim bilan ishlash deyiladi. 
Metallar ma‟lum haroratgacha qizdirilganda sovuqligiga nisbatan deformatsiyalanishiga 
qarshiligi 10-15 marta kamayadi. Metallarni bosim bilan ishlashdan oldin ular qizdiriladi
bundan asosiy maqsad ularning plastikligini oshirish, ya‟ni deformatsiyalanishga qarshiligini 
kamaytirishdir. Bu esa zagatovkani kichikroq kuchlar ta‟sirida, kamroq ish sarf qilib, shaklini 
talab etilguncha o‟zgartirishga imkon beradi. 
Akademik S.I.Gubkinning ko‟rsatishicha, metallarni bosim bilan ishlash oldidan 
qizdirilishida ularning murt bo‟lib qolishining oldini olish uchun uni qizdirish haroratini 
absalyut suyuqlanish haroratining 0,70 - 0,95 qiymati oralig‟ida belgilash kerak.


Po‟latlarni qizdirib turib, bosim bilan ishlashda haroratlar intervali ayni qotishmaning 
holat dagrammasiga roiya qilingani holda belgilanishi lozim (29-rasm). 
29-rasm. Fe-Fe
3
C holat diagrammasiga ko‟ra qizdirib ishlashda haroratlar 
oralig‟ini (shtrixlangan qism) aniqlash sxemasi (akad.S.I.Gubkin). 
Metallarni qizdirish qurilmalari sifatida alangali qizdirish pechlari va elektrik qizdirish 
qurilmalaridan foydaliniladi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin