22 - rasm. Austenitning izotermik
parchalanish diagrammasi
.
Shakldan kо‟rinadiki, 800
0
C gacha qizdirilgan austenit taxminan 700
0
C gacha tez
sovitilib, shu haroratda tutib turilsa, u perlitga aylanadi, ya„ni ferrit bilan sementitning mexanik
aralashmasi hosil bо‟ladi. Austenit taxminan 630
0
C gacha 60-70 grad/s
tezlik bilan uzluksiz
о‟ta sovitilib va shu haroratda tutib turilganda ham austenit perlitga aylanadi,
ammo bu
perlitning donalari 700
0
C da hosil bо‟lgan perlitnikidan mayda, qattiqligi ancha yuqori bо‟ladi
(НВ = 380-400). Bunday perlit
sorbit
deb ataladi.
Austenit taxminan 500
0
C gacha (80 - 100 grad/s) tezlikda о‟ta sovitilib,
shu haroratda tutib
turilsa, donalari sorbitnikidan ham mayda perlit hosil bо‟ladi. Bu perlit
troostit
deb ataladi.
Troostitning qattiqligi НВ = 390-400 oralig‟ida bо‟ladi.
Demak perlit, sorbit, troostit strukturalarining barchasi ferrit-sementit
aralashmasidan
iborat bо‟lib, ular bir-biridan donalari о‟lchamlari bilan farqlanadi (23- rasm).
23 - rasm. a) perlit (x500), b) sorbit (x500), v) troostit (x10 000) strukturalari.
Austenit 150
0
C/s tezlik bilan suvda sovitilsa parchalanishga ulgurmaydi. Sovish tezligi
katta bо‟lganda diffuzion jarayonlar to‟xtaydi,
lekin
γ→α
polimorf о‟zgarish sodir bо‟ladi.
Natijada austenitda erigan hamma uglerod ferritda qolib, tо‟yingan qattiq eritma hosil bо‟ladi.
Harorat taxminan 240
0
C ga tushganda austenit
Dostları ilə paylaş: