O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/22
tarix03.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#151858
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
qishloq xojaligida kichik biznes va uni davlat tomonidan qollab


О‘tgan 
yilga nisb. 
foiz 
hisobida 
ming 
dona 
О‘tgan 
yilga nisb. 
foiz 
hisobida 
Jami viloyat 
bо‘yicha: 
1975 
110,0 
1395

102,2 
734 
117,8 
shu jumladan: 
 
Guzor 
435 
116,0 
3813 
115,0 
25 
147,1 
Dexkonobod 
68 
104,6 
299 
106,8 


Kamashi 
190 
109,8 
726 
107,6 
43 
122,9 
Karshi t. 
32 
160,0 
230 
117,9 


Koson 
46 
112,2 
484 
5,7 m. 
65 
3,0 m. 
Kitob 
65 
104,8 
1440 
107,1 
26 
100,0 
Mirishkor 
541 
101,1 
4143 
73,9 
369 
101,1 
Muborak 
74 
121,3 
498 
112,9 
10 
166,7 
46
Қашқадарё вилояти статистика бошқармаси маълумотлари


50 
Nishon 
58 
175,8 
460 
11,8 m. 
126 
140,0 
Kasbi 
162 
107,3 
204 
109,1 

4,0 m. 
Chirokchi 
300 
108,3 
1585 
112,7 
66 
111,9 
Shaxrisabz 

2 m. 
77 
102,7 


Yakkabog 






Bizningcha, fermer xо‘jaliklarining yanada jadal rivojlanishiga tо‘sqinlik 
qiluvchi qator omillar (boshqaruv, tashkiliy va ma’muriy xarakterdagi) mavjudki, 
ularni bartaraf etish bu sohaning yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir
kо‘rsatadi.Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: 
-aksariyat fermer xо‘jaliklari rahbarlari, ularda faoliyat kо‘rsatuvchi 
xodimlar о‘zlari shug‘ullanayotgan soha bо‘yicha yetarli bilim va malakaga ega 
emas, ularning huquqiy bilim saviyasi (va ongi) yetishmaydi. Shuning uchun, 
ularni qayta tayyorlash, soha bо‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish chora-
tadbirlarini amalga oshirish zarur; 
-fermer xо‘jaliklarida ishchi-xodimlarning soni umumiy yer maydoniga va 
meyorga nisbatan kamligi va kam ish haqi tо‘lanishi ularning qо‘nimsizligiga olib 
kelmoqda;
-fermer xо‘jaliklarining yanada rivojlanishiga ularning eski shirkat xо‘jaligi 
qarzi hisobidan о‘z ulushini tо‘lashga qiynalayotganligi va bu mablag‘larni 
“majburiy” ravishda chegirib qolinishi (bu qarzlar fermer xо‘jaliklarini barpo etish 
jarayonida tashqi nazoratning sustligi oqibatida “sun’iy” ravishda oshirilib 
yuborilgan); 
-bu sohaga mahalliy hokimiyatning aralashuvi va tazyiqi; 
-banklar orqali beriladigan imtiyozli kreditlarning о‘z vaqtida “kerakli 
miqdorda” va “kerakli joyga” berilmasligi; 
-fermer xо‘jaliklari bilan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalarining 
mukammal emasligi. Hozirgi amaldagi shartnomalar qator kamchiliklarga ega. 
Avvalo ular bir tomonlama manfaatni, ya’ni buyurtmachining tarafini himoya 


51 
qilish asosida tuzilgan. Fermer xо‘jaliklari yetishtirgan mahsulotlarini qabul 
qiluvchi korxonalar tomonidan uning pulini о‘z vaqtida tо‘lamasliklari oqibatida 
fermer xо‘jaliklari zarar kо‘rmoqdalar. Masalan, paxta yetishtirish va qabul qilish 
bо‘yicha fermer xо‘jaligi va paxta zavodlari о‘rtasida tuzilgan shartnomaga kо‘ra:
“xо‘jalik”ka yetkazib bergan mahsulot qiymatining 80 foizi hisobidan terim uchun 
yuborilgan pullar va boshqa xarajatlar chegirilganidan qolgan qismi joriy yilning 
31 dekabrigacha qadar tо‘lab beriladi. Yetkazib berilgan mahsulotning 20 foizlik 
qiymati bо‘yicha yakuniy hisob-kitoblar esa qayta ishlash natijalariga kо‘ra 
tuzilgan yakuniy dalolatnomaga muvofiq keyingi yilni 1 avgustigacha amalga 
oshiriladi” – deb kо‘rsatilgan. Demak, bu shartnomaga asosan qabul qiluvchi 
korxona “xо‘jalik”dan qabul qilgan mahsulotining 20 foizi miqdoridagi mablag‘ni 
qariyb 1 yil, aniqrog‘i 10 oydan ortiq vaqt mobaynida xech qanday qо‘shimcha 
foizlar tо‘lamasdan kechiktirib tо‘lashni amalga oshirmoqda. Ammo, bu davrda 
yangi hosil uchun chigit ekish mavsumida olinadigan urug‘lik chigitga fermer 
xо‘jaligiga oldindan pul о‘tkazish talabini qо‘ymoqda. Natijada fermer xо‘jaligi 
ikki tomonlama zarar kо‘rmoqda. YA’ni, qabul qiluvchi tashkilot undan olinadigan 
mahsulot haqini oldindan о‘tkazgandan keyingina, xatto fermer xо‘jaliklari olgan 
kredit hisobidan bо‘lsa ham tо‘lashga majbur qilmoqda. Bunday vaziyatda, agar 
fermer xо‘jaligi urug‘lik pulini tо‘lashdan bosh tortsa banklar mahalliy hokimiyat 
idoralarining aralashuvi natijasida uni majburiy chegirib qolish xollari ham 
uchramoqda. Shuning uchun kontraktatsiya shartnomasining bu bandini 
“buyurtmachi (yoki harid qiluvchi) korxona “xо‘jalik”ka yetkazib berilgan 
mahsulot uchun tо‘lanadigan pulni keyingi yil boshlanishiga qadar 100 foiz hisob-
kitob qilishi kerak”, aks xolda “buyurtmachi tashkilot” xо‘jalikka 1 yanvardan 
kechikib tо‘lanadigan mablag‘ni banklarda mavjud stavkalar bо‘yicha qо‘shimcha 
foiz asosida tо‘laydi” – deb о‘zgartirish kerak. 
Mavjud muammolardan yana biri shuki, fermer xо‘jaliklariga uning hisob-
kitob raqamidagi pullarning ma’lum bir qismini naqd pul kо‘rinishida berish 
masalasi. Fermer xо‘jaliklari turli xil kerakli vositalar sotib olish va boshqa zarur 
xarajatlarga naqd pul tо‘lashi oqibatida ularning kо‘pgina muammolari tez va о‘z 


52 
vaqtida arzon yechiladi. Sir emaski, bunday sarf-xarajatlar doimo mavjud va 
hozircha fermer xо‘jaligi rahbari ularni о‘z oila byudjeti hisobidan qoplab 
kelmoqda. Shuning uchun ularga kontraktatsiya shartnomasida amaldagi “yetkazib 
berilgan mahsulotlar uchun hisob-kitob qilish byurtmachi tomonidan pul kо‘chirish 
shaklida, naqd pulsiz shaklda hisob-kitob qilinadi” deb kо‘rsatilgan bandini
“yetkazib berilgan mahsulot uchun byurtmachi tomonidan hisob-kitob qilish 
xо‘jalik subyekti hisob raqamiga uning ma’lum foizini naqd pul qilib berish sharti 
bilan “pul kо‘chirish yо‘li orqali” amalga oshiriladi” deyilsa maqsadga muvofiq 
bо‘ladi. Chunki fermerning bankdagi о‘z hisobida turgan mablag‘ini naqt pul
shaklida olish huquqi yuqorida kо‘rsatilgan va boshqa muammolarni hal
qilishiga imkon yaratadi.
Kontraktatsiya shartnomasining yana bir bandida (4.6) ““xо‘jalik” ekish 
uchun urug‘likni bо‘nak hisobiga oladi yoki sotib oladi (keraklisi qoldiriladi)” - 
deb kо‘rsatilgan. Bunda, avvalo qaysi biri “kerakli” ekanligini “xо‘jalik” emas, 
harid qiluvchi yoki buyurtmachi korxona belgilamoqda. Albatta, aksariyat xollarda 
fermer xо‘jaligi urug‘likni sotib olishga majbur qilinayapti (xatto, buyurtmachi 
tashkilot fermer xо‘jaligidan qarzdor bо‘lgan taqdirda ham). Shuning uchun ham, 
bu bandni quyidagi tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq: ““xо‘jalik” ekish 
uchun urug‘likni bо‘nak hisobiga oladi yoki buyurtmachining xо‘jalik oldida qarzi 
bо‘lgan xolda buyurtmachi tomonidan “xо‘jalik”ka tо‘lanishi kerak bо‘lgan qarz 
hisobidan amalga oshiriladi” - deb о‘zgartirish kerak;
-fermer xо‘jaliklari uyushmalari faoliyatini kuchaytirish va ularni 
fermerlarga amaliy yordam beradigan xaqiqiy tayanch bо‘lishlariga erishish; 
-fermer xо‘jaliklariga turli xizmatlar va servis xizmati, sug‘urtalash, lizing 
kabi xizmatlar kо‘rsatishni rivojlantirish; 
-SIU (suv iste’molchilar uyushmasi) faoliyatining samaradorligini va 
ma’suliyatini oshirish, ular bilan tuzilgan shartnomalarda “belgilangan davrda
suv ta’minotidagi uzilishlar uchun javobgarlikni ” belgilovchi bandlarni kiritish 



