3.1.1-rasm Jahonda kichik va о‘rta biznes korxonalar xodimlarning
о‘rtacha soniga nisbatan, kishi
О‘zbekiston Respublikamizda 2014 yil 1 iyuldan kichik korxonalar
xodimlarining cheklangan yillik о‘rtacha soni quyidagi sohalarda 2 barobar
oshirilib, 200 nafargacha bо‘lishi belgilab qо‘yildi, shu jumladan, qurilish
materiallari sanoati, yengil sanoat, charm-poyabzal sanoati, oziq-ovqat sanoati.
499
249
249
249
99
19
199
Канада
Италия
Германия
Франция
Нидерландия
Янги Зеландия
Швеция
Швейцария
АҚШ
Россия
249
499
249
Корея
299
59
О‘zbekistonda korxonalarni kichik biznes subyekti toifasiga kiritish faqatgina
bitta mezon – xodimlarining cheklangan yillik о‘rtacha soni asosida amalga
oshiriladi, 2003 yildan boshlab О‘zbekiston qonunchiligidan о‘rta biznes
tushunchasi chiqarib tashlangan.
Rivojlangan mamlakatlarda kichik va о‘rta biznes har 1000 aholi hisobiga
tо‘g‘ri keluvchi kichik biznes subyektlari soni (3.1.2-rasm).
3.1.2-rasm-Rivojlangan mamlakatlarda har ming aholiga tо‘g‘ri
keladigan kichik biznes subyektlar soni
MDH mamlakatlarida har ming kishiga tо‘g‘ri keladigan kichik biznes
subyektlar soni (3.1.2-rasm).
98,1
99,9
99,5
99,8
99,7
99,9
99,8
Канада
Италия
Германия
Франция
Нидерландия
Буюк Британия
Швеция
Швейцария
АҚШ
Россия
99,6
98,0
97,2
Корея
99,9
60
3.1.3-rasm MDH mamlakatlarida har ming kishiga tо‘g‘ri keladigan
kichik biznes subyektlar soni
О‘zbekiston Respublikasida 2016 yil 1 yanvar holatiga kо‘ra jami rо‘yxatdan
о‘tgan kichik biznes subyektlari soni
226
mingtani tashkil etadi (fermer va dehqon
xо‘jaliklarisiz)
Jahon tajribasi shuni kо‘rsatmoqdaki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
korxonalari barqaror iqtisodiy о‘sishning asosiy omili, iqtisodiy konyunkturaning
о‘zgarishlariga tez moslasha oladigan, yangi texnika va texnologiyalarni doimiy
ravishda talab qiladigan, mehnat unumdorligi yuqori bо‘lgan xо‘jalik subyektlari
sifatida keng faoliyat yuritmoqda.
Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini izchil
rivojlantirish natijasida aholini yangi ish joylari va daromad manbai bilan
ta’minlash, joylarda tashabbuskorlikni rag‘batlantirish orqali aholi orasida
tadbirkorlik kо‘nikmalarini ommalashtirish imkoniyatlari paydo bо‘ladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari milliy iqtisodiyotning
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shu bois, bugungi kunda kichik biznes
va xususiy kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida
mamlakatda о‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, ichki bozorni nisbatan arzon va
61
sifatli zaruriy tovar va xizmatlar bilan tо‘ldirish, yangi ishchi о‘rinlarini yaratishga,
shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga
yо‘naltirish orqali mamlakatimizning eksport salohiyatini rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda biz turli manbalarni о‘rganish asosida rivojlangan va
rivojlanish bosqichiga kirayotgan bir necha xorijiy mamlakatlarning bu boradagi
tajribalarini о‘rganish va tahlil etish asosida ulardan mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirishda kichik biznes va xususiy kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
salmog‘ini oshirishga tadbiq etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Rivojlangan mamlakatlarda kichik biznesni qо‘llab-quvvatlash davlat
ahamiyatiga ega bо‘lgan majmuaviy kompleks tuzilma bо‘lib, bunda
tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish qonuniy asoslab qо‘yilgan
hamda tadbirkorlar imtiyozli sur’atda kredit resurslari imkoniyatlaridan
foydalanadilar. Imtiyozli soliq tо‘lash imkoniyatlariga ega, ishlab chiqarish,
moliya, fan, bozor infratuzilmasidagi jami afzalliklar va yangiliklardan, о‘zlariga
manfaatli bо‘lgan iqtisodiy о‘sishga kо‘maklashuvchi barcha omillardan
foydalanadilar. Shuni alohida ta’kidlash о‘rinliki, biror bir mamlakatda davlat
kichik biznesni qо‘llab-quvvatlashga doir maqsadli va qat’iy iqtisodiy siyosat
yuritar ekan, albatta о‘z hududida yashovchi aholining iqtisodiyotdagi
tuzilmalarining о‘ziga xos xususiyatlarini, mentalitetini va shu kabi boshqa
omillarni ham hisobga olishi zarur .
Masalan, Germaniyada davlat qishloq joylarida sexlar kо‘rinishidagi kichik-
kichik ishlab chiqarish xо‘jaliklarining faoliyatini qо‘llab-quvvatlash uchun har
tomonlama rag‘batlantirish bо‘yicha qarorlar qabul qilib, qishloq xо‘jalik
maxsulotlari ishlab chiqaruvchilarining ma’lum bir ekin turiga yoki о‘simlikka
ixtisoslanmaganligi, oziq-ovqat va nooziq-ovqat, iste’mol mollarining ishlab
chiqarilishi keng yо‘lga qо‘yilishiga katta ahamiyat bermoqda.
Yaponiyada esa kichik va yirik kooperatsiya tarmoqlarini shakllantirish,
mayda va о‘rta biznes imkoniyatlarini rivojlantirib, yirik korxonalar tizimini
62
yaratishga, tashqi bozorlarda yapon maxsulotlarining, yapon texnologiyasining
qadru-qimmatini oshirishga alohida e’tibor berila boshlandi.
Jahon tajribasiga nazar tashlaydigan bо‘lsak, rivojlangan mamlakatlarda ham
dastavval kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan о‘rniga alohida ahamiyat berilgan.
Qisqa muddatda Yevropa iqtisodiyotining asosiy ustunlaridan biriga aylangan
Germaniyada о‘tkazilgan qat’iy davlat siyosati natijasida mamlakat iqtisodiyotida
kichik biznes rivojlantirildi va urushdan keyingi yillar mobaynida kichik biznez
taraqqqiyoti 10 foizdan 65 foizgacha yetdi.
Yaponiya ham iqtisodiyotda kichik biznesni jadal rivojlantirishi natijasida
“yapon mо‘jizasi”ni yaratib, dunyoda bu boradagi eng yuksak natijalarni qо‘lga
kiritdi, ya’ni, Yaponiyada aholi jon boshiga 38000 AQSH dollari hisobida
daromad kela boshladi, xolbuki, kichik biznesni rivojlantirish borasidagi islohotlar
boshlanishidan avval bu kо‘rsatkich atigi 600 AQSH dollarini tashkil etardi, xolos.
Jahon sanoatida yetakchi о‘rinda turadigan Yaponiyaning «Yamaxa» transmilliy
kompaniyasi butun dunyo bо‘yicha yiliga bir necha о‘n milliard AQSH dollariga
teng mahsulot ishlab chiqarmoqda, xolbuki mana shu “naxang,, kompaniya ham
о‘z faoliyatini 40-yillar oxirida 7 nafar odam ishlaydigan velosiped tamirlashni
amalga oshiruvchi kichik kooperativ (ustaxona) shaklida boshlagan edi.
2000 yillargacha о‘tgan 20 yil (1980-2000 yy.) davomida Xitoy Xalq
Respublikasi (XXR) о‘z iqtisodiyotini kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka
keng yо‘l ochish asosida tashkil etishi natijasida mamlakat iqtisodiy, siyosiy va
davlat inqirozidan kо‘p kо‘rsatkichlar bо‘yicha chiqib ketdi va jahon taraqqiyotida
о‘zining munosib о‘rnini topdi. Yutuqlar shu darajada qoyil qolarliki, global
iqtisodiy tahlil markazlari hisoblangan Butunjahon banki va Xalqaro Valyuta
Jamg‘armasining tan olib aytishicha, bunday “taraqqiyot tezligi”da Xitoy iqtisodiy
rivojlanish absolyut kо‘rsatkichlari bо‘yicha 2015-2020 yillarga kelib, AQSH va
Yaponiyadan о‘zib ketishi mumkin. Keyingi 20 yil davomida XXRning YAIM bir
necha barobar о‘sib, 1998 yilda 8 trln. yuan (taxminan 1 trln. AQSH dollari)ga
yetdi. Aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan о‘rtacha daromad 16 marta – 184
yuandan 2972 yuangacha, aholining pul jamg‘armalari 254 martaga (450 mlrd.
63
AQSH doll.) oshdi. Bu davrda YAIMning о‘rtacha yillik о‘sish sur’ati 10 foizni,
jumladan, sanoatda – 15,8 foiz, qishloq xо‘jaligida 7 foizni tashkil etdi. Bu esa
davlatning iqtisodiyotni rivojlantirishga sarflaydigan ulkan ichki investitsiya
jamg‘armasining shakllanishiga asos bо‘ldi.
XXR iqtisodiyoning jadal rivojlanishining asosiy sabablaridan yana biri
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investorlar
faoliyatining davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlanishi va ximoyalanishidir. Buning
tasdig‘i sifatida shuni kо‘rsatish mumkinki, 1979 yildan xozirgi vaqtgacha
Umumxitoy xalq vakillari yig‘ini (UXVY) va UXVY Doimiy qо‘mitasi tomonidan
328 ta qonunlar kо‘rib chiqilib, ular bо‘yicha sharh va qarorlar qabul qilingan.
Davlat kengashi orqali XXR hukumati
moliyaviy-iqtisodiy va bozor
munosabatlarining turli jihatlarini tartibga soluvchi 700 dan ortiq meyoriy xujjatlar
chiqardi.
Xitoyda iqtisodiy islohotlar va modernizatsiyalashning ajoyib va original
jihatlaridan yana biri bu “ochiq” iqtisodiy siyosatning olib borilishidir. Bu siyosat
о‘z aksini shunda namoyon qiladiki, mamlakatda maxsus iqtisodiy zonalar tashkil
etilgan, 14 ta yirik dengiz portlari va shaharlar ochiq deb e’lon qilingan. Butun
Xaynan provinsiyasi (shu nom bilan ataluvchi orolda joylashgan) maydoni maxsus
ochiq iqtisodiy hudud deb e’lon qilindi. Shanxayda Pudun yangi iqtisodiy rayoni
tashkil etildi va x.k.
Ochiqlik siyosati esa, avvalo, mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatini
xalqaro amaliyot talablari asosida olib borish imkonini berdi. Natijada tashqi
savdoda islohotlar amalga oshirildi, valyuta tushumi xarajatlarini rejalashtirishga
chek qо‘yildi, muntazam va bosqichma-bosqich ravishda bojlarning umumiy
miqdori kamaytirilib borildi. Xorijiy kapital qо‘yilmalar uchun Markaziy bank va
davlatning huquqiy va iqtisodiy kafolatlarini belgilovchi kompleks tizim yaratildi.
“Ochiqlik siyosati” va qulay investitsion iqlimning yaratilishi Xitoyni
iqtisodiyotga chet el kapitalini kiritish bо‘yicha AQShdan keyingi, ikkinchi
markazga aylantirdi. Islohot yillarida Xitoyda 370 mlrd. AQSH dollaridan kо‘proq
chet el kapitalidan foydalanilgan. Xorijiy kapital ishtirokida 300 mingdan ziyod
64
investitsion loyihalarni amalga oshirishga erishilgan. Bunda 17,5 mln kishi band
bо‘lgan.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish borasida Janubiy Koreya, Isroil, Malayziya va Iordaniya davlatlarida
ham foydali tajribalar tо‘plangan.
Sо‘ngi yillarda Isroil davlati kichik biznes va xususiy kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni har tomonlama qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatni ishlab
chiqib, 1998 yilda kichik biznes rivojlantirish bо‘yicha 64 ta markaz tashkil etildi.
Iordaniyada kichik mayda ishlab chiqaruvchilar iqtisodiyotning notartib
sektori deb ataladigan sektorni tashkil etadigan xо‘jalik subyektlaridir. Unga
quyidagilar kiritiladi:
band bо‘lgan xodimlar soni 9 kishidan ortmaydigan mayda sanoat
korxonalari, shuningdek, texnikani ta’mirlaydigan va xizmat kо‘rsatadigan
ustaxonalar;
sex va uylarda amalga oshiriladigan, yollanma va oila mehnatidan
foydalaniladigan hunarmandchilik ishlab chiqarishi;
uy xizmatkorlari, xaydovchilar, yuk ortuvchilar, korovullar, oshpazlar va
boshqalarni о‘z ichiga olgan shaxsiy xizmatlar sohasi;
mayda chakana savdo va maishiy xizmat kо‘rsatishni о‘z ichiga olgan mayda
an’anaviy xizmat va an’anaviy transport sohasi.
Shu paytgacha bozor tarkibida band bо‘lganlar soni bо‘yicha notartib sektor
kichik korxonalar sohasidan bir yarim baravar kо‘p bо‘lib, ustunlik qilib keladi.
Iordaniyada mayda tovar ishlab chiqarishining, zamonaviy mehnat qurollarini
chiqarish va ta’mirlash, elektr maishiy va radioelektron texnika, tibbiy uskunalar,
avtotransportni ta’mirlash tarmoqlari va xokazolar tobora keng tarqalmokda. Bu
tarmoqlar yirik shaxarlarda kо‘proq rivojlangan. An’anaviy tarmoqlarning asosiy
qismi esa kichik chekka shaxarlarda jamlangan. Ta’mirlash tarmoqlarida konveyer
tizimi qо‘llanadigan ustaxonalar ustunlik qiladi. Unda muayyan ishchilarning
izchillik bilan bajarilgan qо‘shma mehnati natijasi sо‘nggi mahsulot hisoblanadi.
Bunday muassasalar kо‘pincha kichik xususiy korxonalarga aylanadi.
65
Mayda ishlab chiqarish qishloq-shahar yо‘nalishida kо‘chib yurishni
sekinlashtiradi. Chunki asosiy korxonalar uchun xom ashyo avval uni tayyorlovchi
dehqonlardan qishloqdagi yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kasanachi
ustalarga va ulardan keyingina u tugal qayta ishlaydigan korxonalarga keladi.
Raqobat sharoitida bunday kо‘p bosqichli aloqalar dehqonga va shaxar vakiliga
qо‘shimcha mablag‘lar olib keladi.
Iordaniyada
ilmiy-texnika
yutuqlarining
tarqalishi
va
transmilliy
kompaniyalarning kirib kelishi mayda ishlab chiqarishning zamonaviylashishi, uni
ishlab chiqarishning zamonaviy asboblari va vositalari bilan ta’minlanishiga olib
keldi. Bu esa yanada zamonaviyroq mahsulot ishlab chiqarishga о‘tish imkonini
berdi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqaruvchilarning asosiy qismi yangi ishlab
chiqarish vositalarining qimmatligi tufayli bugungi kungacha ishlab chiqarishning
an’anaviy vositalaridan foydalanadi.
Zamonaviy ishlab chiqarishlarda texnika bilan ta’minlanish va energiyadan
foydalanish darajasi an’anaviyga qaraganda yuqoriroqdir. An’anaviy mayda tovar
ishlab chiqaruvchilari aylanma mablag‘lari tuzilmasida mashina va uskunalarning
qiymati emas, balki xom ashyoning qiymati kо‘proq ulushni tashkil etadi. Bu esa
gilam tо‘qish, charm va muynadan, rangli metallardan, sun’iy va tabiiy
qimmatbaxo toshlardan ishlangan buyumlar ishlab chiqarish uchun xosdir. Bunday
tarmoqlar uchun aylanma mablag‘lar mikdori asosiy aylanma mablag‘lar
miqdoridan 25-30 baravar oshadi.
Shu tariqa, Iordaniyada rivojlanishning murakkabliklari va bir xil emasligiga
qaramay, mayda ishlab chiqarish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasining muhim
qismi hisoblanadi. U jamiyatning xо‘jalik tuzilmasini kо‘p jihatdan belgilaydi va
kichik tadbikorlikning asosiy negizini tashkil etadi. Hozirgi kunda jahon
iqtisodiyotida asosiy iste’mol tovarlariga bо‘lgan extiyoj о‘rtacha har tо‘qqiz oyda
о‘zgarib turishi kuzatilgan. Shuni hisobga olsak, aynan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik korxonalari faoliyatining afzalliklari yanada yaqqol, yorqinroq
namoyon bо‘ladi. YA’ni ular
66
iqtisodiy taraqqiyotning mustahkam va ravon yо‘lga tushib olish uchun muhim
ahamiyat kasb etadi.
Quyidagi jadvalda turli xorijiy mamlakatlar iktisodiyotida kichik biznesning
о‘rni tо‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Statistik ma’lumotlarda qayd etilishicha,
rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 50-67 foizi kichik biznes
korxonalari hisssasiga tо‘g‘ri keladi. Bu kо‘rsatkich AQShda 50-52 foizni,
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 63-67 foizni, Yaponiyada 52-55foizni tashkil
etadi. MDH mamlakatlarida esa kichik biznesning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi
rivojlangan mamlakatlarga nisbatan past kо‘rsatkichni tashkil etmoqda.
Yaponiyada barcha kompaniyalarning 99,6 foizi, sotilgan mahsulotning 55
foizi va sanoatda band bо‘lganlarning 80 foizi kichik va о‘rta korxonalar ulushiga
tо‘g‘ri keladi. Bunday yuqori kursatkichlar kо‘pchilik tadbirkorlarning kichik
biznesga jalb etilganligidan dalolat beradi. Mazkur mamlakatda kichik biznes
sohasi juda kо‘p korxonalarni (uy xо‘jaligidan boshlab to zamonaviy texnikalar
bilan qurollangan
Dostları ilə paylaş: |