III BOB. Qishlok xо‘jaligida kichik biznesni rivojlantirish va
takomillashtirish yullari.
3.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi bо‘yicha xorijiy
innovatsion tizim tajribalaridan foydalanish
Innovatsion salohiyatni oshirish kichik korxonalarni rivojlantirish bilan
bog‘liq. Jahon tajribasi shuni kо‘rsatadiki, kichik korxonalar katta korxonalarga
qaraganda, 4 barobar kо‘p innovatsiyalar yaratadi yoki ilmiy tadqiqotga kiritilgan
har bir dollarga kichik innovatsion korxonalar 2,5 barobar kо‘p mahsulot
yaratadilar. Innovatsiyalarning turli mamlakatlar, xususan, Xitoy, Tayvan, Koreya
va Singapurlar misolida mamlakat sanoatida va iqtisodiyotining о‘sishidagi
ahamiyati e’tiborga sazovordir. Ularning innovatsion rivojlanishi boshqa Yevropa
55
mamlakatlariga nisbatan ancha tez bо‘lganligi sababi shundaki, bu mamlakatlar
innovatsiyalarni yaratish uchun texnologiyalarni horijdan sotib olib, о‘zlari uni
takomillashtirish ustida ishlashgan.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida innovatsionrivojlanish qishloq xо‘jaligi
sanoat bilan integratsiyalash va savdo bilan qо‘shilish orqali amalga oshmoqda.
Shu bois jahon qishloq xо‘jaligi bu sohaga aloqador bо‘lmagan sohalar bilan
qо‘shib olib borish keng tarqalmoqda. Masalan, Yaponiyada shunday dehqon
xо‘jaliklari 80foizga yetib qoldi. Amerika fermerlarining qishloq xо‘jaligiga
aloqasi bо‘lmagan sohalardan olayotgan daromadlari о‘rtacha 63 foiz, Xitoyda
65 foiz, Janubiy Koreyada 40 foizni tashkil etadi.
Zamonaviy texnika vositalari va biotexnologiyalarning rivojlanishi asosida
qishloq xо‘jaligi va sanoat о‘rtasidagi munosabatlar murakkablashib bormoqda.
Yaponiya hukumati о‘tgan asrning 60-yillar oxiriga kelib, mamlakat hududini
о‘zlashtirishnin uchinchi rejasi haqida qaror qilgan edi. Bu qarorda qishloq
xо‘jaligini sanoat bila integratsiyalash zaruriyati kо‘zda tutilgan. Hamma joyda
qishloqni
industrlashtirsh
orqali
mahalliy
iqtisodiyotni
rivojlantirish
rejalashtirilgan. 1978 yil «Qishloq joylarida sanoat korxonalarini rivojlantirish
haqida»gi qonun e’lon qilindi. Unda qishloq sanoatini tuzish tadbirlari tizimi
kо‘zda tutilgan edi. Shu qonun asosida "Har bir qishloqda bitta tovar" harakati
boshlandi. Uning mazmuni shuki, har qaysi qishloqda raqobatbardosh sanoat
mahsuloti ishlab chiqaradigan bitta korxona bо‘lishi shart. Qishloq sanoatining
rivojlanishi munosabati bilan «Bitta qishloqda yuzta tovar» shiorini ilgari surgan
murakkab vazifa kun tartibiga qо‘yildi.
AQSH iqtisodidagi kichik sektorning ulushi nafaqat yalpi ichki mahsulotda,
balki unda ishlovchilar sonida ham katta. Kichik biznesni rivojlantirishning 900
dan ortiq markazlari kichik va о‘rta firmalarga konsultatsiya beradilar, boshlovchi
tadbirkorlarga biznes-rejalar tayyorlashda, davlat tashkilotlaridan moliyaviy
yordam olishda kо‘maklashadilar. 1,5 mingdan kо‘proq kompaniyalarni
birlashtirgan okrug kengashlari seminarlar о‘tkazadilar, tadbirkorlarni о‘qitadilar,
kichik firmalar faoliyatini tashkil qilish bо‘yicha ma’lumotnoma-qо‘llanmalar
56
tuzadilar.
Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida kichik biznesni rivojlantirish
uchun 330ga yaqin maxsus uzoq, о‘rta va qisqa muddatli dasturlar amalga
oshirilmoqda. Bunda mazkur dasturning yarmidan kо‘prog‘i iqtisodiyotning turli
sohalarida kichik biznesni shakllantirish maqsadida turlicha kreditlash va ishlab
chiqarish infrastrukturasini rivojlantirish, tabaqalashtirilgan soliq, solish shaklida
amalga oshiriladi.
Yaponiyada ham kichik biznes sezilarli rol о‘ynaydi. Bunga xususiy
tadbirkorlikni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashning rivojlangan tizimi
yaratilganligi imkon berdi. Shu narsa diqkatga sazovorki, Yaponiya qonunchiligi
kichik va о‘rta korxonalarni ular rivojining barcha bosqichlarida imtiyozli qarz va
kreditlar berish, turli soliq, imtiyozlaridan foydalanish, texnika va maslahat
yordami kо‘rsatish, axborot xizmatini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash va
malakasini oshirish asosida rag‘batlantirishni nazarda tutadi. Yaponiya sanoatining
bu sektorida kichik biznes shakllanishiga ta’sir kо‘rsatuvchi muhim omil soliq,
imtiyozlari va puxta moliya siyosati bilan bir qatorda kichik korxonalarga kredit
beruvchi xususiy banklarga beriladigan kafolatlar tizimidir.
Janubiy Koreya, Singapur va Gonkongda kichik va о‘rta korxonalarga zarur
kapitalning 50 foizgachasi davlat tomonidan berilgan, shuningdek davlat uzoq,
muddatli kreditlar bо‘yicha foizlar summasining yarmini tо‘lashni ham о‘z
zimmasiga olgan. Quyidagilar ham kichik korxonalarni qо‘llab-quvvatlovchi
muhim tadbirlar turiga kiradi: xomashyo va asbob uskunalarni qat’iy baholarda
yetkazib berish kafolatlangan davlat xaridi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida kichik kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni turli moliya-kredit muassasalari: Peruda Rivojlanish moliya
korporatsiyasi, Boliviyada Los va Andes Omonat kassasi va Birdamlik banki,
Urugvayda Milliy rivojlanish korporatsiyasi, Kolumbiyada milliy Kafolat fondi va
boshqalar qо‘llab-quvvatlaydilar.
Kichik tadbirkorlik sektori turli mamlakatlar iqtisodiyotida nihoyatda
muxim vazifani bajarmoqda. Ushbu sektor bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur
57
tezkorlikni ta’minlaydi, ishlab chiqarishda chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan
kooperatsiyani yaratadi. Zero, bularsiz yuksak samaradorlikni tasavvur ham qilib
bо‘lmaydi. Masalan, AQShda turli yо‘nalishdagi 19 mln.dan ortiq mustaqil
firmaning 90 foizdan ziyodi mayda korxonalardir. Yaponiyada о‘rta va kichik
korxonalar tarkibiga kiradigan 10 mln.dan ortiq mustaqil kompaniyalar
mavjud bо‘lib, ularning 99 foizi kichik biznes sektorida faoliyat kо‘rsatar ekan,
AQSH va Yaponiyada ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning 50 foizdan
ortig‘i ana shunday korxonalar hissasiga tо‘g‘ri kelmoqda.
AQShda yangi ishchi о‘rinlarining 3 dan 2 qismi mayda firmalarda tashkil
etilmoqda. Masalan, 1970 yilda 264 mingta, 1980 yilda 532 mingta, 1988 - 1990
yillarda 682 mingta kichik korxona va firmalar tashkil topishi aholini ish bilan
ta’minlashda katta imkoniyat yaratdi. Xullas, kichik biznes AQSH taraqqiyotida
muhim о‘rin tutadi.
Kichik va о‘rta biznesni rivojlantirishda Buyuk Britaniyaning ham о‘ziga xos
yо‘nalishi bо‘lgan. 1970 yilda hokimiyatni boshqargan E.Xito kichik biznesga
jiddiy ahamiyat bergan va 1971 yil Bolton komissiyasini tuzgan. Komissiyaga
kichik biznesning ahvolini о‘rganib borishni va uni rivojlantirish bо‘yicha
takliflar kiritishni topshirgan. Natijada, kichik va о‘rta biznes taraqqiyoti uchun
eng qulay sharoit yaratilgan. Shunisi e’tiborga loyiqki, mazkur yillarda tashkil
toptan kichik va о‘rta biznes faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firmalardan 96
foizining har birida ishchilar soni 20 nafardan oshmagan. Umuman, rivojlangan
mamlakatlarda mehnatga layoqatli kishilarning 70-90 foizi kichik va о‘rta biznes
bilan shug‘ullanadi.
Germaniya sanoat ishlab chiqarishining eksportdagi eng katta ulushi bila n
ajralib turadigan davlatlar sirasiga kiradi. Mazkur mamlakat tovar aylanishi
bо‘yicha Yevropada birinchi о‘rinda turadi. Uning tajribasidan о‘rganib, xayotga
tatbiq etsa arziydigan jihatlar juda kо‘p. Aniq, puxta, о‘z vaqtida, bekamu-kо‘st
bajarish bilan birga doimo har qanday talabga hozir bо‘lish kabi qoidalar shunday
jihatlardan sanaladi.
58
Ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohasida endigina о‘z faoliyatini
boshlagan tadbirkorning bu qoidalarga e’tibor berishi sifat kо‘rsatkichlari
oshishi hamda ortiqcha xarajatlar kamayishiga olib keladi.
Jahonda kichik va
о‘rta biznes korxonalar xodimlarning о‘rtacha soni bilan belgilanadi (3.1.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: |