Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q
1. Mexanik aralashmalar. Qotishma tarkibidagi metall atomlari kristallanish jaraenida
о‟zaro bir-birlarini itarsa, atomlari sof metall kristallar hosil bо‟ladi. Bunda kristallar bir-birlari
bilan kristall yuzalari bilan bog‟lanadi, xolos. Bunday qotishmalar metall kristallarining
mexanik aralashmalaridan iborat bо‟ladi. Shuning uchun ularni mexanik aralashma deb
ataladi. Mexanik qotishma tarkibiga kiruvchi metall atomlarining о‟lchamlari bir-biridan 15 %
dan kam farq kilmasligi kerak. Qurg‟oshin-surma sistemasi ikki komponentli mexanik
qotishmaga misol bо‟la oladi.
2. Qattiq eritmalar. Qotishmalarning bu turiga kiruvchi qotishmalar suyuq holatda ham,
qattiq holatda ham bir jinsli bо‟ladi, ya„ni komponentlar bir-birida cheksiz eriydi. Bunday
qotishmalarda metall atomlari umumiy kristall panjaraga joylashadi, ya„ni eruvchi metallning
atomlari erituvchi metallning kristall panjaradagi о‟rnini almashadi. Demak, komponentlar
qattiq holatda ham bir-birlarida cheksiz eriydi. Bunday xossaga ega bо‟lgan qotishmalar qattiq eritmalar deyiladi.
Qattik eritmalar о‟rin almashish va singish qattiq eritmalariga bо‟linadi. О‟rin
almashish qattiq eritmalari hosil bо‟lishi uchun ikkinchi (eriydigan) elementning atomlari
birinchi (erituvchi) elementning kristall panjarasida о‟rin almashadi. Qattiq eritmaning
mikrostrukturasi bir jinsli kristall donalardan iborat bо‟ladi va u toza metalning strukturasidan
kam farq qiladi. Metalshunoslikda qattiq eritmalar α, β, γ, δ kabi belgilanadi. Barcha metallar
qattiq holatda bir-birida ma„lum darajada о‟zaro erishi mumkin. Masalan, alyuminiyda 5,5%
gacha mis, misda esa 39% rux erishi mumkin. Bunda kristall panjaraning tо‟ri о‟zgarmaydi.
Komponentlari bir-birida cheksiz eriydigan о‟rin almashish qattiq eritmalari hosil bо‟lishi
uchun qо‟yidagi shartlar bajarilishi kerak:
- Qotishma komponentlari bir xil kristall panjaraga ega bо‟lishi;
- Qotishma komponentlarining atomlari о‟lchamlari orasidagi farq 9-15% dan
oshmasligi;
- Mendeleev davriy sistemasida komponentlar bitta davriy guruhga mansub bо‟lishi.
Masalan, Yo.M.K. panjaraga ega bо‟lgan quyidagi metallar bir-birida cheksiz erib qattiq eritma
hosil qiladi: kumush va oltin, mis va nikel, temir va kobalt, temir va xrom, nikel va paladiy va
boshqalar.
Singish qattiq eritmalari hosil bо‟lishi uchun eruvchi elementning atomi diametri
erituvchi elementnikiga nisbatan juda kichik bо‟lishi kerak. Shu sababli bunday qattiq eritmalar
metallar (masalan, temirda, molibdenda, xromda va b.) kristall panjaralariga uglerod, azot,
vodorod kabi elementlar atomlarining singishi natijasida hosil bо‟ladi. Bu jarayonning
kechishida kristall panjarada mavjud bо‟lgan bо‟shliqlar soni katta ahamiyatga ega.