11
Muallaq dag‟al zarrachalar tabiiy suvlarda ko‟p miqdorda bo‟lib, suvning loyiqaligini oshiradi.
Tajribada loyiqalikni tiniqlik tushunchasi orqali belgilab, suvning tiniqligini aniqlash uchun 30 sm.
Li silindr idishga suv solinib, silindr tagiga qalinligi Yo mm bo‟lgan xarflar quyiladi. Yuqoridan
qaraganda shu xarflar aniq ko‟ringuncha suv qo‟shib boriladi. Harflarni suv ostidan sizish mumkin
bo‟lgan va mm da o‟lchangan balandlik suvning tiniqligini bildiradi. Suv tarkibidagi dag‟al
zarrachalar miqdorini aniqlash uchun ma„lum hajmdagi suv qolgan cho‟kma 105
0
С da quritilib,
tarozida tortiladi. Filtrning cho‟kma bilan va sof og‟irligi farqi suvdagi dag‟al zarrachalar miqdorini
bildiradi. Ular mg/l yoki g/m
3
larda o‟lchanadi. Bu zarrachalar miqdori bahor oylarida ko‟payib
suvning har metriga 500-800 mg gacha bo‟ladi.
Quruq qoldiq. Suvdagi organik va anorganik hamda kolloid birikmalarning umumiy miqdori
bilan belgalanadi. Quruq qoldiq tarkibiga suvdagi erigan gazlar, 100
0
S dan past xaroratda eriydigan
NSO‟
3
ioni, ammiyak NH
3
kabi moddalar kirmaydi. Quruq qoldiq miqdorini aniqlash uchun suvni
qog‟oz filtrdan o‟tkazilib, uni 110
0
S xaroratda bug‟lantirib, hosil bo‟lgan qoldiqni doimiy og‟irilikda
qolguncha shu xaroratda quritiladi.
Mineral qoldiq deganda suv tarkibidagi barcha kationlar, anionlar va oksidlarning umumiy
miqdori tushuniladi va mg/l da o‟lchanadi.
Dostları ilə paylaş: