111 ) tsementitlar beqaror bо‟lib, ma„lum xaroratgacha qizdirilganda qattiq
eritma va grafitga parchalanishi mumkin.
Perlit- ferrit bilan tsementitning mexanikaviy aralashmasi, austenit 727 о С da
parchalanganda hosil bо‟ladi, uglerod miqdori-0,8 % ga teng. Tsementit shakliga qarab
plastinkasimon va donador bо‟ladi, plastinkasimon tsementitli perlitning puxtaligi yuqoriroq,
nisbiy uzayishi esa pastroq bо‟ladi.
Ledeburit- tsementit bilan austenitning evtektikaviy aralashmasi, suyuq qotishma sovish
jaraenida 1147 о С haroratda ajralib chiqadi, agar sovitish davom ettirilsa, austenit perlitga
aylanadi (727 о С dan past haroratda), demak, past xaroratlarda ledeburit perlit bilan tsementitning
aralashmasidan iborat buladi. Ledeburit qattiqligi yuqori (НВ700) va mo’rt strukturadir.
Grafit- uglerodning geksogonal panjaraga ega bо‟lgan turidir, uning zichligi 2,2 t/м 3 ga,
suyuqlanish xarorati 3500
о
С ga teng, mustahkamligi juda kam. Grafit cho‟yanlarda va
grafitlangan pо‟latlarda plastinkasimon, bodroqnusxa va shar shakllarida uchraydi.
3.3. Temir-tsementit qotishmalarining holat diagrammasi Temir - tsementit (temir-uglerod) holat diagrammasi har xil haroratlarda temir bilan
uglerod qotishmalarining fazaviy tarkibini va strukturasini kо‟rsatadi. Amalda temir-uglerod
qotishmalaridan tarkibida 6,67 % gacha uglerodi bо‟lgan, ya„ni 100 % tsementit hosil qiladigan
diagramma qismi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun temir-uglerod diagrammasining ana
shu qismi taxlil qilinadi va u temir-tsementit diagrammasi deb ataladi (7-rasm).