Hayvon va o‗simliklar nafas zanjirlarining struktura jihatdan o‗zaro biroz
zanjirida oksidlanib, uchkarbon sikli degidrogenazalari tomonidan qaytaradigan
tomonida (M) joylashgan. Mitoxondriya membranalarining turli birikmalarga
13
yuksak tanlovchanlik bilan xarakterlanib, kamida 10 ga yaqin maxsus
tashuvchilarga ega.
Sitozol matriks hamda membrana ichidagi fermentlar tomonidan
katalizlanadigan moki tip bog‗langan reaksiyalar sistemasida sitozol NADN
oksidlanish ekvivalentini mitoxondrial NADN ga uzatadi. Chunki, sitozol va
mitoxondrial NADN zahiralari o‗zaro fazoviy ajralgan. Hayvon zanjiri tarkibiga
ekzogen NADN ni glitserol-3-fosfat-digidroksiatsetonfosfat shunti vositasida
oksidlovchi yana bir ferment, FAD ga bog‗liq glitserol-3-fosfodegidrogenaza
kiradi.
Hayvon hamda o‗simlik nafas zanjirlari suksinatni (STK-intermediatini),
kovalent bog‗langan FAD ga ega, suksinatdegidrogenaza yordamida oksidlaydi.
Bu ferment elektron tashuvchi zanjirdagi membranaga bog‗langan birdan-bir
fermentdir. Va nihoyat, yog‗ kislotalarining в-oksidlanishi natijasida
qaytariladigan flavoprotein-elektron tashuvchi zanjirdagi oxirgi elektron manbai
hisoblanadi.
Nafas zanjiri xolat va dezoksixolat singari detergentlar bilan qayta
ishlanganda elektron tashishga qodir, sun‘iy membranada proton tashiluv
aktivligini tiklab, spontan reaksiyalasha oladigan, to‗rtta oqsil komplekslariga
ajraladi (3-расм).
Dostları ilə paylaş: