О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Titan asosidagi qotishmalar.
Titan allotropik shakl о‟zgarishga ega, yuqori haroratda 
(882,5
0
С) α→β faza о‟zgarishi sodir bо‟ladi. Titanning β modifikatsiyasi markazlashgan kub 
yacheykaga ega. Toza titanning 298 ± 2 
0
K haroratdagi zichligi 4,505g/sm
3
ga, suyuqlanish 
harorati esa 1668,5 
0
C ga teng. 
Azot, uglerod, kislorod va vodorod elementlari titanning mustahkamligini oshiradi, 
ammo payvand chokni hosil qilish xususiyatlari hamda korroziyaga qarshiligini kamaytiradi. 
Ayniqsa vodorodning ta„siri juda yomon, uning ta„sirida gidridlar hosil bо‟lib, titan juda mо‟rt 
bо‟lib qoladi. Shuning uchun titan tarkibidgi vodorodning miqdori 0,015% dan kо‟p 
bо‟lmasligi kerak. 
Plastik deformatsiyalangan titan qotishmalari (ВT5, ВT5-1) ga 670-800 
0
C qayta 
kristallanish - yumshatish berilsa, ichki kuchlanishlar yо‟qolib, β-fazaning barqarorligi ortadi. 
Titan qotishmalari quyish uchun mо‟ljallangan (ВT5Л, ВT20Л, ВT21Л) yoki 
deformatsiyalanadigan (ВT5, ВT9, ВT16) turlarga bо‟linadi. Titan qotishmalarini mexanik 
xossalari bо‟yicha ham sinflarga bо‟lish mumkin: о‟rtacha va yuqori mustahkamlikka ega 
bо‟lgan, olovbardosh, yuqori plastiklikka ega bо‟lgan qotishmalar. Strukturasiga qarab titan 
qotishmalarini termik ishlash natijasida mustahkamligi oshadigan yoki oshmaydigan turlarga 
ham bо‟lish mumkin. 
Titan qotishmalari hozirgi vaqtda samolyotsozlikda, raketasozlikda, kemasozlikdagi 
javobgarligi katta bо‟lgan vositalarni yasashda juda qо‟l kelmoqda. Lekin titan 
qotishmalarining xossalarini yaxshilash bilan bog‟liq bо‟lgan muammolarning kо‟pi hali 
yechilgan emas. 
 
Antifriksion qotishmalar
Mashina va mexanizmlarda ishlatiladigan sirpanish podshipniklarning qismlarini 
tayyorlash uchun qо‟llaniladigan qotishmalar podshipnikbop yoki 
antifriktsion qotishmalar 
deb ataladi. 
Antifriktsion materiallar sifatida kulrang chо‟yan, qalayli va qо‟rg‟oshinli bronzalar, 
kukunsimon materiallar va babbitlar ishlatiladi. 
Podshipniklar uchun antifriktsion kulrang chо‟yanning AСЧ1, AСЧ2 markalaridan 
foydalaniladi. Ammo, pо‟lat-cho‟yan juftida ishqalanish koeffitsienti ancha katta bо‟lganligi 
uchun chо‟yan vkladishlar tezyurar mashinalarda ishlatilmaydi. 
Og‟ir sharoitda ishlaydigan podshipniklar uchun bronza vkladishlardan foydalanish mumkin. 
Buning uchun Бр.OСЦ4-4-4, Бр.С30, Бр.OФ6,5-1,5 markali bronzalar ishlatiladi. 
Val yoki о‟q buynining imkoni boricha kam yeyilishi talab etilsa, oson suyuqlanuvchan (oq) 
antifriktsion qotishmalar - 
babbitlar 
ishlatiladi. Babbitlar podshipnikning ichki qismiga 
quyiladi. 34-rasmda Б83 markali babbitning mikrostrukturasi tasvirlangan. 
Oq antifriktsion qotishmalar - Pb-Sn-Sb, Sn-Sb, Pb-Sb tizimlaridagi qotishmalardir. 


20 - rasm. Б83 markali babbitning mikrostrukturasi, x500. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin