O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi pedagogik mahorat fanidan



Yüklə 458,39 Kb.
səhifə33/94
tarix01.12.2023
ölçüsü458,39 Kb.
#170950
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94
O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

YAXSHILIK QILISH 
Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar orasida yaxshilik qilish fazilati muhim o’rin egallaydi.
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi yodgorligi-“Avesto” da ezgu fikr, yaxshi so’z va yaxshi
ishlar insoniy fazilat sifatida ulug’lanadi. Islom ta‘limotida boshqalarga yaxshilik qilish
insonning tabiiy ehtiyoji, vojiboti bo’lishi kerakligi tushuntiriladi, ayniqsa, ota-onalar, ayollar,
yosh bolalarga yaxshilik qilish juda qadrlanadi.
Ota-bobolarimiz doimo yaxshi niyat, yaxshi orzu-istaklar bilan intilganlar. O’zlaridan
yaxshi nom qoldirishga intilganlar. “Yaxshilarga-yaxshilik qildim, yomonlarni esa o’z
yomonliklariga topshirdim” (Amir Temur o’gitlari. Toshkent, “Navro’z”, 1992 yil, 17-bet).
Kishilarning fe‘l-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, gap-so’zi ularning xulqiga bog’liq.
Yaxshi xulq egasi bo’lgan kishi odamlarga yaxshilik qila oladi. Abdulla Avloniy yaxshi xulqlar
qatoriga: fatonat, diyonat, islomiyat, nazokat, g’ayrat, riyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm,
intizom, miqyosi, vijdon, vatanni so’ymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, idrok va zako, hifzi
lison, iqtisod, viqor, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat, avf kabilarni
kiritadi. “Emdi bu yaxshi xulqlarni qo’lga olmak uchun ota-ona, muallim, ustodlarimiz
hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog’i birla tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi


kishilar birla ulfat bo’lmak, axloqi buzuq, yomon kishilardan qochmoq lozimdur” (Turkiy


guliston yoxud axloq. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992 yil, 16-bet).
Yaxshilik-ijobiy axloqiy fazilat bo’lib, xulqiy sifatlarning majmuini, inson faoliyati yoki
biror xatti-harakatiga ijobiy munosabatning yig’indisini aks ettiradi. Yaxshilik-kishining axloqiy
ongi va axloqiy tajribasida jamiyat va shaxs manfaatlarining birligini aks ettirib, shaxsga va
jamiyatga manfaat keltiradigan, ijtimoiy taraqqiyotga mos keladigan fazilatdir.
O’qituvchi odobida yaxshilik fazilatiga pedagogik faoliyat bilan bog’iq holda,
o’qituvchining yaxshiligi shaklida aniqlik kiritiladi. Unda o’qituvchi va o’quvchilar jamoasi
manfaatlarining birligi, muallim va o’quvchi maqsadining birligi, ta‘lim va tarbiyaning samarasi
uchun kurashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati muallimning ham, o’quvchilarning ham,
ota-onalarning ham yaxshi niyatli, xayrixoh, mehribon bo’lishini taqazo qiladi. Yaxshilik qaror
topishi uchun pedagoglik jarayonida yomonlikka murosasiz bo’lish yaxshi istak bilan xush
muomala qilish, yaxshi qiliq, yaxshi xatti-harakatlarning birligi zarur.

Yüklə 458,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin