O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi pedagogik mahorat fanidan


Tekshirish va o'z-o'zini nazorat qilish uchui savollar



Yüklə 458,39 Kb.
səhifə19/94
tarix01.12.2023
ölçüsü458,39 Kb.
#170950
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94
O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

Tekshirish va o'z-o'zini nazorat qilish uchui savollar:
1. Pedagogik nazokatning asosiy psixologik asoslari qanday?
2. Pedagogik adolat, vijdon, izzat-nafs, oriyat, nufuz haqida nimalar bilasiz?


3. O'tmish mutafakkirlari pedagogik nazokat haqida qanday fikrlarni bayon qilganlar?


Adabiyotlar: 
1. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-
O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
2. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003.
3. Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996
7-MAVZU. PEDAGOGIK JARAYONDA O’QITUVCHI VA O’QUVCHI O’RTASIDAGI 
MULOQOT.
REJA:

1.O’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsadI.


2.O’qituvchining pedagogik muloqoti ijtimoiy-psixologik jarayon ekanligi, uning funktsiyalari.
3.Pedagogik faoliyatda o’qituvchi muloqot asosida o’quvchilar bilan yaxshi munosabatni tashkil
eta olishi, demokratik talablarni qo’llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi.
4. Pedagogik muloqot o’qituvchi kasbiy faolligining bir ko’rinishi, bunda ta’lim va tarbiya
muammolari o’qituvchi hamda o’quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o’rtasidagi
o’zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinishi.
5. Pedagogik ta’sir ko’rsatish vazifalari va vositalarida o’qituvchining o’quvchilar bilan
pedagogik muloqoti printsiplari.
O'quvchilar bilan muomala qilish pedagogning o'z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib
borish mahoratini taqozo etadi. Biz uchun esa so'zlashishni bilish lozim. So'zlashishni, muloqot
olib borishni doimo o'rganib borishi lozim. U darsni samarali olib borishni, so'zlashishni bilishi,
suhbat, leksiya, hikoya qilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta'lim-tarbiya
jarayonida o'quvchilar bilan muloqotni yo'lga qo'ya olishi lozim.
Muloqot
- yunoncha so'z, so'zlashuv, suxbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr
almashinuv, og’zaki nutq shakli, ikki yoki undan ortiq shaxslarning so'zlatuvidir.
O’qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot bo'lishi uchun o'qituvchi etarli darajada qobiliyatga
ega bo'lishi kerak, hamda o'z-o'ziga doimo quyidagi savollarni berishi va unga javob berishga
harakat qilishi kerak:
Nimaga o'rgatish? Kimni o'rgatish? Qanday o'rgatish?
Nimaga o'rgatish: a) lm-fandagi yangiliklarni anglash, yangi fan terminlarini tushunish,
o'quv predmetini to'liq o'zlashtirish; b)malaka, ko'nikma va qobiliyatni shakllantirish; v)o'quv
predmetlari o'rtasidagi bog’liqlikni amalga oshirish; g)o'quv mazmunini tushunarli tizim asosida
ko’rish.
Kimni o'rgatish: a)o'quvchilarning ba'zi psixik xususiyatlarini (eslab qolish, nutq,
fikrlash) hamda ularni qay darajada o'qimishli, tarbiyali ekanliklarini aniqlash; b)o'quvchilarning
bir darajadan ikkinchisiga o'tishidagi qiyinchiliklarni oldindan aniqlash; v) o'quv-tarbiya
jarayonini tashkil etishda bolalariiig dalillari, fikrlarini hisobga olish; g)o'quvchilardagi turli
psixik o'zgarishlar va rivojlanishni hisobga olib o'z pedagogik mehnatini tashkil etish; d)iqtidorli
o'quvchilar bilan ishlash, yakka holdagi ishni tashkil etish.
Qanday o’rgatish: a) ish jarayonida ishlatiladigan kuch va ketadigan vaqtni hksobga
olgan holda o'qitish va tarbiyalashniing turli usullari majmuini ishlatish.
Pedagogik ta'sir ko’rsatishniig asosiy usullari - bu talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash,
jamoatchilik fikri.
Talab – tajribada juda keng tarqalgan usul bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogning
tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatining namoyon bo'lish yo'li bilan yoki bu xatti-
harakatlarning rag’batlantirilishi yoki to'xtatilishini ta'minlaydi. U pedagogik ta'sir
ko'rsatishning boshlang’ich usuli bo'lib, tarbiyalanuvchilarda o'ziga nisbatan mas'uliyat va
talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.





Yüklə 458,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin