О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Metal kukunlaridan zagotovkalar tayyorlash va ularga qo’yiladigan talablar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

 
Metal kukunlaridan zagotovkalar tayyorlash va ularga qo’yiladigan talablar 
Kukunlardan zagovatka va buyumlarni shakllantirish asosan bir yoki ikki tomonlama 
mundshtukli presslash yuli bilan amalgam oshiriladi. Presslash kukunning tarkibi va 
buyumning vazifasiga qarab, gidravlik yoki mexanik presslarda 150-800 МPа bosim ostida 
amalga oshiriladi. 
Ma‟lum tarkibli kukun materialni maxsus pressformalarga solib presslash natijasida detal 
o‟lchamlaridan bir oz kattaroq va nisbatan puxta bo‟lmagan briket olinadi. Odatda, kukun 


materiallarni aralashtirishda presslashni osonlashtirish, briketning puxtaligini orttirish uchun 
unga parafin, stearin, kauchikning benzindagi eritmalari qo‟shiladi. 
Oddiy shakldagi buyimlar bir tomonlama presslovchi presslarda, murakkab shaklli 
zagotovkalar ajraluvchi pressformalarda presslanadi. 
Metallokeramik detallarni tayyorlash texnalogiyasi, foydalaniladigan materiallarning 
xususiyatiga ko‟ra detallar konistruksiyasi quyidagi asosiy talablarga rioya qilingan holda 
belgilanmog‟i lozim: 
1.
Detallar devorlarining qalinliklari keskin o‟zgarmasliklari; 
2.
Detallarda uzun ortiqlar, tor uzun ariqchalar, o‟tkir bo‟rchakli o‟tishlar bo‟lmasligi; 
3.
Presllash o‟qiga tik teshiklar, ariqchalar bo‟lmasligi; 
 
Metall-keramik qattiq qotishmalar 
Metal-keramik qotishmalar deb atalishiga sabab, ular metallardan tashkil topgan, lekin 
ularni tayyorlash usuli keramik buyumlar (sopal va chinni) tayyorlash texnologiysini eslatadi. 
Qattiq qotishmalarining asosiy qismi plastinkalar ko‟rinishida ishlab chiqariladi va ular metall 
qirquvchi asboblarning dastalariga (keskich, parma, freza, razvyortkalarga) kavsharlash usuli 
yoki mexanik mahkamlash yo‟li bilan yopishtiriladi. 
Oldin qayd qilib o‟tilganidek, tarkibiga ko‟ra volframli, titan-volframli va titan-tantal-
volframli qattiq qotishmalar bo‟ladi. Volframli qattiq qotishmalar (BK3, BK3M, BK6, BK8, 
BK8B) cho‟yan, bronza, chinni, shisha kabi mo‟rt materiallarga ishlov berishda ishlatiladi. 
Oqartirilgan cho‟yan, otashbardosh po‟lat, plastmassalarga xomaki va tozalab ishlov berish 
uchun kesuvchi asbobga BK6M qotishmasi yopishtiriladi. Quduqlar parmalaydigan iskanalar, 
otashbardosh po‟latlarni cho‟zish va xomaki ishlov berishda ishlatiladigan asboblarga BK8B 
qotishmasi yopishtiriladi. 
Titan-vol‟framli qattiq qotishmalar (T5K10, T15K6, T30K4 va hokazolar) po‟lat, latun 
kabi qovishoq materiallarga ishlov berish uchun mo‟ljangan. Masalan, yo‟nib xomaki ishlov 
berish asboblariga, po‟latlarning kuygan sirtini tozalab randalash (shtamplab tayyorlangan 
zagotovkalar va quymalar) asboblariga T5K10 qotishmasi yopishtiriladi. T15K6 va T30K4 
qotishmalari esa qisman tozalab va tozalab berishda qo‟llaniladi. 
Titan-tantal-vol‟framli qattiq qotishmalar po‟lat pokovkalarga xomaki ishlov berishda 
ishlatiladi. TT7K12 va TT10K8B qotishmalarining egilishga mustahkamligi (

eg

1550MPa) 
titan-tantal-volfiramli qotishmalarnikidan katta. 
Mayda donali yuqori kobaltli BK20, BK25, BK30 qotishmalar va yirik donali BK15V, 
BK20V, BK25V kabi yangi qotishmalarning mustahkamligi va zarbiy qovushoqligi yuqori 
bo‟lganligidan katta zarbiy yuklanish tushadigan sharoitda ishlaydigan qattiq qotishmali 
shtamplar tayyorlashda ishlatiladi. 
Yuqorida qayd qilingan shtamplarning chidamliligi po‟lat shtamplarnikiga qaraganda 30-50 
marta ortadi, bu esa katta iqtisodiy samara beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin