Organellaning o‗rab turgan tashqi silliq membrana chiziqlar va burmalarga ega
ham yuritiladi. Jigar mitoxondriyalarida kristalar soni kam bo‗lib, tartibli
joylashmagan, buyrak va yurak mitoxondriyalarda esa ular soni juda ko‗p bo‗lib,
ular bir-biriga juda jips joylashgan bo‗ladi. Ayrim mitoxondriyalardagi kristalar
oddiy barmoqsimon o‗simta shaklida, lekin ko‗pchilik organizmlarda ular
murakkab to‗r shaklida bo‗ladi. Buning sababi shuki, oksidlanishli-fosforlanish va
elektron tashish sistemasi (nafas zanjiri) funksiyalashuvida ishtirok etuvchi
8
fermentlarning ichki membarana yuza maydonida joylashuvi tufayli bo‗lsa kerak
deb taxmin qilinadi. Keyingi olib borilgan ishlarda ta‘kidlanishicha,
mitoxondriyalar kristalarining murakkab bo‗lishi, unda amalga oshadigan nafas
olish jarayoni hamda oksidlanuvchi-fosforlanishning jadalligi bilan xarakterlanadi
(Абдуллаев, 1989).
Mitoxondriyaning ichki bo‗shlig‗i – matriks deb yuritilib, u yarim suyuq,
taxminan 50% oqsildan iborat va ingichka strukturaga ega bo‗lgan modda bilan
to‗lgan. Matriksning struktura tuzilishi ham nafas olish aktivligining o‗zgarishiga
qarab ba‘zi o‗zgarishlarga uchraydi. Kristalar soni ko‗p bo‗lgan mitoxondriyalarda
matriks kam rivojlangan bo‗ladi va aksincha, matriksda yuqori elektron zichlikni
xarakterlovchi katta granulalar joylashgan bo‗ladi. Bu granulalarning ahamiyati
to‗lig‗incha o‗rganilgan emas. Ba‘zi mitoxondriyalarda ribosomalar aniqlangan,
lekin elektron mikrofotografiyalarda ular ko‗rinmaydi. Kengaytirilgan elektron
mikroskopiya metodlarida aniqlanishicha, mitoxondriyalarning tashqi va ichki
membranasi ultrastrukturasiga ko‗ra bir-biridan farq qiladi.
Yuqoridagi fikrimizda ta‘kidlab o‗tganimizdek, mitoxondriya tashqi
tomondan ikki qavat yupqa parda (qobiq), ya‘ni membrana bilan o‗ralgandir.
Tashqi membrana mitoxondriyani sitoplazmadan ajratib tursa, ichki membrana esa
xondrioplazmani ya‘ni matriksni o‗rab turadi. Ikkala membrana orasida bo‗shliq
bo‗lib, u suyuqlik bilan to‗la, uning qalinligi taxminan 100 A ga teng.
Ichki
membranadan
mitoxondriya
markaziga
tomon
hayvonlarda
plastinkasimon, o‗simliklarda qing‗ir-qiyshiq, egri-bugri naychalar shaklidagi
kristalar joylashgan. Kristalar mitoxondriyaning ichki sathini kengaytiradi.
Kristlarning ichidagi fazo ham perimitoxondrial faza matriksi bilan to‗la bo‗ladi.
Ichki membrananing mitoxondriya matriksiga qaragan sathida shakli
qo‗ziqoringa o‗xshash elementlar (zarrachalar) tig‗iz joylashgan. Bularga aksisoma
(ATF-soma) deb atalib, diametri 70-90 A keladigan boshchaga, 40 A keladigan
uzunlikdagi oyoqchaga ega.
9
Mitoxondriyalar ichki membranasida nafas olish zanjiri mavjud bo‗lib, unda
murakkab va ketma-ket boradigan murakkab bioenergetik jarayonlarni amalga
oshishini ta‘minlovchi fermentlar joylashgan. Nafas zanjirida ATF sintezi amalga
oshiriladi. Bu jarayonda nafas zarjiri bo‗ylab Н
2
ning elektronlari (aniqrog‗i
protonlari) donordan akseptorga (reaktiv kislorodga) tashiladi. Bu vaqtda
substratlarning oksidlanishi hamda elektron tashilishi jarayonida hosil bo‗lgan
kinetik energiya ATF ning kimyoviy bog‗larida kimyoviy energiya ko‗rinishida
bog‗lanadi. Zanjir oxirida turgan reaktiv O
2
va Н
2
elektronlarini neytrallaydi
hamda suv hosil bo‗ladi.
Hozirgi kunga davr tashqi va ichki membrananing tuzilishi va ularning
xususiyatlari to‗g‗risida to‗liq bir fikrga kelinganicha, yo‗q. Bu borada turli-tuman
fikrlar va qarashlar mavjud. A.I.Gagelgans ma‘lumotlarida keltirilishicha,
mitoxondriyaning tashqi membranasida o‗ziga xos fermentlar tizimi mavjudki, ular
ham mitoxondriya membranasidan moddalarning transport qilinishida muhim
ahamiyatga ega (Гагельганс, 2001).
Jumladan, tashqi membrana ichki membranaga qaraganda biroz yirikroq ion
va molekulalarni ham o‗tkazuvchan bo‗lsa, undan farq qilgan holda ichki
membrana bunday yirik molekulalar va ionlarga nisbatan o‗tkazuvchan emas. Ichki
membrana 1200 pS gacha kattalikdagi ionlarni o‗tgazish xususiyatiga ega bo‗lib,
undan yiriklari to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗ta olmaydi, ular maxsus transport tizimiga ega.
Xulosa o‗rnida ta‘kidlash mumkinki, mitoxondriyalar hujayralar hayot
faoliyatidagi eng muhim organoid bo‗lib, ancha murakkab tuzilgan. Ular o‗zining
DNK strukturasiga ega. Shu boisdan ham ularga yarim avtonom organoidlar deb
qaraladi.
Dostları ilə paylaş: