41
boshqa mulklarga egalik hissiyoti rivojlanib boradi. Umuman olganda, oxirgi
yillarda ustuvor yо‘nalish sifatida fermer xо‘jaliklariga davlat siyosati darajasida
qaralayotganligini uning ijobiy tomonga jiddiy о‘zgarishiga olib keldi. Asosiy
erishilgan natijalarimizning sabablarini izohlab о‘tmoqchimiz.
1. Qashqadaryo viloyatida qishloq xо‘jaligini isloh qilish borasida aniq
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida shirkatlarni fermer xо‘jaliklariga
aylantirish jarayoni amalda nihoyasiga yetdi. Xususiy fermer xо‘jaliklari о‘z
mohiyatiga kо‘ra qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga, sohani
barqaror va samarali rivojlantirishni ta’minlaydigan yetakchi kuchga aylandi.
2. Bugungi kunda fermer xо‘jaliklari tom ma’noda qishloq xо‘jaligi ishlab
chiqarishining asosiy shakliga, uni barqaror va samarali rivojlantiradigan
harakatlantiruvchi kuchga, ta’bir joiz bо‘lsa, bu yо‘nalishning lokomotiviga aylandi.
Bu sohada bozor infratuzilmasi amalda qayta tuzildi, qishloq xо‘jaligi ishlab
chiqarishini tashkil etish va rag‘batlantirish sifat jihatidan yangi tamoyillar asosiga
qurildi.
3. Qishloqda bozor infratuzilmasi amalda yangidan barpo etildi, qishloq
xо‘jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish va rag‘batlantirish, sohani boshqarish
prinsiplari va tizimi sifat jihatdan mutlaqo yangicha tamoyillar asosida yо‘lga
qо‘yildi.
4. Joylarda qishloq xо‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga xizmat kо‘rsatadigan
bozor infratuzilmasi subyektlarining keng tarmog‘i yaratildi. Qishloq xо‘jaligi
xomashyosini kompleks qayta ishlashga ixtisoslashgan 200 dan ziyod agrofirma
faoliyat kо‘rsatmoqda.
5. Qishloq xо‘jaligi ekinlaridan, birinchi navbatda paxta va g‘alladan eng
yuqori hosil olingani, sohada ishlab chiqarish hajmi keskin kо‘paygani
dehqonchiligimizdagi tub sifat о‘zgarishlarining samarasidir.
6.Eng muhimi, qishloqda haqiqiy mulkdor – yer egasi paydo bо‘ldi, uning
mehnatga munosabati, о‘z ishining natijalaridan manfaatdorligi butunlay
о‘zgarmoqda.
Dostları ilə paylaş: