KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Odam va hayvonlar hujayralari faoliyati, ularda
modda va energiya almashinuvi jarayonlarining boshqarilishida, hujayra ichki
signalizatsiyalarining uzatilishida va hujayrada turli xildagi patologik holatlarning
kelib chiqishida asosiy rolni mitoxondriya (Mx) lar о‗ynaydi. Xususan, bu
jarayonlarning yuzaga kelishida Mx larning ichki membranasidagi SsA–sezgir
poralar holatining о‗zgarishi asosiy sabab bо‗lishi mumkin. Hozirgi vaqtda
adabiyot manbalarida keltirilishicha, Сa
2+
-ga bog‗liq siklosporinA-sezgir poralar
hayvon hujayralari funksiyalarini, kо‗pgina metabolitik jarayonlarning
boshqarilishida hamda hujayraichki Са
2+
-signalizatsiyalarining uzatilishida asosiy
о‗rin egallaydi [He, Lemasters, 2002; Salvi et al., 2005].
Hujayraning normal faoliyati uchun hujayra ichki Ca
2+
signalizatsiyasi va
Ca
2+
ionlari chiqishini boshqarib turishda Mx lar muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. SsA-sezgir pora megakanal hisoblanib, turli xildagi jigar
patologiyalarida ushbu pora yuqori о‗tkazuvchanlik holatiga о‗tadi. Tо‗plangan
ma‘lumotlarga qaraganda, SsA-sezgir poraning ochiq holatga о‗tishi turli xildagi
hujayra о‗limi (apoptoz va nekroz) ni rivojlanishiga olib keladi.
Olimlar tomonidan uzoq yillik ilmiy tadqiqot natijalari asosida shunday
xulosaga kelindiki, mitoxondriya va uning ichki membranasida joylashgan SsA-
sezgir poralar kо‗pgina biologik va farmakologik faol moddalar hamda patogenlar
uchun ta‘sir markazi bо‗lib xizmat qiladi [Камбурова, 2001; Салиходжаева и др.,
2002; Fiore et al., 2004; Чўлиев, 2007]. Shu sababli dunyoning kо‗pgina ilmiy
laboratoriyalarida Са
2+
-ga bog‗liq siklosporinA-sezgir poralarning funksional
holatini hamda Са
2+
-ga bog‗liq hujayraviy jarayonlarni biologik faol moddalar
yordamida boshqarish mexanizmlarini aniqlash borasida keng miqyosda tadqiqot
ishlari olib borilmoqda [Salvi et al., 2003; Балтина и др., 1992; Толстиков и др.,
1997; Abramov et al., 2001; Бескина, 2002; Косимбетов., 2006; Чо‗лиев, 2007].
4
Adabiyotlarda keltirilgan ma‘lumotlarga ko‗ra, mitoxondriyalardagi SsA-
sezgir poralar ishini boshqarish va uning holatini o‗zgartirish o‗simliklardan ajratib
olinayotgan ayrim biologik aktiv moddalar yordamida amalga oshirish mumkin.
Ma‘lum bo‘lishicha, hozirgi vaqtda insonlar orasida turli zaharli
moddalardan zaharlanish hollari uchrab turadi. Bunday zaharli moddalar toifasiga
pestisidlarni, gerbisidlarni, zaharli chiqindilar va boshqa turli xildagi kimyoviy
moddalarni kiritish mumkin. Bunday moddalar bilan o‗tkir yoki surunkali
zaharlanish holatlarida jigar zararlanib, toksik gepatit yuzaga keladi.
Uzoq yillik olib borilgan tadqiqotlarda ta‘kidlanishicha, toksik gepatit jigar
hujayralari metabolizmi va Mx funksional parametrlarini buzilishiga olib keladi,
ya‘ni Mx larning nafas olish va oksidlanishli fosforlanish jarayoni buzilishi, nafas
zanjiri orqali elektronlar tashilishining pasayishi, Mx Са
2+
pulining bo‗shab qolishi
kabi jarayonlar yuzaga keladi. Patologik holatlarda Mx membranalari SsA-sezgir
poralarida yuzaga keladigan o‗zgarishlarning mexanizmlari to‗liq o‗rganilmagan,
bu esa o‗z navbatida bu boradagi tadqiqotlarni davom ettirishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |