Yozma tekshirish—o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va
baholashning eng samarali usullaridan biri bo’lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini
beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o’qituvchi alohida mavzu yoki o’quv dasturining ma`lum
bo’limini o’tib bo’lganidan so’ng oz vaqtning ichida barcha o’quvchilarni tekshirishi mumkin. Yozma
tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant va boshqalar yordamida olib boriladi. Ammo o’qituvchi
va o’quvchi o’rtasida bevosita aloqaning yo’qligi sababli uning fikrlashini kuzatish imkoni bo’lmaydi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish.Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport,
mehnat harakatlari)ning to’g`riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo’lishi
mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik sikldagi fanlardan o’quvchilarning o’zlashtirishini
hisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o’quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda
qo’llay
olish
malakasi
aniqlanadi.
Uy vazifalarini tekshirish. O’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish uchun ularning uyga
berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o’qituvchiga
o’quvchilarning o’quv ishiga bo’lgan munosabatini, o’rganilgan materialni qanchalik egallaganligini,
uy vazifalarini bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Ma`lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala
bo’yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati o’quvchining ma`lum bir fandan reytingini aniqlaydi.
takomillashtirish, o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish uchun maqbul sharoitlarni
yaratishga intilish." Darslarni tashkil etish va o'tkazish bo'yicha tavsiyalar