O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti fizika fakulteti fizika yo’nalishi 2-kurs 02138 guruh talabasi marseva mohinurning optika fanidan golografiyani o’rganisgh mavzusida tayyorlagan kurs ishi


Rentgen nurlari — elektromagnit to’lqinlar



Yüklə 251,43 Kb.
səhifə9/9
tarix07.06.2023
ölçüsü251,43 Kb.
#126433
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu golografiyani o’rganish reja

Rentgen nurlari — elektromagnit to’lqinlar.
Rentgen nurlari elektromagnit to’lqinlarmi, degan savol u kashf qilmgan paytlar-dayoq paydo bo’lgan. Lekin bu savolga javob berish uchun rentgen nurlarining to’lqin xususiyatiga ega ekanligini isbotlash qilinadi. Shu maqsadda rentgen nurlarining tor tirqishdan bo’ladi-gan difraksiyasini qayd qilish yo’lidagi barcha urinishlar muvaffa-qiyatsizlikka uchragan. Ammo 1912-yilda nemis fizigi M.Laue difraksion panjara sifatida kristallardan foydalanishni taklif qildi va kristallarda rentgen nurlarining difraksiyasi nazariyasini ishlab chiqdi. Chunki oralaridagi masofasi bir necha nanometr tartibida bo’lgan va tugunlari yetarli darajada batartib joylashgan kristall juda yaxshi difraksion panjara vazifasini o’tashi mumkin. V.Fridrix va P.Knippinglar tomonidan o’tkazilgan tajribalarda M.Laue nazariyasi to’la tasdiqlanib, rentgen nurlarining difraksiyasi kuzatil-di. Shunday qilib, rentgen nurlarining elektromagnit to’lqin ekanligi isbotlandi. Rentgen nurlari elektromagnit to’lqinlar shkalasida ultrabinafsha va y- nurlar oralig’ida joylashgan bo’lib, to’iqin uzunligi 100 nm dan 10-5 nm gacha bo’lgan elektromagnit to’lqin-lardan iboratdir.

Rentgen nurlarining qo’Ilanilishi.
Rentgen nurlarining juda yaxshi singib (yutilmay) o’tish qobiliyati, fotoplastjnkaga ta'siri, moddalardan o’tishda ionlashtirish qobiliyatiga egaligi uning fan va texnikada, amaliyotda keng qo’llanilishiga imkon berdi. Rentgen nurlari eng ko’p qo’llaniladigan soha — rentgen defektoskopiyasi. Bu usulning maqsadi rentgen nurlari yordamida buyumlardagi ichki kamchiliklarni va ularning o’rnini, kattaligini, tabiatini aniq-lashdan iborat. Usulning mohiyati rentgen nurlarining turli zichlik-dan o’tganda turlicha yutilishiga asoslangan. Manzarani foto-plastinkaga tushirib olish qulay usullardan hisoblanadi. Bu usul, ayniqsa, tibbiyotda (rentgenodiagnostika) juda keng qo’llaniladi.
Shuningdek, rentgen nurlari, aniqrog’i, bu nurlar vujudga keltiradigan difraksion manzara yordamida moddalarning tuzilishini, atomlarning joylashuvini aniqlash mumkin. Bu usul rentgen struktura analizi deyiladi.
Bundan tashqari, rentgen nurlari davolashda, mikroskoplarda, spektroskopiyada, spektral analizda, astronomiyada va boshqa bir qancha sohalarda juda keng qo’llaniladi

XULOSA

  • Demak, xulosa o’rnida shuni takitlabo’tishim keraki, buyumdan qaytgan

nurlarning faqat amplitudalarinigina emas, balki fazalarini ham fotoplastinkada qayd qilish usulini topish lozim. Bu usul golografiya usuli deyiladi . Golografiya to‘lqin optikaning asosiy qonunlari - interferensiya va difraksiya qonunlaridan foydalanish asosida vujudga kellarkan. Fotografiya jismlarning faqat ikki o‘lchamli (yassi) tasvirini beradi. Golografiya esa jisimlarning hajmiy (uch o‘lchamli) tasvirini interferension manzarasini beradi. Gologramma jismlardan sochilgan kogerent nurlar bilan tayanch to‘lqinlar qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Gologramma (hajmiy tasvir) nur tarqalish yo‘nalishi, fazasi, amplitudasi to‘lqin uzunligi haqida informatsiya beradi. Gologrammani qayta tiklash uchun yana tayanch to‘lqinlariga mos nurlar bilan yoritish lozim

  • Fotografiyada tasvirlarning yassilik harakteri quyidagicha tushuntiriladi:

fotoplastinkada buyumning ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlarning nisbiy intensivliklari qayd qilinadi, xolos. Bu nurlar fazalari orasidagi munosabatni fotoplastinkaning qorayishiga hech qanday ta’siri yo‘q. Vaholanki, fazalar orasidagi munosabat buyumning ayrim nuqtalarini fotoplastinkadan uzoqliklariga bog‘liqdir.

  • Golografiyaning fotografiyadan farqi, fotografiyada yoritilgan obektning

ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlar fotoplastinka yoxud fotoplyonka tekisligining ayrim nuqtalariga ob’ektiv yordamida fokuslanadi. Bunda buyum barcha qismlarining tasvirlari ravshan bo‘lavermaydi.

  • Fotoapparat biror tekislikka ravshan qilib moslangan bo‘lsa, buyumning shu

tekislikda yotuvchi nuqtalarining tasvirlari ravshan bo‘lib chiqadi. Buyumning bu tekislikdan beriroqdagi yoki nariroqdagi qismlarining tasvirlari esa unchalik aniq bo‘lmaydi. Masalan, bino oldida turgan odamning fotografik tasvirida odam gavdasi berkitib turgan bino qismini fotografiyaga turlicha vaziyatlardan qaragan bilan bari bir ko‘rib bo‘lmaydi. Bundan tashqari binoni odamdan qanchalik uzoqda joylashganligini ham aniqlab bo‘lmaydi. Bino va odamning tasvirlari bir tekislikda ko‘rinadi. Lekin fotografiyaga qarab biz jismlarning fazodagi joylashuvi to‘g‘risida tasoavvur hosil qilamiz. Buning sababi - inson miyasi hajmiy buyumlarni ularning yassi tasvirlariga qarab bilib olishga o‘rganib qolganligidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. G.S. Landsberg ,,Optika” ,,Toshkent” ,,O’qituvchi” 1981

  2. I.V. Savelov ,,Umumiy fizika kursi 3-tom” Toshkent 1976

  3. D.V. Sivuxin ,,Optika” M.Nauka 1960

  4. M.O’lmasova. ,, Mexanika va molekulyar fizika” Toshkent

  5. I,R. Abduquliyev’’,, Mexanika va molekulyar fizika’’ Toshkent




Yüklə 251,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin