19 - rasm. a) dyuralyuminiy va b) siluminning mikrostrukturalari, x500.
Magniy va titan qotishmalari
Magniy juda yengil metall bо‟lib, och kulrang ko‟rinishga ega, uning zichligi esa 1,74
g/sm
3
ga teng. Geksogonal kristall panjaraga ega bо‟lib, kimyoviy faolligi katta, hatto havoda
о‟z-о‟zidan yonadi. Texnik tozalikka ega bо‟lgan magniyning uchta markasi ma„lum: Mg 90
(99,90% Mg), Mg 95 (99,95% Mg) va Mg 96 (99,96 % Mg).
Quyma magniyning mexanik xossalari quyidagicha: ζ
b
=115 MPa; ζ
0,2
=25 MPa; δ=8%,
НВ=110 MPa.
Deformatsiyalangan (presslangan chiviq) magniyning mexanik xossalari esa
quyidagicha: ζ
b
=200MПa; ζ
0,2
=90 MПa; δ=11,5%, НВ=40 MПa.
Magniyning Al, Zn, Mn, Zr bilan hosil qilgan qotishmalari ma„lum.
Magniy
qotishmalarining holat diagrammalari alyuminiy qotishmalarinikiga о‟xshash bо‟ladi, ular ham
deformatsiyalanadigan va quyma qotishmalarga bо‟linadi. Shuning uchun termik ishlov
turkumlari alyuminiy qotishmalariga beriladigan termik ishlash turkumiga о‟xshash. Magniy
qotishmalariga toblash va eskirtirish berilgandan keyin mustahkamlik bir oz oshadi.
Qotishmalarni toblash uchun 380…420
0
C, eskirtirish uchun esa 200…300
0
C gacha qizdiriladi.
Magniy qotishmalarini termik ishlash
xususiyati shundan iboratki, ularni diffuzion
jarayon sekin borganligi uchun, toblash haroratida ko
proq (4…24 soat) ushlab turishga tug‟ri
keladi. Eskirtirish haroratida ham uzoq vaqt (16…24 soat) ushlab turiladi.
Buning natijasida
deformatsiyalangan qotishmaning ζ
b
kо‟rsatkichi 10…30% va quyma qotishmaniki 30…60%
ga oshadi.
Magniy qotishmalaridan avtomashina,
samolyot, yigiruv va tо‟qimachilik dastgohlari
vositalarini tayyorlashda keng qо‟llaniladi.
Dostları ilə paylaş: