О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

.
 
Tayanch iboralar: 
cho‟yan, oq cho‟yan, kulrang cho‟yan, bolg‟alanuvchan cho‟yan, juda 
puxta cho‟yan. 
Umumiy ma’lumot 
 
Temir-uglerod qotishmasi tarkibidagi uglerod miqdori 2,14% dan ko‟p bo‟lgan 
qotishmalar shartli ravishda 
cho’yanlar
deb ataladi. Cho‟yanlar tarkibida po‟lat tarkibiga 
qaraganda qo‟shimchalar (kremniy, marganes, fosfor, oltingugurt) ning miqdori ko‟p bo‟ladi. 
Shuning uchun cho‟yanning xossalari ana shu qo‟shimchalar miqdoriga bog‟liq bo‟ladi. 
Qotishma tarkibidagi uglerodning miqdori va shakli cho‟yan strukturasi va xossalarini 
belgilaydi, ana shunga qarab cho‟yanning turlari quyidagicha bo‟lishi mumkin: 1) agar uglerod 
qotishmada asosan kimyoviy birikma holida bo‟lsa, bunday qotishmalar 
oq cho’yanlar
deb 
ataladi; 2) agar qotishmada uglerod sof grafit holida bo‟lsa, grafitning shakliga qarab, qotishma 
kulrang

bolg’alanuvchan
va
 yuqori mustahkamlikka ega cho’yanlar
deyiladi. 
Cho‟yan tarkibidagi uglerod karbid (Fe
3
C), grafit (C) va qattiq eritma holatida bo‟ladi. 
Cho‟yanlar metall asosiga ko‟ra perlit, ferrit va perlit–ferrit strukturalarga ega bo‟lishi mumkin. 
 
Cho’yan xossalariga qo’shimcha elementlarning ta’siri 
Cho‟yanlarning oq yoki kul rang bo‟lishi, asosan, ular tarkibidagi qo‟shimcha 
elementlarning miqdoroga, bu elementlarning o‟zaro munosabatiga bog‟liq. Cho‟yanlarda 
doimo bo‟ladigan elementlar (C, Si, Mn, P va S) ning cho‟yan strukturasiga qanday ta‟sir etishi 
bilan tanishib chiqamiz. 
Uglerod.
Uglerod cho‟yan tarkibidagi muhim elementlardan biri bo‟lib, uning miqdori 
oddiy quyma cho‟yanlarda 3,2% dan 3,5% gacha, sifatli cho‟yanlarda esa 2,7% gacha yetadi. 
Cho‟yanda uglerod ikki xil ko‟rininshda: grafit ko‟rinishida, ya‟ni erkin holatda va kimyoviy 
birikma (Fe
3
C) – sementit ko‟rinishida bo‟ladi. Cho‟yanda uglerod qancha ko‟p bo‟lsa, grafit 
ajralib chiqishi ham shuncha ko‟p bo‟ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin