O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»


 - Mavzu: Kirish. IES va IEM larning issiqlik chizmalari va ularda suvning ishlatilishi



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə3/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

1 - Mavzu: Kirish. IES va IEM larning issiqlik chizmalari va ularda suvning ishlatilishi. 
Reja:
1. IES larning ishonchli va samaradorli ishlashida suvning ahamiyati. 
2. Tabiiy suvlarning turlari. 
3. IES larda ishlatilayotgan suvlarning nomlanishi. 
Tayanch iboralar: suv, kondensat, xom suv, distillyat, Issiqlik elektr stantsiyasi, kimyoviy 
birikmalar, atmosfera suvi, qozon suvi. 
Adabiyotlar: 1, 2, 3,14 
1. IES larning ishonchli va samaradorli ishlashida suvning ahamiyati. 
Respublikamizda halq ho‟jaligini, sanoat tarmoqlarini elektr energiyasi bilan ta„minlashda
issiqlik elektr stantsiyalari (IES) va issiqlik elektr markazlari (IEM) asosiy manba hisoblanadi. Issiqlik
elektr stantsiyalari ishlab chiqaradigan energiya turlariga qarab, kondensatsion elektr stantsiyalariga
(KES) hamda issiqlik tarmoqli, turbinali elektr markazlariga (IEM) bo‟linadi.
KES larda faqat elektr energiyasi, IEM larida elektr energiyasi bilan bir qatorda sanoat
korxonalarni bug‟ bilan, shahar issiqlik tarmoqlarini issiq suv bilan ta„minlash ko‟zda tutiladi. Suv
issiqlik elektr stantsiyalarida elektr energiyasi hosil qilish ishlatiladigan bug‟ni olish uchun
ishlatiladigan asosiy texnologik xom ashyodir.

1-rasm. KES traktida suv aylanishining prinsipial sxemasi. 
1 – qozon qurilmasi, bug' generatori; 2 – kondensasion turbina; 3 – elektrogenerator; 4 – suv 
tayyorlash qurilmasi; 5 – turbina kondensatori; 6 – kondensat nasosi; 7 – blok tuzsizlantirish 
qurilmasi; 8 – past bosimli qizdirgich; 9 – deaerator; 10 – ta'minot nasosi; 11 – yuqori bosimli 
qizdirgich.



6

2 – rasm. IEM siklida suv aylanishining prinsipial sxemasi: 


1 – qozon; 2 – ishlab chiqarish va teplofikasiyaga bug' olinmali turbina; 3 – elektr generatori; 4 
– kondensator; 5 – kondensat nasosi; 6 – ishlab chiqarishdan qaytgan kondensatni tozalash qurilmasi; 
7 – deaerator; 8 – ta'minot nasosi; 9 – qo'shimcha suv qizdirgichi; 10 – suv tayyorlash qurilmasi; 11 – 
qaytgan kondensat nasoslari; 12 – qaytgan kondensat baklari; 13 – teplofikasion bug' iste'molchisi; 14 
– ishlab chiqarishli bug' iste'molchisi.
Suv sarfi stantsiyadagi bloklar soni va quvvatiga, hamda qanday yoqilg‟i ishlatilishiga bog‟liq
bo‟ladi. Respublikamizda 160, 200, 300, 800 MVt issiqlik elektr stantsiyalari mavjud. Issiqlik elektr
stantsiyalarining ishonchli va samaradorli ishlashi ishlatilayotgan suv va bug‟ning kimyoviy tarkibiga
va sifat ko‟rsatkichlariga bog‟liq. Ma„lumki, suv yaxshi erituvchi modda bo‟lganligi sababli, tarkibida
turli xil erigan, erimagan moddalar har xil miqdorda bo‟ladi. Suv tarkibida har xil kimyoviy moddalar
ko‟p bo‟lsa issiqlik o‟tkazuvchi yuzalarda shuncha ko‟p zang va qo‟yqa qatlamlar hosil bo‟ladi.
Quvur devorlarida hosil bo‟lgan qatlamlarning issiqlik o‟tkazuvchanligi metallnikiga nisbatan
kichik bo‟lganligi natijasida:
1. Quvurlar yuzasi torayib, issiqlik o‟tkazuvchanlik xususiyati va chidamliligi pasayadi.
2. Bug‟ qozonining bug‟ ishlab chiqarish quvvati kamayib, yoqilg‟i ortiqcha miqdorda
sarflanadi.
Agar qozon suvida har xil kremniy birikmalari va metall oksidlarining kontsentratsiyasi
me„yoridan ortiq bo‟lsa, bug‟ qozonida bug‟ olish jarayonida bu moddalarning bug‟ fazasiga o‟tishi
ko‟payib, turbina kuraklari va devorlarida zang va qatlamlar hosil qilib, bu turbina quvvatining keskin
kamayishiga va turbina parraklarining tez ishdan chiqishiga sabab bo‟ladi.
Issiqlik elektr stantsiyalarini sifatli suv bilan ta„minlashning asosiy vazifalari:
a) bug‟ hosil qiluvchi va qizdirilayotgan yuzalarda Kalsiy va magniy birikmalari, temir oksidlari
turbina kuraklarida mis, kremniy birikmalarining qatlamlari hosil bo‟lishini kamaytirish;
b) bug‟ va suv bilan muloqatda bo‟ladigan asosiy va qo‟shimcha uskunalarning hamda issiqlik
tarmoqlarining zanglashiga yo‟l qo‟ymaslik.
Suv tayyorlash jarayonida quyidagi talablar bajarilishi zarur:



7
a) kam harajat sarflab, suv va kondensatni ishlatish me„yorlari talabida tozalash;


b) suv tayyorlash jarayonida oqava suvlarning suv havzalariga qo‟shilishiga yo‟l quymaslik;
v) zamonaviy va arzon uskunalardan foydalanib suv tayyorlash qurilmalarining uzluksiz
ishlashini ta„minlash.
Issiqlik elektr stantsiyalarida suv quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
a) bug‟ qozonida va boshqa moslamalarda bug‟ olish uchun;
b) ishlatilgan bug‟ni turbina kondensatorida sovutish;
v) issiq suv ta„minoti, issiqlik tarmoqlarida issiqlik tashuvchi sifatida;
g) issiqlik elektr stantsiyasi sexlarida amalga oshiriladigan ishlarni suv bilan ta„minlashda.

Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin