Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishni
bajarishdan asosiy maqsadimiz shuki, patologik holatlarning mitoxondriyalarga
ta‘sir mexanizmlarini, jumladan, toksik gepatit vaqtida mitoxondriyada (xususan,
ular membranasida) yuz beradigan salbiy o‗zgarishlarning mexanizmlarini ko‗p
yillar davomida bu borada olib borilgan ishlar yuzasidan tahliliy o‗rganishdan
iborat.
Shu munosabat bilan bitiruv malakaviy ishimizda maqsadga erishish uchun
quyidagi vazifalarni bajarishni rejalashtirib oldim:
Mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishish, tadqiqot metodlarini o‗rganish;
Kalamushlarda geliotrin va ССl
4
yordamida toksik gepatit modelini
chaqirilganda ularning jigar hujayralari membranasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar;
Sog‗lom va toksik gepatit sharoitida kalamush jigari mitoxondriyalari
membranasidagi fiziologik o‗zgarishlarni o‗rganish;
Bu borada olib borilgan tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish.
|