7. Moylash – sovitish suyuqliklari 1)
Keskichning qizishini kamaytirish va ishlash muddatini oshirish uchun, keskich
maxsus suyuqlik bilan sovitib turiladi. Sovituvchi suyuqlik sifatida, ba„zan, sovunli va
sodali suvdan foydalaniladi. Emulsiyalar emulsolning suvdagi 1,5% dan 10% gacha
bo‟lgan eritmasi tarzida ishlatiladi. Tozalab yo‟nish yoki pardozlash ishlarida maxsus
usulda ishlov berilgan va sulfofrezollar (oltingugurt qo‟shilgan moylar – oltingugurt
bilan mineral moylar aralashmasi) deb ataladigan mineral moylardan foydalaniladi.
2)
Sovutish yaxshi natijalar berish uchun, quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
3)
Sovutuvchi suyuqlik o‟rta hisob bilan 10...12 m/min miqdorida oqizilishi kerak;
4)
Sovutuvchi suyuqlik oqimini yo‟nilayotgan detaldan qirindi ajralib chiqayotgan
joyga yuborish kerak, chunki eng ko‟p issiqlik detallning ana shu joyida hosil bo‟ladi;
5)
Sovutuvchi suyuqlik kesish jarayonining boshlanishi bilan bir vaqtda berilishi
kerak, suyuqlik bir qadar vaqt o‟tgandan keyin berilsa, qattiq qizib ketgan keskichda
birdaniga sovish natijasida yoriqlar hosil bo‟lishi mumkin.
8. Metallarni kesib ishlashda vujudga keladigan titrash Kesish jarayonida SMAD (stanok – moslama – asbob - detal) tizimida tebranish xarakatlari
paydo bo‟ladi. Agar bu tebranishlar sezilarli bo‟lmasa, ular metall kesish stanogiga va
yo‟nilayotgan detallga uncha ta„sir etmaydi. Ammo kesish jarayonida shunday sharoit ham
vujudga keladiki, bunda stanok, asbob va yo‟nilayotgan zagatovka sezilarli darajada tebranadi.
Titrashning zarari shundan iboratki, u kesuvchi asboblarning yeyilishini kuchaytiradi. Titrashga
sabab bo‟ladigan kesish rejimlarida ishlovchi stanoklarning birikmalari buziladi, yeyiladi va
ishdan chiqadi. Yo‟nilgan yuzaning sifati yomonlashadi, notekis va g‟adir – budur bo‟lib
qoladi. Tebranishlar vertikal tekislikda ham gorizontal tekislikda ham yoki bir vaqtning o‟zida
ikkala yo‟nalishda ham hosil bo‟lishi mumkin. Vertikal tekislikdagi tebranish odatda,
keskichning titrashi, gorizantal tekislikdagi tebranish esa yo‟nilayotgan zagatovkaning titrashi
hisobiga vujudga keladi. Agar kesuvchi asbob bilan zagatovka bir vaqtda titrasa tebranish ikki
tekislikda sodir bo‟ladi. Titrash tashqi muhit ta„siri ostida ham vujudga kelishi mumkin, bu
majburiy tebranishlardir. Metall kesish stanoklarida ishlashda titrashga qarshi kurashning
quyidagi choralari ko‟riladi:
1.
SMAD tizimining bikrligi oshiriladi;
2.
Stanoklarning tez aylanuvchi qismlari aniq muvozanatga keltiriladi;
3.
Zagatovkalar o‟rnatiladigan moslamalar bikr qilinadi, maxkamlash elementlari imkoni
boricha qisqaroq chiqariladi;
4.
Stanokning yo‟naltiruvchi qismlaridagi va podshipniklardagi tirqishlar yo‟l qo‟yiladigan
darajaga keltiriladi;
5.
Stanoklar fundamentga to‟g‟ri o‟rnatiladi va ular qo‟shni stanoklardan izolyatsiya qilinadi;
6.
Kesuvchi asboblar, patron kulochoklari, lyunet kulochoklari va shu kabilar to‟g‟ri
o‟rnatiladi va mahkamlanadi.