О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Bolg’alanuvchan cho’yanlar 
Oq cho‟yanni 950-970
0
C gacha 20-25 soat davomida sekin qizdirib, shu haroratda 10 … 
15 soat davomida tutib turish yo‟li bilan bolg‟alanuvchan cho‟yan olinadi. Bunda cho‟yan 
tarkibidagi sementit bodroqnusxa grafit hosil qilib parchalanadi. Yumshatish jarayonini 
tezlashtirish maqsadida suyuq cho‟yanga ba‟zida vismut yoki alyuminiy qo‟shilib, quyish 
oldidan harorat oshiriladi. 
Bolg‟alanuvchan cho‟yanlarning cho‟zilishdagi mustahkamlik chegarasi boshqa 
cho‟yanlarnikiga qaraganda yuqoriroq bo‟lib, u zarb kuchlari ta‟siriga va korroziyaga yaxshi 
qarshilik ko‟rsatadi. Bu cho‟yanni bolg‟alab bo‟lmaydi, “bolg‟alanuvchan cho‟yan” degan nom 
shartli bo‟lib, bu nom uning kul rang cho‟yanga qaraganda bir oz plastik bo‟lgani uchun 
berilgan. Bo‟lg‟alanuvchan cho‟yan ruscha atamasining bosh harflari (КЧ), cho‟zilishdagi 
mustahkamlik chegarasi (kg/mm
2
) hamda plastiklik (%) qiymatini qo‟yib markalanadi. 
Masalan, КЧ37-12, КЧ35-10, КЧ30-6, КЧ33-8, КЧ45-6, . . . .
Ferrit asosidagi КЧ37-12 va КЧ35-10 cho‟yanlar yuqori dinamik va statik kuchlar 
ta‟sirida muvaffaqiyatli ishlay oladi. Ulardan tezliklar qutisining g‟ilofi, gubchaklar kabi 
mashina qismlari tayyorlanadi. G‟iloflar, gayka, gaz ovozini hasaytiruvchi vositalar, muftalar 
kabi qismlar ko‟pincha КЧ30-6 va КЧ33-8 markali cho‟yanlardan tayyorlanadi. Ferritli 
bolg‟alanuvchan cho‟yanlarning qattiqligi 160 - 165 HB atrofida bo‟ladi.
Oq cho‟yanni yumshatish jarayonining grafitga parchlanish ikkinchi bosqichida uni tez sovitish 
bilan perlit asosidagi kul rang cho‟yan olinadi. Bu cho‟yanlarning qattiqligi 240-270 HB ga 
teng. 
 
Juda puxta cho’yanlar 


Juda puxta cho‟yanlarda oq cho‟yandagi sementitning parchalanishi natijasida hosil 
bo‟lgan grafit donachalarining shakli sharga yaqin bo‟ladi. Shuning uchun bunday cho‟yanlar 
yuqori plastiklikka ega bo‟lib, ularning mexanik xossalari po‟latning xossalariga yaqinlashadi. 
Grafitning shakli shar shakliga o‟tishi uchun suyuq metallga ishqoriy yoki ishqoriy-yer metallar 
(0,03–0,07% miqdorda) qo‟shiladi. Masalan, juda oz miqdorda (0,05%) magniy qo‟shilsa, grafit 
strukturasining shakli sharsimon bj‟ladi. 
Juda puxta cho‟yanlarning tarkibi quyidagicha bo‟ladi: C=2,7–3,6%; Si=1,6–2,7%; 
Mn=0,5-0,6%; P=S

0,1%. 
Bu cho‟yanlar ham kulrang cho‟yanlar kabi ruscha nomlarining bosh harflari ВЧ 
(высокопрочный чугун) bilan belgilanadi, so‟ngra cho‟zilishdagi mustahkamligi (birinchi 
ikkita son, kg/mm
2
) va nisbiy cho‟zilish qiymatlari (%) ko‟rsatiladi. Masalan, ВЧ 45-0; ВЧ 50-
1,5; ВЧ 60 – 2; ВЧ 45 – 5; ВЧ 40 – 10; . . .
Juda puxta cho‟yanlarning mustahkaligini yanada oshirish hamda barqarorlashtirish 
maqsadida ularga termik ishlov beriladi. Masalan, mustahkamlikni oshirish maqsadida ularga 
toblash bilan bir qatorda yuqori haroratlarda (500 – 600 
0
C) bo‟shatish beriladi. Ba‟zida 
grafitning shaklini yana mukammallashtirish uchun ularga yumshatish beriladi. Bu turdagi 
cho‟yanlarning plastikligi (

= 2 - 7%) va qattiqligi (HB = 150 - 360) ancha yuqori bo‟ladi. 
Juda puxta cho‟yanlardan avtomobil va traktorlarning tirsakli vallari, tishli g‟ildiraklar, 
muftalar, avtomobillarning ketingi ko‟priklari, karterlar kabi buyumlar quyib tayyorlanadi. Bu 
cho‟yanlarning qattiqligi 240-270 HB atrofida bo‟ladi. Ular avtomobilsozlikda, qishloq 
xo‟jaligi mashinalarining qismlari, to‟qimachilik sanoati uskunalari, ishqalanish, zarbiy hamda 
o‟zgaruvchan kuchlar ta‟sirida ishlaydigan vositalarni tayyorlashda ishlatiladi. 
15 - rasm. Cho‟yanlarning mikrostrukturalari, x500:

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin