39
Kichik biznesni investitsiyalash borasida erishilgan ijobiy yutuqlar bilan
birga, faol tadbirkorlikni rivojlantirishda ayrim muammolar ham mavjud. Jumladan:
faol tadbirkorlikning ayrim yо‘nalishlarida yetarli darajada texnik-iqtisodiy
asoslangan investitsion loyihalarning mavjud emasligi;
yuqori likvidli garov obyektlarining yetishmayotganligi natijasida uzoq muddatli
investitsion kreditlaridan foydalanish darajasi pastligi;
ustuvor tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilayotgan kichik
biznes subyektlariga berilgan kreditlarni davlat tomonidan bonifikatsiya qilishni
yо‘lga qо‘yilmaganligi va amaliyotining mavjud emasligi.
Buning uchun esa, bizning fikrimizcha, taklif etilayotgan investitsion
loyihalarini kompleks ekspertiza qilish, tо‘lov qobiliyati yuqori bо‘lgan uchinchi
shaxslarning kafilligi asosida kreditlar berish mexanizmini joriy etish va tijorat
banklari kreditlari foiz stavkalarining kamida 50 foizini Markaziy bankning qayta
moliyalash stavkasi bazaviy stavka sifatida qabul qilinishidan kelib chiqqan holda
davlat mablag‘lari hisobidan bonifikatsiya
qilish mexanizmini joriy etish maqsadga
muvofiqdir
Dostları ilə paylaş: