O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/22
tarix03.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#151858
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
qishloq xojaligida kichik biznes va uni davlat tomonidan qollab

birinchidan,
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda muhim iqtisodiy omillardan biri, bu kichik biznes rivoji bо‘lib, bu 
boradagi har qanday umummanfaatini kо‘zlagan samarali faoliyatlar davlat 
ahamiyatiga ega bо‘ladi va qо‘llab-quvvatlanadi. Zero, kichik biznes faoliyati 
о‘sib, yanada samarali biznesga aylanishi, mamlakat ichki bozorini tovar hamda 
44
Малый, средний и частный бизнес. Ежеквартальный информационный бюллетень для предпринимателей. 
Республиканская научно-техническая библиотека. ГФАГИ. 2009. 


70 
xizmatlar turlari bilan tо‘ldirishi, shu tariqa eksport salohiyati rivojiga hissa 
qо‘shilishi, aholining ish bilan bandligi muammosi yechilishiga kо‘maklashuvi, 
aholining real daromadi о‘sishiga, pirovard natijada aholinining turmush darajasini 
yuksalishiga olib keladi. 
 Ikkinchidan,
iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida, jahon bozorida 
raqobat kuchayayotgan bir paytda, yirik korxonalardan kо‘ra aynan kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik korxonalarida raqobatga dosh berish, manevrlar qilish, 
ishlab chiqarish yо‘nalishini о‘zgartirish kabi iqtisodiy chora tadbirlar kо‘rish oson 
kechadi. 
Kо‘rinib turibdiki, xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni har tomonlama 
qо‘llab- quvvatlashning rivojlangan tizimi mavjud bо‘lib, bu hol raqobatning 
kuchayishi sharoitida ijtimoiy-itisodiy muhitning barqaror taraqqiy etishini 
ta’minlaydi. Bu esa, davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash mexanizmining 
tо‘laqonli rivojlanganligidan dalolat beradi. 
Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, jahon amaliyotida hamda
rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida kichik biznes ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni hal etishda, yangi ish о‘rinlarini barpo qilishda, bozor 
о‘zgarishlariga nisbatan tez moslashishda va mulkdorlar sinfini shakllantirishda 
alohida ahamiyatga va yuqori samaradorlikka ega ekanligini tasdiqlamoqda. 
Kо‘pchilik mamlakatlarda kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan о‘rniga, uning 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi bozor munosabatlarini 
shakllantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor berilmoqda.
XULOSA 
Bitiruv malakaviy ishimni bajarish jarayonida quyidagi xulosa va takliflar 
ishlab chiqildi:
1. Mamlakatimizda qishloq xо‘jaligida kichik biznesni samarali 
rivojlantirish uchun da barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Respublikaning qulay 
geografik joylashuvi, mehnat, ishlab chiqarish, tabiiy va boshqa resurslarning 
mavjudligi ancha keng xо‘jalik faoliyati turlari bilan shug‘ullanish imkonini 


71 
beradi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi ijobiy institusional va tarkibiy 
о‘zgarishlar, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotning 
barqaror о‘sishini ta’minlash poydevori hisoblanadi.
2. KBXT subyektlarini davlat tomonidan qо‘llab –quvvatlashning nazariy
asoslarini quyidagi yо‘nalishlarda takomillashtirish taklif etiladi: iqtisodiy 
qо‘llab-quvvatlash tanlov asosida, maqsadli, muddatli (qisqa davr), mezonli,
ijtimoiy-iqtisodiy samarali hamda bozor mexanizmi ishlashi, erkin raqobat
shakllanishiga tо‘siq bо‘lmagan holda biznes subyektlarining yashovchanligi
va raqobatbardoshligiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadigan, subyektlarni diskriminatsiya 
qilinishiga qarshi chora-tadbir bо‘lmog‘i lozim. 
3.Tahlillar kо‘rsatishicha, kelgusida viloyatda kо‘zda tutilayotgan tarkibiy 
о‘zgarishlarni amalga oshirish eng avvalo ichki resurslar va imkoniyatlardan 
tо‘laroq foydalanishni, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar 
yaratishni taqazo etadi. Bu borada xorijiy investitsiyalarning yangi shaklllarini jalb 
etishni rag‘batlantirish bо‘yicha huquqiy bazani takomillashtirish; mavjud 
imtiyozlardan samarali foydalanish; davlat va xususiy tuzilmalar о‘rtasidagi 
investitsion sherikchilik aloqalarini rivojlantirish; investitsion loyihalarni tanlashda 
va ularni asoslashda moliyaviy korxonalarga kо‘proq erkinlik berish; xorijiy 
hamkorlarga mamlakat investitsion salohiyati tо‘g‘risida kengroq ma’lumot berish 
talab etiladi. 
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini izchil rivojlantirish 
natijasida aholini yangi ish joylari va daromad manbai bilan ta’minlash, joylarda 
tashabbuskorlikni rag‘batlantirish orqali aholi orasida tadbirkorlik kо‘nikmalarini 
ommalashtirish imkoniyatlari asosida kichik biznes korxonalari samaradorligini 
oshirish lozim bо‘ladi. Shu bois, bugungi kunda kichik biznes va xususiy kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida viloyatda о‘rta mulkdorlar 
sinfini shakllantirish, ichki bozorni nisbatan arzon va sifatli zaruriy tovar va 
xizmatlar bilan tо‘ldirish, yangi ishchi о‘rinlarini yaratishga, shuningdek, ular 
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yо‘naltirish orqali 


72 
mamlakatimizning eksport salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish 
kerak. 
5. KBXTni davlat tomonidan qо‘llab -quvvatlashning tashkiliy, ijtimoiy, 
huquqiy va iqtisodiy mexanizmlari tahlil etilib, amalga oshirish dastaklari
baholandi. Iqtisodiy mexanizm tadbirkorlik faoliyatiga ichki harakatlantiruvchi
kuch sifatida ta’sir etadi va uning tarkibiy qismiga aylanadi. Mamlakatning
iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda KBXTning lokomotiv sifatidagi ahamiyatini
oshirishda «samarali g‘ildirak» vazifasini bajaradi. Tadbirkorlik faoliyatida tо‘g‘ri 
va maqsadli foydalanish natijasida korxonaning va aholining tadbirkorlik 
daromadi kо‘payishi ta’minlanadi. 
6. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning rolini oshirish yuzasidan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish 
maqsadga muvofiq: fermer xо‘jaliklarini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, 
ularning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, ularga yangi imkoniyatlar 
tug‘dirish, xizmat kо‘rsatuvchi tuzilmalarni rivojlantirish; qishloq xо‘jaligi 
korxonalariga о‘z mahsulotlarini qayta ishlaydigan zamonaviy texnologiyalarni 
sotib olishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan foydalanishga kо‘maklashish 
choralarini kо‘rish lozim.
7. Milliy iqtisodiѐtda KBni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash 
nazariyasida antimonopol, boj-tarif va monetar siѐsat dastaklarining 
rag‘batlantiruvchi funksiyalarini kuchaytirish taqozo etiladi. Jumladan, KBXTni
davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmini dastak va 
vositalarini rag‘batlantiruvchi va tartibga soluvchi funksiyalari ta’sirchanligini 
oshirish maqsadga muvofiqdir. 
8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarishni 
texnik va texnologik jihatdan muntazam modernizatsiya qilib borish uchun 
samarali rag‘batlantirish tizimini yaratish zarur. Bu borada modernizatsiya qilish 
va yangilash jarayonlarini jadallashtirish uchun korxonalarning о‘z mablag‘lari va 
jalb qilingan mablag‘lar hisobidan yо‘naltirilayotgan sarmoyalardan samarali 
foydalanish bu masalaga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. 


73 
9. Qishloq xо‘jaligida kichik biznes sharoitida о‘zi yetishtirayotgan 
mahsulotni reklama qilish, о‘zi joylashgan hududdagi tovar-xom ashyo birjalari 
bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘yish, tashqi va ichki xaridorlarni izlab topishi, buning 
uchun esa jahon bozoriga chiqish imkonini beruvchi global axborot tarmoqlariga 
ulanishni о‘z oldiga vazifa qilib qо‘yishlari kerak. Buning uchun fermer
hо‘jaliklarida mahsulotlarni saqlashgan moslashtirilgan omborxonalarni kо‘rishi
yoki joylarda bu vazifalarni amalga oshiradigan markazlashgan servis xizmati 
kо‘rsatish shahobchalarini tashkil etish lozim. Shuningdek, Respublika “fermer 
xо‘jaliklari uyushmasi”, “monopoliyadan chiqarish, raqobat va kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash”
10. Kichik biznesning eksport salohiyatini, tashqi savdo operatsiyalarini 
rasmiylashtirishdagi ortiqcha ichki protseduralarni bartaraf etish va ularga 
mahsulotlarini eksport qilish borasida qо‘shimcha preferensiyalar berish, 
mahsulotlarini sotishga kо‘maklashadigan, marketing о‘tkazish, sertifikat va 
ruxsatnomalar olishni ta’minlaydigan mavjud mexanizmini ,bozor tamoyillariga 
mos ravishda takomillashtirish lozim. 
11.Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning qishloq xо‘jaligida kichik 
biznes va uni moliyalashtirish yuzasidan tajribalarini atroflicha о‘rganish va 
samarali bо‘lgan usullarni milliy iqtisodiyotning xususiyatlarini hisobga olgan 
holda joriy qilish dolzarb masaladir. Bu esa, о‘z navbatida, О‘zbekistonda kichik 
biznes va xususiy kichik biznesni rivojlantirish, buning natijasida, mamlakat 
iqtisodiyotini yuksaltirish va aholi turmush darajasini kо‘tarishga muhim zamin 
yaratadi.
 
Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlaymizki, kichik biznesni qishloq xо‘jaligi 
rivojlanishining barqaror manbasiga aylantirish lozim bо‘lib, uni rivojlantirish 
asosida ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari 
yuzaga keladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin