Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q
Qalay, qо’rg’oshin va rux asosidagi antifriktsion qotishmalar. Ilgaridan qо‟llanilib
kelayotgan qalay va qо‟rg‟oshin asosida olinadigan qotishmalar (babbitlar) dan og‟ir yuklangan
mashinalar podshipniklarining yeyiluvchi qismi (vkladishlar) quyiladi. Maxsus xossalarga ega
bо‟lish uchun babbitlar tarkibiga legirlovchi qо‟shimchalar kiritiladi. Masalan, mis qattiqlik va
zarbiy qovushoqlikni, nikel qovushoqlik, qattiqlik, ishkalanishdagi yemirilishga bardoshlilikni,
kadmiy elementi mustahkamlik va korroziyabardoshlilikni, surma esa mustahkamlikni oshiradi.
Yuqori antifriktsion xossalarga ega bо‟lgan babbitlarning asosi α-qattiq eritma bо‟lib,
uning tarkibida qattiq qo‟shimchalar sifatida intermetallidlar SnSb bо‟ladi. Bunday qotishmalar
yuqori tezlik va katta kuch ta„siri ostida (V=50 m/s, R=10…20 MPa, РV=(50…75)MPa∙м/с)
ishlaydigan ishqalanish juftlarini yaratishda qо‟llaniladi. Masalan, ulardan og‟ir yuk
kо‟taradigan mashinalar, yuqori quvvatli bug‟ turbinalari va nasoslarning ishqalanish juftlari
tayyorlanadi. Avtomobil, qishloq xо‟jaligi texnikasida hamda shunga о‟xshash mashinalarda
(V=30 m/s, R=90 MPa) qо‟rg‟oshinli babbitlar keng qо‟llaniladi (Б16, Б21, БS6).
Babbitlardan tayyorlanadigan podshipniklar bimetall holda, ya„ni qattiq asosga yupqa
babbit qatlamini quyib olinadi. Shuning uchun bunday podshipniklarning ishlash qobiliyati
babbit qatlamining qalinligiga bog‟liq: qatlam qancha kichik bо‟lsa, podshipnik shuncha yaxshi
ishlaydi. Katta bо‟lmagan tezlikda va kuchlanishda ishlaydigan podshipniklar rux asosidagi
babbitlardan tayyorlanadi. (V≤3 m/s; Р≤20MПa). Bu qotishmalar tarkibida asosiy legirlovchi
elementlardan tashkari boshqa elementlar ham bо‟lishi mumkin. Masalan, ЦAM10-5 va
ЦAM9,5-1,5 larda alyuminiy va misdan tashqari 0,03…0,06 % Mg ham bо‟ladi. Ulardan
kuyish usuli bilan bir butun (monolit) vkladishlar olinadi.
ЦAM,5-1,5 dan pо‟lat va alyuminiy qotishmalari bilan birgalikda juvalash usuli bilan
kо‟p qatlamli (bimetallar)
kompozitlar olinadi. Sо‟ngra ulardan shtamplash usuli bilan ishchi
qism - vkladishlar tayyorlanadi.
Texnika alyuminiy asosidagi antifriktsion (podshipnik) qotishmalari ham ishlatiladi
(ГОСТ 14113-78). Ularning tarkibida Sn (2…4% dan 17…23% gacha), Cu (0.8…1.2% dan
2,0…5% gacha). Ni (0,3…0,5% dan 2,7…3,3% gacha) va Si (0,3…0,7% dan 1,7…2,0%
gacha) bо‟ladi.