O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi pedagogik mahorat fanidan


-MODUL. KASBIY FAOLIYAT MAZMUNI. 9-MAVZU. O’QITUVCHI KASBIY



Yüklə 458,39 Kb.
səhifə31/94
tarix01.12.2023
ölçüsü458,39 Kb.
#170950
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94
O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

4-MODUL. KASBIY FAOLIYAT MAZMUNI. 9-MAVZU. O’QITUVCHI KASBIY 
FAOLIYATIDA PEDAGOGIK NAZOKAT VA ODOB-AXLOQ.
Reja: 
1. Pedagogik nazokat - o’qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi me’yor tuyg’usi
yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi.
2. Pedagogik nazokat o’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro munosabatini tashkil qilish
vositasi.
3.Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida
mujassamlashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig’indisi ekanligi.
4.Pedagogik nazokat me’yorlari va omillari.


5.O’qituvchi pedagogik nazokati ta’lim va tarbiya jarayonidagi har bir vaziyatga adolatli baho


berish, o’quvchilaming hattiharakatini to’g’ri idrok etish, sabot va matonat, o’zini tuta bilish,
sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlami o’zida mujassamlashtirishi.
6.O’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatda pedagogik nazokatni qo’llashi natijasida
erishadigan yutuqlari. O’qituvchining pedagogik nazokati mohiyatida etnopedagogik tuyg’ular,
milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, o’zbekona tavoze va muomala madaniyati, o’quvchilar
jamoasiga singib keta oladigan har qanday ijtimoiy muhitga moslashuvchi individual
qobiliyatlar, kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar mujassamlashganligi.
Tayanch tushunchalar: pedagogik faoliyat, pedagogik odob, sabrli, shirin so'zli,axloqiy
fazilatlar, kamtarlik, burch, mas'uliyat, vijdon, or-nomus, qadr-qimmat;
1. Pedagogik odob va o’qituvchi odobining xususiy (o’ziga xos) qonuniyatlari.
Yuksak axloqiy fazilatlarga ega kishilar bo'lib etishishda eng yaxshi urf-odatlar, udumlar,
an'analar, ya'ni xalq odobnomasining aҳamiyati katta. Chunki kimda-kim yoshlikda
xalqimizning yillar va davrlar sinovidan o'tgan xalqchil odatlarini, udumlarni, odobnomasini
yaxshi o'zlashtirib olsa, ota-bobolarimizning pand-nasihatlari va o'gitlariga quloq solsa, unga
amal qilsa, unday bola elda katta obro'-e'tibor topadi.
O’qituvchi odobining xususiy (o’ziga xos) qonuniyatlari:
-
o’qituvchilik kasbini va bolalarni sevish;
o’qituvchi o’zi dars beradigan fanni, uni o’qitish nazariyasi va metodikasini, pedagogika,
psixologiya va mafkuraga doir chuqur bilimga, yuksak ma‘naviy madaniyatga ega bo’lishi;
o’qituvchi shaxsining axloqiy pokligi;
jamiyat oldidagi burchni, pedagoglik mas‘uliyatini yuksak darajada anglash, axloqiy
e‘tiqodli bo’lish;
o’zi bajarayotgan ishning haqligiga va o’z kuchiga, o’quvchilarning har biri ulg’ayib
jamiyat uchun foydali, yaxshi odam bo’lishiga ishonch;
pedagogik takt, muomala odobi qoidalariga amal qilish;
o’qituvchining yaxshilik qilish istagi, xushmuomalaligi va amaliy ishlarining, ya‘ni so’zi
bilan ishining birligi;
hamma o’quvchilarga nisbatan xolis niyatli, ob‘ektiv, talabchan, adolatli bo’lish;
pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri bilan pedagogik ijodkorlikning uyg’unligi.
O’qituvchi odobining manbalariga quyidagilar kiradi:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992), ta‘lim to’g’risidagi «Qonun»i (1992),
Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining direktiv hujjatlari, respublika Prezidentining asarlari,
ma‘ruzalari, nutqlari;
Umuminsoniy va milliy axloqqa, kasb odobiga doir ilmiy asarlar;
Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan donishmandlarning madaniy-ma‘rifiy, pedagogik
merosi, Qur‘oni Karim, Hadisi Sharif;
milliy-axloqiy qadriyatlar, an‘analar, urf-odatlar;
o’zbek xalq pedagogikasi asarlari, odobnomalar va ularga doir ilmiy-pedagogik
tadqiqotlar;
axloqiy tarbiyaga doir, o’qituvchi odobiga doir ta‘limotlar;
maktablarda odobnoma, adabiyot va boshqa fanlarni o’qitish tajribasi, pedagogik
amaliyotga doir materiallar;
ta‘lim-tarbiya jarayonini, pedagogik faoliyatni aks ettirgan badiiy asarlar.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan bizni odobli, mehnatsevar, to'g'riso'z, halol, insofli,
diyonatli, yaqinlariga mehr-muhabbatli kishilar qilib tarbiyalashgan.


Bola aziz – odobi undan aziz.


Bolaning yoshini so'rama – aqlini so'ra.
Xalq udumlarida, undan kelib chiqadigan odobnomada har qanday bolani yoshligidanoq
el-yurt manfaati yo'lida kurashuvchi, kishilar baxt-saodatini o'ylovchi, ajdodlarining ushalmay
qolgan orzu-armonlarini amalga oshiruvchi kishilar bo'lib kamol topishi lozimligi alohida
ta'kidlanadi.
Hikoyat. Bir kuni Alisher bilan Husayn Boyqaro otliq o'tib borar edi. Shunda ariqcha
bo'yida qumtaqa o'ynab o'tirgan bir go'dakka Alisherning ko'zi tushadi. U otdan tushib go'dak
oldiga keladi va qo'llarini ko'ksiga qo'yib deydi:
- Assalomu alaykum, mavlono aka!
Bola Navoiyga qarab kulib, o'yinini davom ettiraveribdi.
Navoiy yo'lida davom etarkan, voqeani kuzatib turgan Husayn Boyqaro hayron bo'lib
so'radi:
- Nega unday qildingiz?
- Hazratlari sezmadilar chog'i, ul bola Mavlono Abdurahmon Jomiy nabirasi erur.
Ustozga hurmatim balandligidan nabiralariga ham ta'zim ayladim, - debdi.
Muomala odobi.
Hikoyat. Bir kishi arab podshosining qakrindoshlaridan bir nechtasini o'ldirib qochib
ketibdi. Bir qancha vaqt o'tgandan so'ng podshoning yoniga qaytibdi.
Podsho:
- Ajabo qo'rqmas kishi ekansan, qarindoshlarimni o'ldirib, yana kelibsan.
U kishi ta'zim qilib:
- Sizni marhamatlaringiz ulug'ligini bilaman,- debdi.
Podshoga bu gap yoqibdi va in'omlar beribdi. Uning yaqin kishilaridan biri:
- Shunday dushmanni qo'lga tushirdingiz-u, o'ch olmay uning so'ziga aldandingiz, -
debdi.
- Ish sen o'ylaganchalik emas. Undan o'ch olsam, nafsim shodlanadi, uning ko'ngli
shodlanib, dunyoda nomi yaxshilik bilan yod etiladi. Shuni o'ylab uni ozod etdim, -debdi.
Mulоyimlik - sabrli, ochiq yuz, shirin so'zli, yaxshi ishlarga boshlaydigan fazilat.
Kamtarlik - har qanaqa martabaga erishganda ham manmanlikka bormaslik, o'zini sodda
tutmoqlik, hamma bilan bir xilda muomala qilish fazilatidir.
Aqlsiz, tarbiyasiz kishilardan yiroq bo'l!
Izoh: odam bolasini, xususan, yosh bolalarning ko'ngillari bir ko'rsa, shuni o'zida qabul
eta turgan ajib narsa. Bir kishi tarbiyali, axloqli kishilar yonida o'tirsa, ko'ngli tamom yumshab
trbiyali kishi bo'lib ko'rinadi. O'sha odam ikkinchi vaqt tarbiyasiz, axloqsiz kishilar yoniga
o'tirsa, majlis ta'siri o'laroq, ko'nglida bir turli o'zgarish sezadi. Shuning uchun bola tarbiyachilari
bolalarning do'stlariga ahamiyat bermoqlari kerak.
8.2. Sharqona tarbiya va uning munosabatga ta'siri.
Ahloqiy pand-nasihatlarning, ta‘lim-tarbiyaning ijodkori ham, asrlar davomida yoshlarni
kamolot sari yetaklab, ularga hayot ilmini, turmush saboqlarini o’rgatib kelgan to’ng’ich ustoz
ham-hayot, xalqdir. Yer yuzidagi barcha kishilar singari turkiy qabilalar ham qadim
zamonlardayoq hayotiy ehtiyoj taqozosi bilan o’z bolalarini sog’lom, baquvvat, mehnatsevar,
katta-kichiklarni izzat-hurmat qiladigan, xushaxloq, botir, jamoani, vatanni himoya qila oladigan
kishilar bo’lib ulg’ayishlarini orzu qilganlar. Tarbiya sohasida to’plagan tajribalarini, orzu-
istaklarini umumlashtirib maqol, topishmoq, ertak, rivoyat, hikoyat, doston kabilar shaklida
ifodalab yoshlarga, oila a‘zolariga, boshqalarga o’rgatganlar. Shu tariqa o’zbek xalq


pedogogikasi vujudga kelgan. Unda ijobiy axloqiy sifatlar, fazilatlar ulug’lanadi, salbiy illatlar


esa qoralanadi. O’zbek xalq pedagogikasining shaxs va jamiyat uchun foydali, ilg’or, axloqiy
g’oyalari og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga o’tib, folklor asarlari, milliy oilaviy urf-odatlar,
an‘analar sifatida bizgacha yetib kelgan.
O’zbek xalqi pedagogikasi asarlarida murabbiy, ustozning hurmati, mo’‘tabat inson
sifatida ulug’lanadi. “Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l”, “Ustoz otangdan ulug’”, “Ota-ona
bolani dunyoga keltiradi, ustoz esa uni yuksaklikka, osmonga ko’taradi” kabi hikmatlarda
murabbiy, ustozlarning mehnati, qadr-qimmati ulug’langan.
O’zbek xalqining etnopedagogikasi umuminsoniy va milliy tarbiyaning qudratli omili,
vositasidir. Turkiy xalqlar o’z bolalarini yoshlikdan uy-ro’zg’or mehnatiga o’rgatishga katta
e‘tibor bergan. O’zbek xalq pedagogikasi bolalarga-kimki yaxshi mehnat qilsa, yaxshi buyum
tayyorlasa, u yaxshi usta, degan g’oya singdirilgan. Bundan tarbiya jarayonida: “Avval bil, keyin
qil”, “Avval o’rgan, keyin o’rgat”, “Aql ko’pga yetkazar, hunar ko’kka”, “Ustoz shogird-jonsiz
kesak”, “Ustoz ko’rmagan shogird-har maqomda yurg’alar” kabi maqollarning ahamiyati katta
bo’lgan.
Xalq doimo yosh avlodni aqlli, odobli, go’zal fazilatli inson bo’lib kamol topishini orzu
qilgan va shunga intilgan. Bunday orzu-istaklar Abdulqosim Firdavsiyning Markaziy Osiyo
xalqlarining qadimgi hayotini aks ettiruvchi “SHohnoma” asarida quyidagicha tasvirlanadi.
Aql yo’l ko’rsatib, dilni etar shod,
Har ikki olamda aqlli obod.
Hamisha aqlingni rahnamo etgil,
Noloyiq ishlardan olisroq ketgil.
(“SHohnoma” 1-kitob, Toshkent., 1975 yil. 35-36 betlar).
O’zbek xalq pedagogikasida ota-onaning namuna, ibrat ko’rsatishiga katta e‘tibor
berilgan. “Bolalarga go’zal tarbiya berish uchun, ota-onalarning o’zlari go’zal axloqli, tarbiyali
bo’lishlari shartdir ... Agar ota-onalar o’z umr-yo’ldoshlari bilan go’zal ravishda umr kechirsalar,
ularni hurmatlasalar, bolalar ulardan oliyjanoblik va xushmuomalalik odobini o’rganadilar”.
(Donolar tarbiya xususida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1982 yil, 42-43 betlar).
O’zbek xalq pedagogikasida qo’llanib kelingan tarbiya usullari yoshlarga o’zaro izzat-
hurmatda bo’lish, qadr-qimmatni anglash, samimiylik, iltifotlilik, haqiqatlilik, mardlik, jasurlik,
mehribonlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga xizmat qilgan. Bolani elga manzur, odobli
farzand qilib tarbiyalash ota-onaning burchi hisoblangan. O’zbek xalqi yaratgan maqol, naql,
afsona, rivoyat, hikoyatlarda ma‘naviy axloqiy ideallar, ibratli, qiziqarli o’gitlar shaklida bayon
etilgan. “Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan”, “Har kim ekkanin o’radi”, “Bola aziz, odobi
undanda aziz” kabi maqollar shular jumlasidandir.
Alloh bizni ikki dunyoga yaroqli, ikki dunyoda saodat topish uchun yaratganligidan qat'iy
nazar ayta olamizki, bizning o'qigan ilmilarimiz ham dunyomizga, ham oxiratimizga foydali
bo'lsin. Har bir millat o'zlariga foydali ishlarni ishi boshida bo'lgan olimlaridan kutgani kabi, biz
ham o'zimizga foydali yo'l ko'rsatishni dunyo va oxiratimizga yaroqli ilmlar o'rnatishni ochiq
ko'zli, hurmatli olimlarimizdan kutamiz.

Yüklə 458,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin