Payvand choklarda uchraydigan asosiy nuqsonlar Payvandlash birikmalarning puxtaligini pasaytiradigan nuqsonlar xilma-xildir, ularni
tashqi va ichki nuqsonlarga ajratish mumkin.
asosiy tashqi nuqsonlarga chokning eni va balandligi bo‟yicha talabdan chetga chiqishi,
chuqurchalar, tob tashlash, chok yoni metalining kertilishi, tashqi darzlar, chala chok, toshma
va boshqalar kiradi;
asosiy ichki nuqsonlarga g‟ovaklar, ichki darzlar, bo‟sh bog‟langan choklar va
boshqalar kiradi.
Ayrim nuqsonlarning hosil bo‟lish sabablari bilan tanishamiz:
a)
Chala payvand. Asosiy metal bilan chok metallining ba‟zi joylarida
payvandlanmay qolgan joy
chala payvand deb ataladi. Chala payvand ko‟p uchraydigan va juda
xavfli nuqson, shuning uchun uni butunlay o‟yib tashlab qayta payvandlash kerak;
b)
G’ovaklar . G‟ovaklar suyuq metall qotayotganda erigan gazlarning (ayniqsa,
vodorod va azot) to‟la ajralib chiqmasligi sababi hosil bo‟ladi. G‟ovaklanishiga asosiy sabab
elektrod qoplamasining namligi yoki gorelka alangasining noto‟g‟ri rostlanganligidir;
c)
Toshma. Elektrod yoki chokban simning asosiy metall yuzasi hali etarli
darajada qizimasdan unga suyuqlanib tushishi yoki payvandlash metallining ortiqcha bo‟lishi
natijasida u tosha boshlaydi. Toshmalarni o‟yib tashlab, payvand chokda chala bor yoki yo‟qligi
tekshirilib ko‟riladi.
Takrorlash uchun savollar: 1.
Payvandlash deb nimaga aytiladi?
2.
Payvandlashning qfnday turlarini bilasiz?
3.
Payvandlashning qfnday afzalliklari bor?
4.
Payvand birikmalar va choklarning qanday turlari mavjud?
5.
Payvand choklarda qanday nuqsonlar kuzatilishi mumkin?
16.2. Elektr yoyi bilan payvandlash Reja: 1.
Elektr yoyi, yonining issiqlik xarakteristikasi.
2.
Elektr yoynita‟minlovchi manbalar.
3.
payvandlash elektrodlari.
4.
elektr yoy yordamida payvandlash usullari