Ariqcha yo‟nish keskichlari
kundalang surish yo‟li bilan halqasimon ariqchalar ochish uchun
ishlatiladi; keskich
kesuvchi qirasining eni, ko‟pincha ochiladigan ariiqcha eniga teng qilib
olinadi.
Kesib tushirish keskichlari
zagatovka yoki detallarni kesib tushirish uchun ishlatiladi.
Galtel keskichlari
galtellar (pog‟onali valning bir diametridan ikkinchi diametriga o‟tish
joylari) yo‟nish uchun ishlatiladi.
Fason keskichlari
ko‟ndalang surish yo‟li bilan shakldor yuzalar yo‟nish uchun mo‟ljallangan.
Keskich kesuvchi qismining profili detalning yo‟niladigan shakldor
yuzasi profiliga mos
bo‟ladi.
Rezba keskichlari
sirtqi va ichki rezbalar qirqish uchun ishlatiladi.
Yo‟nib kengaytirish keskichlari
zagatovkalardan ochiq va yopiq teshiklarning
ichki yuzalarni
yo‟nib kengaytirish uchun mo‟ljallangan.
4. Tokarlik stanogining kerak-yaroqlari
Stanok ishlab chiqaruvchi zavod stanokga qo‟shimcha ravishda markaz, patron,
planshayba, lyunet va opravka hamda boshqa kerak-yaroqlar qo‟shib beradi.
Ayrim ishlarni
bajarishda bu moslamalardan foydalanish, ishlov
ish unumini, sifatini oshirish.
Markazlar
.
U o‟rnatilishi joyiga ko‟ra oldingi va ketingi babkalr markazlariga bo‟linadi va
zagatovkalarni ishlashda ularni siqib ko‟tarib turish uchun hizmat qiladi. Ularning quyidagi
asosiy (xillari) bo‟ladi:
а)
Dostları ilə paylaş: