68
Bu qonunga rioya etishni esa «Kichik biznes ishlari bо‘yicha ma’muriyat”
tomonidan nazorat qilib boriladi. Shuningdek, turli xil tashkilot hamda yirik
korxonalarning kichik korxonalarga moliyaviy yordam berishga qiziqishini va
manfaatdorligini oshirish uchun «Kichik biznes ishlari ma’muriyati” kichik biznes
korxonalarini kreditlashda kreditorlarga kreditni tо‘lay olmaslik xavfini
kamaytirish maqsadida zayom kapitalining 90 foizigacha davlat kafolatini beradi
(sug‘urtalaydi). Bunday siyosatni amalda tadbiqi tufayli keyingi yillarda yirik
korporatsiyalarning о‘z faoliyatlarida kichik biznes korxonalariga alohida ishlar va
xizmatlar turlarini berish orqali yuksalishga erishmoqdalar. Chunki, ularning
bajarilishi aynan kichik korxonalarda sifatli va samarali bо‘lmoqda.
“Iqtisodiy rivojlanish milliy kengashi” tomonidan muntazam ravishda kichik
firmalarning ixtisoslashgan katalogi chiqarilib, bu orqali esa yirik kompaniyalar
о‘zlarining kichik biznesdagi potensial hamkorlarini tanlab olishlariga imkon
yaratiladi. Shuningdek, kichik va yirik biznes о‘rtasidagi aloqani о‘rnatishni
amalga oshiruvchi maxsus markazlar yaratilgan. Kichik biznesga katta yordam
beradigan tashkilot va yirik kompaniyalardan: Savdo va sanoat vazirligining,
«Djeneral elektrik”, “Neshil kompyuter” firmalarining axborot markazlarini
alohida kо‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: