О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Kesuvchi asboblarning yeyilishi va yeyilishning yul qo’yiladigan qiymatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

6. Kesuvchi asboblarning yeyilishi va yeyilishning yul qo’yiladigan qiymatlari 
Kesish jarayonida kesuvchi asbobga yo‟niladigan zagatovka va qirindi ta„sir etadi. 
Chiqayotgan qirindi ta„sirida kesuvchi asbobning oldingi yuzasi ham, ketingi yuzalari ham 
kesish yuzasiga va zagatovkaning yo‟nilgan yuzasiga ishqalanishi natijasida yeyiladi. Yeyilish 
harakteri asbob va zagatovka materiallarining fizik-mexanikaviy xossalariga va struktura 
holatiga, kirish tezligiga, kesish sohasidagi haroratga va boshqa omillarga bog‟liq bo‟lib, bu 
omillar yeyilish asbobining o‟tmaslashuviga olib kelishi mumkin va bunday asbob bilan ishlash 
mumkin bo‟lmaydi. Asbobning kesish xossalari charxlab tiklanadi. Kesuvchi asbob 
chiqayotgan qirindining oldingi va ketingi qirralariga ishqalanishi, asbob materialining plastik 
deformatsiyalanishi va uvalanishi natijasida yeyiladi. Ishqalanish asosiy xodisa bo‟lib,
kesuvchi 
barcha asboblarda o‟tkaziladi. Kesuvchi asbob materialining plastik 
deformatsiyalanish kamdan – kam uchraydi. Uglerodli va legirlangan asbobsozlik po‟latlardan 
hamda tezkesar po‟latlardan yasalgan kesuvchi asboblar juda oz uvalanadi. Metallokeramik va 
mineralokeramik qattiq qotishma plastinkalari. kovsharlangan kesuvchi asboblar uvalanishga 
moyil bo‟ladi. Kesish rejimlarining qiymatlariga qarab, keskichda turli xil yeyilishlar sodir 
bo‟ladi Ketingi yuza, oldingi yuza va bir vaqtning o‟zida ketingi va oldingi yuzalar yeyilishi 
mumkin. 
a) ketingi yuzaning yeyilishi ketingi burchak nolga teng bo‟lgan maydonchaning balandligi 
hk bilan xarakterlanadi (48-rasm). Kesib olinadigan qatlamning qalinligi 0,15 mm dan ortiq 
bo‟lmaganda va sovitish – moylash suyuqligi ishlatilganda kesuvchi asbobning ketingi yuzasi 
yeyiladi. Bu holda kesib olinadigan qatlam asbobning ketingi yuzasiga tor maydonchadan 
asbobning kesuvchi qirrasi bo‟ylab urinadi va asbobning oldingi yuzasi deyarli yeyilmaydi 
(tozalab yo‟nuvchi keskichlar, protyajkaflar, razvertkalar va boshqalarda shunday yeyiladi). 
b) oldingi yuzaning yeyilishi chuqurchaning chuqurligi hr va eni V bilan xarakterlanadi (49-
rasm). 
48-rasm 49-rasm 50-rasm 
Kesib olinadigan qatlam qalinligi 0,5 mm dan ortiq, kesish tezligi katta bo‟lib, sovitish moylash 
suyuqligi ishlatilmagan hollarda kesuvchi asbobning oldingi yuzasida yeyilish kuzatiladi 
(keskichlar, torets frezalar va boshqalarda shunday yeyiladi). 
v) kesuvchi asbobning bir vaqtning o‟zida ham ketingi yuzasida, ham oldingi yuzasida 
yeyilganda uning oldingi yuzasida chuqurcha, ketingi yuzasida esa yo‟l hosil bo‟ladi (50-shakl). 
Bu tur yeyilish kesish qalinligi 0,1...0,5 mm bo‟lganda kuzatiladi. Yeyilish natijasida 
peremichka eni f nolga yetganda yeyilgan ketingi va oldingi kontakt maydonchalar tutashib 
kesish jarayoni yomonlashadi. Barcha tur yeyilishlarda kesuvchi qirraning yumaloqlanish 
radiusi oshishi hisobiga ham asbob o‟tmaslanadi. Kesuvchi asbob to‟g‟ri charxlangandan keyin 
kesuvchi qirraning yumaloqlanish radiusi 0,005...0,008 mm atrofida bo‟ladi. Ammo asbob 


o‟tmaslana borgan sari tezkesar po‟latdan yasalgan asboblarda bu radius 0,015 mm ga, qattiq 
qotishma plastinkasi kovsharldangan keskichlarda esa 0,04 mm ga yetadi. 
Ketingi yuza bo‟ylab yeyilishning yo‟l qo‟yiladigan miqdori (h
к
) qattiq qotishma 
plastinkali tokarli keskichlar uchun 0,08...1,4 mm ni, keskichlar po‟latdan yasalib sovitib 
turiladigan keskichlar uchun esa 0,3..0,5 mm ni, tezkesar po‟latdan yasalgan parmalar uchun 
1,0...1,2 mm ni tashkil etadi. 
Silindrik frezalar uchun h
к 
= 0,15...0,6 mm ni, po‟latni xomaki frezalashda 0,4...0,6 mm 
ni, tozalab frezalashda 0,15...0,25 mm ni, uglerodli asbobsozlik po‟latidan yasalgan razvertkalar 
uchun 0,6...0,8 mm dan oshmasligi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin