adabiyotlar tahlili, tadqiqot metodlari va uslublari, olingan natijalar tahlili
etilgan.
6
1-BOB. ADABIYOTLAR SHARHI.
1.1. Mitoxondriyalarning tuzilishi va funksiyasiga oid zamonaviy ma‟lumotlar
1.1.1. Mitoxondriyalarning tuzilishi
Mitoxondriyalar barcha aerob, eukariot hujayralarda mavjud. Ularning
hujayralardagi soni ozmi-ko‗pmi doimiy bo‗lib, hujayraning tipiga ham bog‗liq
bo‗ladi. Ba‘zi adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, hujayraning rivojlanish stadiyasi va
funksional aktivligiga bog‗liq holda o‗zgarib turishi ham mumkin (Бескина,
2002).
Bizga ma‘lumki, mitoxondriyalar hujayraning energetik manbai bo‗lgan
organoidi bo‗lib hisoblanadi. Ular ko‗pincha ATF zarurati tug‗ilgan hujayralar
strukturasi yaqinida yoki o‗zlariga zarur bo‗lgan hujayra ―yoqilg‗i‖ manbai
yaqinida joylashadi. Faol ishlovchi muskul hujayralarida, masalan, hasharotlarning
uchish muskullari hujayralarida, miofibrillalar yaqinida to‗g‗ri qator bo‗lib
joylashadi. Ana shunday joylashishi tufayli bu mitoxondriyalarda hosil bo‗lgan
ATF molekulalari miofibrillaning elementlariga yetib borishi ta‘minlanadi
(Алматов, 1986).
Mitoxondriyalar o‗lchami va shakli hujayra tipiga bog‗liq holda kuchli
o‗zgarib turadi. Achitqi hujayralarida ularning shakli aylanaga yaqin, jigar
hujayralarida koptok shaklida, buyrak hujayralarida silindr shaklida, fibroplastlarda
esa ipsimon shakllarda bo‗ladi. Plastinkasimon va yulduzsimon mitoxondriyalar
ham uchrab turadi.
Hujayraning metobolitik holatiga ko‗ra, mitoxondriyaning shakli kabi hajmi
ham tez va birdaniga o‗zgarishga uchrashi mumkin. Mitoxondriyalar ko‗pincha
oxirlari bilan bir-biriga bog‗lanadi va uzun ipsimon struktura hosil qilib,
agregasiyalanadi. Bu borada kalamush jigari mitoxondriyalari kengroq o‗rganilgan
(Камбурова, 2001; Салиходжаева и др., 2002; Fiore et al., 2004; Чулиев, 2007).
7
Elektron mikroskoplarda olingan ma‘lumotlarga ko‗ra, intakt hujayralarda
ularning bo‗yi 2 mkm da yaqin bo‗lib, eni esa, 1 mkm atrofida bo‗ladi. Bundan
shunday xulosa qilish mumkinki, ular o‗z kattaliklari bilan bakteriyalarga teng
bo‗ladi (1-rasm).
Dostları ilə paylaş: