donalaridan, evtektoiddan keyingi pо‟latlar esa perlit donalari bilan sementitdan iborat. Termik
ishlaganda pо‟latni qizdirishdan maqsad - unda austenit strukturasini hosil qilishdir.
21 - rasm. Fe-Fe
3
C holat diagrammasining pastki chap (po‟latlarga oid) qismi.
Pо‟lat qizdirila borganda unda sodir bо‟ladigan о‟zgarishlar bilan tanishamiz.
Evtektoiddan oldingi, masalan, tarkibida 0,4%
uglerod bо‟lgan pо‟lat (21 - rasm, 1-1)
qizdirilganda
а
(Ас
1
) nuqtada perlit
austenitga aylana boshlaydi, ferrit esa о‟zgarmaydi,
а
nuqtadan
в
nuqtaga tomon ferrit austenitda eriy boradi,
harorat
в
nuqtaga yetgach (Ас
3
),
ferritning juda kо‟p qismi austenitda erigan bо‟ladi.
в
nuqtadan yuqorida esa pо‟lat faqat
austenitdan iborat bо‟ladi. Ferritning hammasini austenitda eritish va austenit strukturasini bir
jinsli qilish uchun pо‟latni kritik nuqtadan yuqoriroq haroratgacha
qizdirish va shu haroratda
ma„lum vaqt tutib turish kerak. Pо‟lat kritik nuqtadan qanchalik yuqori haroratgacha qizdirilsa,
shu haroratda tutib turish vaqti shunchalik qisqa bо‟ladi. Ammo, harorat kо‟tarilaversa, austenit
donalari yiriklasha boradi, pо‟lat sovitilganda hamma donalar yirikligicha qoladi. Pо‟latni
termik ishlashda esa hamma vaqt pо‟lat donalarini maydalashga harakat qilinadi, chunki mayda
donali pо‟latning mexanik xossalari yirik donali pо‟latnikidan ancha yaxshi bо‟ladi.
Endi, evtektoiddan keyingi pо‟latlar qizdirilganda ularda bо‟ladigan о‟zgarishlarni kо‟rib
chiqaylik. Misol tariqasida tarkibida 1,2 % uglerod bо‟lgan pо‟latni olamiz (21 - rasm, II-II).
Bu pо‟lat qizdirilganda
Dostları ilə paylaş: