O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi pedagogik mahorat fanidan


O’zlashtirishning asosiy bosqichlari va zvenolari



Yüklə 458,39 Kb.
səhifə59/94
tarix01.12.2023
ölçüsü458,39 Kb.
#170950
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   94
O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

O’zlashtirishning asosiy bosqichlari va zvenolari 
O’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari.
Hozirgi davr pedagogik amaliyotida o’quvchilar o’quv faoliyatini
nazorat qilishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
joriy nazorat; 
oraliq nazorat; 
yakuniy nazorat. 
Joriy nazorat o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning har bir o’quv ishini muntazam nazorat
qilishni hamda ularning o’rganilgan mavzularni o’zlashtirish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari
darajasini tekshirishni o’z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo’yicha
kundalik ballar qo’yib borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o’qituvchini har bir o’quvchining o’quv
faoliyati bo’yicha tezkor ma`lumotlar bilan ta`minlaydi, o’qitish jarayonini boshqarishda yaxshi natija
beradi, o’zlashtirmagan o’quvchilarni o’z vaqtida aniqlaydi, o’zlashtirmaslikni bartaraf etish bo’yicha
choralar
belgilaydi.
Oraliq nazorat— bu o’quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo’limlarining
o’zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o’qituvchi dars jadvali asosida darsda o’quv
materialining o’ziga xos xususiyatini hisobga olgan xolda o’tkazadi.
Oraliq nazorat o’tkazishdan oldin o’quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq tekshirish alohida-alohida
shkala asosida baholanadi.

Yakuniy nazorat— choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga
bo’linadi. Yakuniy nazorat og`zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari
asosida o’tkaziladi.
Nazoratning shakli o’quv ishini tashkil etish shakliga bog`liq bo’ladi. O’qituvchi uni mavzudan


kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud:


nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o’qituvchi o’quvchilarga materialning ma`lum bir hajmi
bo’yicha savol beradi, o’quvchilar unga qisqa javob qaytaradi. Mazkur so’rash ko’pchilik o’quvchini
nazorat qilishni ta`minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o’quvchilarning bilim
darajasini har tomonlama aniqlash uchun qo’llab bo’lmaydi;
- nazoratning guruhli shaklida o’quvchilarning ma`lum bir qismi nazorat qilinadi. O’qituvchi
tomonidan o’quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda
boshqa o’quvchilar ham qatnashishi mumkin. Guruh ishlayotgan paytda qolgan o’quvchilar bo’sh
qolmaydi, ular o’rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o’z ustilarida ishlab o’tiradi;
- nazoratning 

Yüklə 458,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin