Mavzuning dolzarbligi.
Yuqorida sanab o`tilgan talablarning bajarilishi ta’lim tizimimizning o`rta bosqichida sezilarli darajada o`zgarishlarning vujudga kelishiga sabab bo`ladi, desak adashmagan bo’lamiz. Shuni ham ta’kidlab o`tish lozimki, biz oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalardan yuqori saviyani talab qilar ekanmiz, avvalo, ta’limning quyi va o`rta bosqichlariga yetarli darajada e’tibor berishimiz kerak. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida, akademik litseylarda, boringki, kasb – hunar maktablari va texnikumlarda berilayotgan ta’lim – tarbiya o`z faoliyatini professional ta’limda davom ettirmoqchi bo`lgan har bir o`quvchi uchun yetarli darajada bo`lsin, ya’ni maktab, akademik litsey, kasb – hunar ta’limi o`quvchilari uchun tuzilgan darsliklarda berilgan ma’lumotlar o`z navbatida oliy ta’limda mantiqiy izchillikda davom etsin. Aytmoqchimizki, ta’limning quyi va o`rta bo`g`inlarida berilayotgan bilimlar oliy bo`g`in uchun mos bo`lsin. Ana shunday bilimlardan biri fizika fanining yorug`lik hodisalariga oid bo`limida o`rganiluvchi “Golografiya” mavzusida o`z aksini topgan. Bu mavzuga doir ma’lumotlarni berish orqali biz o`quvchilar tasavvurida olamning yanada kengroq manzarasini yaratishimiz mumkin. Biz quyida ushbu mavzuni imkon darajasida batafsilroq yoritishga va iloji boricha ilmiy – ommabop tarzda yozishga harakat qildik. Zero, kurs ishimiz bilan tanishib chiqqan oddiy maktab o`quvchisi ham berilgan ma’lumotlarga tushuna olsin va o`zi uchun yangi bilimlarni kashf etsin.
Kurs ishi maqsadi. “Golografiya haqida tushuncha va Gologramma” mavzusiga oid ma’lumotlarni yig`ish, o`rganish va tahlil qilish.
Golografiya haqida tushuncha.
Golografiya Kogerent nurlar dastalarining difraksiya va interferensiya hodisalariga asoslanib yorug‘lik to‘lqinlarining strukturasini yozib olish va uni (asl) o‘z holiga qayta tiklash usuliga golografiya deyiladi. Golografiya degan ibora grekcha «holo» «to‘liq» va «graph» «yozaman» so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, u buyumlarni tashqi ko‘rinishini «yozib olish»ning maxsus usulini anglatadi. Bu usul 1947 yilda ingliz fizigi D.Gabor tomonidan kashf qilingan. (1971 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan). Golografiyaning mohiyati buyumdan kelayotgan (qaytish yoxud sinish tufayli) nurlanishning to‘lqin frontini fotoplastinkaga qayd qilish (yozib olish), so‘ng buyumning tasvirini vujudga keltirish maqsadida bu frontni tiklashdan iborat (1.1.-rasm). Golografiyaning fotografiyadan farqi, fotografiyada yoritilgan obektning ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlar fotoplastinka yoxud fotoplyonka tekisligining ayrim nuqtalariga ob’ektiv yordamida fokuslanadi. Bunda buyum barcha qismlarining tasvirlari ravshan bo‘lavermaydi.
1.1.-rasm
Fotoapparat biror tekislikka ravshan qilib moslangan bo‘lsa, buyumning shu tekislikda yotuvchi nuqtalarining tasvirlari ravshan bo‘lib chiqadi. Buyumning bu tekislikdan beriroqdagi yoki nariroqdagi qismlarining tasvirlari esa unchalik aniq bo‘lmaydi. Masalan, bino oldida turgan odamning fotografik tasvirida odam gavdasi berkitib turgan bino qismini fotografiyaga turlicha vaziyatlardan qaragan bilan bari bir ko‘rib bo‘lmaydi.[1]
Bundan tashqari binoni odamdan qanchalik uzoqda joylashganligini ham aniqlab bo‘lmaydi. Bino va odamning tasvirlari bir tekislikda ko‘rinadi. Lekin fotografiyaga qarab biz jismlarning fazodagi joylashuvi to‘g‘risida tasoavvur hosil qilamiz. Buning sababi - inson miyasi hajmiy buyumlarni ularning yassi tasvirlariga qarab bilib olishga o‘rganib qolganligidir. Fotografiyada tasvirlarning yassilik harakteri quyidagicha tushuntiriladi: fotoplastinkada buyumning ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlarning nisbiy intensivliklari qayd qilinadi, xolos. Bu nurlar fazalari orasidagi munosabatni fotoplastinkaning qorayishiga hech qanday ta’siri yo‘q. Vaholanki, fazalar orasidagi munosabat buyumning ayrim nuqtalarini fotoplastinkadan uzoqliklariga bog‘liqdir. Demak, buyumdan qaytgan nurlarning faqat amplitudalarinigina emas, balki fazalarini ham fotoplastinkada qayd qilish usulini topish lozim. Bu usul golografiyadir. Golografiya to‘lqin optikaning asosiy qonunlari - interferensiya va difraksiya qonunlaridan foydalanish asosida vujudga keldi. Fotografiya jismlarning faqat ikki o‘lchamli (yassi) tasvirini bersa, golografiya hajmiy (uch o‘lchamli) tasvirini interferension manzarasini beradi. Gologramma jismlardan sochilgan kogerent nurlar bilan tayanch to‘lqinlar qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Gologramma (hajmiy tasvir) nur tarqalish yo‘nalishi, fazasi, amplitudasi to‘lqin uzunligi haqida informatsiya beradi. Gologrammani qayta tiklash uchun yana tayanch to‘lqinlariga mos nurlar bilan yoritish lozim, bu holda difraksiyalanuvchi nurlar paydo bo‘lib, bizga jismdan sochilgan nurlar nusxasini beradi va kuzatuvchi bu jismning o‘zini ko‘rayotgandek bo‘ladi (1.1.-rasm).
Dostları ilə paylaş: |