53 
-fermer xо‘jaliklarining rivojlanishini yanada yuksaltirish maqsadida qishloq 
xо‘jaligi ekinlarini ekish va sotishda erkinlik berish. YA’ni, ekiladigan qishloq 
xо‘jalik ekinlari turini mustaqil belgilash, yetishtirilgan xosilga xaridorni topish 
va baxosini о‘zi belgilash kabilarga ruxsat etish. 
Tahlillarimiz kо‘rsatishicha, fermer xо‘jaliklari yetishtirilgan paxta hosilini 
buyurtmachi tashkilotga davlat belgilagan bahoda sotmoqda. Buyurtmachi esa о‘z 
navbatida uni qayta ishlab tola yoki tayyor mahsulot kо‘rinishida ichki yoki tashqi 
bozorda xarid narxiga nisbatan ancha yuqori narxda sotmoqda. Sir emaski, 
paxtaning fermer xо‘jaliklariga tо‘lanayotgan harid narhi uni yetishtirish uchun 
sarflanayotgan xarajatlarni zо‘rg‘a qoplamoqda (Ba’zi hollarda zarar bilan 
yakunlanmoqda). Shuning uchun bizningcha, fermer xо‘jaliklarining paxta 
yetishtirishdagi manfaatini yanada oshirish uchun paxta tolasini sotishdan 
tushadigan mablag‘ning ma’lum qismini qо‘shimcha ravishda fermer xо‘jaligiga
ajratish va tо‘lash maqsadga muvofiqdir. Bu esa, fermer xо‘jaliklarining iqtisodiy 
ahvolini yanada oshirib, ularni mehnat unumdorligini hamda mahsulot sifatini 
oshirishga undaydi. 
Fermer xо‘jaliklarining muvaffaqiyatli faoliyat kо‘rsatishi kо‘p jihatdan 
uning ishini rejalashtirishga bog‘liqdir. Bunda asosiy omil yetishtiriladigan 
mahsulotga bozordagi bо‘lgan talab va ehtiyoj bо‘lishi kerak. Ma’lumki, bularni 
amalga oshirish marketing xizmatining vazifasi hisoblanadi. Lekin hali viloyatda, 
fermer xо‘jaliklari faoliyatida marketing xizmati yaxshi yо‘lga qо‘yilmagan.
О‘tkazilgan sо‘rovlar natijasiga kо‘ra, о‘rganilgan fermer xо‘jaliklari 
rahbarlarining 90 foizi marketing xizmati haqida mutloqo tasavvurga ega emas. 
Bundan tashqari juda kо‘p hollarda fermer xо‘jaliklarida biznes rejalar fermer 
xо‘jaliklari tashkil etilgan vaqtda boshqa bir shaxslar tomonidan nomigagina 
tuzilgan bо‘lib, ular amaliy faoliyati davomida umuman foydalanilmagan. 
Ma’lumki, fermer xо‘jaliklarida asosan davlat buyurtmasi bо‘yicha paxta va 
g‘alla yetishtirish yо‘lga qо‘yilgan. Kо‘p tarmoqli fermer xо‘jaliklarida ham 
yetishtiriladigan qishloq xо‘jalik ekinlari va mahsulotlarining turi kam. Fermer 
xо‘jaligi rahbari bu ekinlardan yetishtiriladigan hosil va mahsulotlarga ichki va 


54 
tashqi bozordagi talab va ehtiyojdan xabardor emas. Ularning sotuvdagi narhi 
qanday bо‘lishi va uni kimga, qayerda va qachon sotishini oldindan ayta olmaydi. 
Mahsulot sotilmay qolgan taqdirda esa ularni saqlash uchun moslashtirilgan 
omborxonalarga ega emas. Natijada yetishtirilgan hosil (mahsulot)ning bir qismi 
(ayrim hollarda hammasi) sotilmay qolmoqda (ba’zi hollarda mahsulot butunlay 
nobud bо‘lmoqda) yoki fermer о‘zi yetishtirgan mahsulotini turli sabablarga kо‘ra 
olib sotarlarga dalaning о‘zidayoq arzon garovga sotishga majbur bо‘lmoqda. 
Bizning fikrimizcha, yuqorida kо‘rsatilgan muammolarni ijobiy hal etish 
uchun fermer xо‘jaliklarida marketing xizmatlarini tashkil etish, bu sohaga oid 
mutaxassislarni jalb etish kelgusida fermer xо‘jaliklarini yanada yuksalishi va 
rivojlanishiga sabab bо‘ladi. 
Bu tashkil etilgan marketing xizmatlari о‘zi yetishtirayotgan mahsulotni 
reklama qilish, о‘zi joylashgan hududdagi tovar-xom ashyo birjalari bilan 
hamkorlikni yо‘lga qо‘yish, tashqi va ichki xaridorlarni izlab topishi, buning uchun 
esa jahon bozoriga chiqish imkonini beruvchi global axborot tarmoqlariga 
ulanishni о‘z oldiga vazifa qilib qо‘yishlari kerak. Fermer hо‘jaliklarida
mahsulotlarni saqlashgan moslashtirilgan omborxonalarni kо‘rishi yoki joylarda
bu vazifalarni amalga oshiradigan markazlashgan servis xizmati kо‘rsatish
shahobchalarini tashkil etish lozim.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin