Kulrang cho‟yanning tarkibida uglerodning juda ko‟p qismi grafit tarzida bo‟ladi. Bu
cho‟yanning qolipga quyilish xossasi yuqori bo‟lganligi uchun u quymakorlik cho‟yani deb
ham ataladi.
Quymakorlik cho‟yanida
grafitning miqdori, shakli va o‟lchami keng chegarada
o‟zgarishi mumkin. Bu cho‟yanning asosiy tarkibi Fe-C-Si bo‟lsa ham, undagi qo‟shimchalar -
Mn, P va S uning xossalariga katta ta‟sir ko‟rsatadi. Grafitning shakli ko‟pincha buralgan
yaproq shaklida bo‟ladi.
Kulrang cho‟yanlarning o‟rtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha bo‟ladi: C = 2,4 –
3,88%; Si = 1,0 - 5,0%; Mn=0,5-0,8%; P=0,2-0,4%; S
0,12%. Bunday cho‟yandan
tayyorlangan quymaning strukturasi cho‟yanning kimyoviy tarkibi
hamda termik ishlash
usuliga bog‟liq.
Kulrang cho‟yanlar metall asosining tuzilishiga ko‟ra quyidagi turlarga bo‟linadi:
a)
Perlitli kulrang cho‟yan. Cho‟yanning bu turi ferrit bilan grafitdan iborat bo‟ladi;
b)
Ferritli kulrang cho‟yan. Cho‟yanning bu turi ferrit bilan grafikdan iborat;
v)
Ferrit-perlitli (yoki perlit-ferritli) kulrang cho‟yan. Cho‟yanning
bu turi ferrit,
perlit va grafitdan tarkib topgan bo‟ladi.
GOST 4832-86 ga muvofiq kulrang cho‟yan quymalarning quyidagi markalari
belgilangan: CЧ00, СЧ120, СЧ150, СЧ180, СЧ210, СЧ240, СЧ280, СЧ320, СЧ360, СЧ400
va boshqalar.
СЧ harflari kul rang cyo‟yan (серый чугун)
ekanligini, harfdan keyingi raqamlar
cyo‟yanning mustahkamlik chegarasini (MPa) bildiradi. СЧ00 cho‟yani sinab ko‟rilmaydi,
chunki u muhim bo‟lmagan detallarni tayyorlashda ishlatiladi. СЧ120 – СЧ210
markali
cho‟yanlar guruhining mustahkamligi uncha yuqori emas. Ular truba, fitinglar,
halqalar
tayyorlashda ishlatiladi, ularning qattiqligi 143 – 231 HB ga teng.
СЧ240 – СЧ440 markali cho‟yanlar mustahkamligi yuqori cho‟yanlarga kiradi, ularning
qattiqligi 170–260HB bo‟lib, staninalar,
shtamplar, maxoviklar tayyorlashda ishlatiladi. O‟ta
qattiq va mustahkam cho‟yanlarga СЧ550–СЧ650 markali cho‟yanlar kiradi; ulardan juda
muhim
buyumlar, chunonchi shesterniya, rama va hokazolar tayyorlashda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: