7. Metallarni oshirilgan surishlar bilan kesib ishlash Metall kesish stanoklari yuqori kesish tezliklari bilan ishlashga hamma vaqt imkon
beravermaydi, stanoklarni (takomillashtirish) esa stanok uzellari konstruktsiyasini o‟zgartirishni
(stanokni kuchsiz zvenolarini puxtaligini, shpindel aylanishlar sonini oshirish va boshqalarni)
talab qiladi, bu esa kattagina xarajatlar bilan bog‟liqdir. Metallarni kesib ishlash unumini
nisbatan katta bo‟lmagan kesish tezliklarida surish qiymatini oshirish hisobiga ko‟tarish
mumkin. V.A.Kolesov loyihalagan utuvchi maxsus keskichni joriy qilish tajribasi chala tozalab
yuunishda surishning odatdagi qiymati 0,1...0,6 mm/ayl. Urniga 1...5 mm/ayl. qiymatidan
foydalanishga imkon berdi, bundan bir vaqtning o‟zida ham tozalab, ham xomaki yo‟nish ishi
bajariladi, chunki yo‟nilgan yuzaning g‟adir - budurligi (tozaligi) 60...150 m/min tezlik bilan
yo‟nishda R
a
= 2,5...6,3 mkm atrofida g‟adir – budurlik qiymatini ta„minlaydi. Buning sababi
shuki, keskichda yordamchi kesuvchi qirra (1,1...1,2) ∙ S uzunlikda stanok-ning markazlari
chizig‟iga parallel xolda
1
= 0
0
qilib charxlanadi, bu esa yordamchi kesuvchi qirrani
yo‟nilayotgan zagatovka yuzasidan g‟adir – budurliklarni kesib utishiga imkon beradi, bu bilan
yo‟nilgan yuzaning tozaligi ortadi. Xomaki va tozalab yo‟nishni birlashtirish va surish
qiymatini oshirish mehnat unumini keskin ravishda oshiradi.
O‟z – o‟zini tekshirish uchun savollar 1.
Kesish jarayonida keskichga qanday kuchlar ta„sir etadi?
2.
Kesish kuchi keskichga qanday ta„sir etadi va qanday aniqlanadi?
3.
Kesish kuchining kattaligiga qanday omillar ta„sir etadi?
4.
Kesish jarayoniga sarflanadigan effektiv quvvat qanday aniqlanadi?
5.
Aylantiruvchi moment qiymati qaysi formula orqali topiladi?
6.
Zagatovkani keskich bilan yo‟nishda kesish tezligini qiymatiga qanday omillar ta„sir
etadi?
7.
Yo‟nishda kesish tezligi qanday formula asosida topiladi?
8.
Kesish rejimi qanday tarzda tanlab olinadi?
9.
Kesib ishlashning qanday yuqori unumli usullarini bilasiz?
10.
Metallarni kesib ishlash unumini nimalar qiymatini oshirishg hisobiga ko‟tarish
mumkin?