O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti fizika fakulteti fizika yo’nalishi


Fizikaning zamonaviy tatqiqot yo’nalishlari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə3/4
tarix22.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#147127
1   2   3   4
2 5467494742197539951

2.2.Fizikaning zamonaviy tatqiqot yo’nalishlari.
Zamonaviy fizika va astrofizikaning eng dolzab muammolaridan ikkitasi nochizig’iy optika va lazerkar fizikasi bilan bog’liqdir. Bundan tashqari fundamentall va sanoatda qo’llanilishi bo’yicha dolzarb muammolar ustida qizg’in ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bularga lazerlar to’lqin uzunliklarini ma’lum oraliqda boshqarish, aktiv muhitlar hossalarini o’rganish, tibbiyotda va sanoatnig ba’zi sohalari uchun lazerlar yaratish, nano texno o’lchamli kvant nuqsolarda lazer nurlanishini hosil qilish borasida ilmiy tadqiqotlar ko’paymoqdadir.
Oksidlangan sirtlarning kinetik nuqtalarini tatqiq qilish.
Odatdagi optik usullarda modda sirtida hosil bo`ladigan jarayonning turli xil oksidlanish, konsentratsiyasini o`sishini aniqlab bo`lmaydi. Chunki Fure spektrida sezilmaydi. Biz bilamizki mikroelektronika, kimyo sanoatida, tibbiyotda sirtiy kuchayadigan jarayonlar bir necha Ag qalinlikda sodir bo`ladi. Juda tor spektral chiziqqa ega bo`lgan lazerlar yordamida sirtiy o`zgarishlarni aniqlash mumkin.
Kimyoviy tartibli tadqiqot usuli yorug`likning sirtdan qaytish hodisasini o`rganish usuliga yaqin. Farqlari sirtning turli nuqtalaridan turli burchaklarda qaytadi. Turli xil tashqi sharoitlarda kimyoviy va fizik xossalari o`zgaradi. sirtiy nuqtalarga kinetik nuqtalar deyiladi. Nuqtaviy lazerlar yordamida tarkibiy o`zgarishlarni tahlil qilish mumkin. Bu borada Samarqand davlar universitetida professor Quvondiqov boshchiligida ilmiy tadqiqot ishlari oilib borilmoqda.
Lazer nurlanishi tekshirilayotgan sirtga tushurilib kinetik nuqtalarning xossalari tahlil qilinadi. Bu xossalar tashqi muhitga vaqtga bog`liq o`zgaradi.
Lazerlarning aktiv muhitining turli ko’rinishlarini tadqiq qilish.
Lazerlarning aktiv muhitlari asosiy qism hisoblanib bevosita hosil qilingan nurlanishning fizik hossalarini aniqlaydi. Shuningdek aktiv muhitlar lazerlarning qo’llanish sohalarini belgilaydi va kengaytiradi. Aktiv elementda lazer nuri hosil qilinadi va kuchaytiriladi. Aktiv elementlar: gaz, suyuqliklar, maxsus elementlar kiritilgan kristal va shisha, yarim o‘tkazgichlar va hokazo.

(2.2.1)
qonunda Kω > 0 bo‘lsa muhitda tarqalayotgan yorug‘lik intensivligi
yutilish hisobiga kamayib boradi.
Agar N n < Nm (inversiya) bo‘lsa Kω < 0 va bunday muhitda tarqalayotgan yorug‘lik majburiy nurlanish sababli kuchayadi. Agar N n = Nm bo‘lsa Kω =0 va bunday muhitda tarqalayotgan yorug‘lik intensivligi o‘zgarmaydi: yutilish va majburiy nurlanish hodisalari bir-birini muvozanatlaydi.
Aktiv element (muhit) yorug‘lik intensivligini kuchaytirishi uchun G> a shart bajarilishi kerak! G = - Kω kuchaytirish koeffitsienti. Optik rezonator ichiga qo‘shimcha elementlarni (plastinka, prizma va h.k..) o‘rnatish mumkin va ular har xil vazifalarni bajaradi. Masalan, lazer nurini modulyasiya qilish, yorug‘lik spektrini toraytirish, lazerni kerakli rejimda ishlatish va h.k.
Al2O3 kristall panjarasida joylashgan Cr3+ ionining energetik sathlari va optik o‘tishlari nurlanishning hosil bo‘lishi, induksiyalangn nurlanish hosil bo‘lish soddalashtirilgan sxemalari quyidagi rasmda keltirilgan.

2.2.1-rasm. Uch valentli ionning kristalldagi energetik xossalari.
Rasmdan ko‘rinadiki induksiyalangan nurlanish aktiv muhit elementda paydo bo‘lishining uch xil varinti bo‘lishi mumkin. SHuningdek optik o‘tishlar, hamda nurlanishlar to‘lqin uzunligi keltirilgan.
Nano o‘lchamli qatlamlardan hosil qilinuvchi materallarda kvant nuqtalar(nuqsonlar) paydo qilinib, ularda fotonlar kvantini ajratish va invers nurlanishlarni tadqiq qilish borasida ilk tajribalar boshlangan. Natijada lazerlarning yangi avlodi yaratilishi imkoni tug‘iladi.

(2.2.2-rasm). Kremniy taglikdagi germaniy kvant nuqtasi. Yakka foton manbai.

(2.2.3-rasm). Elektronning tajribada o‘lchangan kvant nuqtasida asosiy va birinchi uyg‘otilgan xolatlarda bo‘lish ehtimolligi zichligi.
Zamonaviy lazerlarni ishlab chiqarayotgan jahonning taniqli tashkilotlari va lazerlarning fizik xarakteristikalari quyidagi jadvalda keltirildi.
Jadval-1.

№ t/r

Mamlakat firmalari.

, mkm 55


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin