normal markaz – undan og‟ir zagatovkalarni ishlashda foydalaniladi;
b)
teskari markaz – bundan uchi konussimon zagatovkalarni ishlashda foydalaniladi;
v)
kesik markazi – undan torets yuzlarni ishlashda foydalaniladi;
g)
sharsimon uchli markaz – undan ketingi babka markazini siljitish konussimon yuzalar
yo‟nishda foydalaniladi;
e)
aylanuvchi markaz – undan zagatovkaning markaziy teshigi bilan ketingi babka markazining
ishqalanishini kamaytirishi foydalaniladi.
Patron. Uzunligi diametridan kichik bo‟lgan zagatovkalarni siqib, kesib ishlashda patrondan
foydalaniladi. Ularning quyidagi asosiy xillari bo‟ladi:
a) o‟zi markazlovchi uch kulochokli patron;
b) to‟g‟ri kulachokli patron;
v) tsangali patron;
g) pnevmatik patron;
Planshayba . Bu moslama disk shaklida bo‟lib, shpindelga patron o‟rniga burab qo‟yiladi.
Uning radial pazlariga zagatovkaning plankali mahkamlash boltlari kiygiziladi. Bu xil
moslamalardan agatovkalarni kulachokli patronlarga o‟rnatib kesib ishlash mumkin bo‟lmagan
hollarda foydalaniladi.
Lyunet. Lyunetlar konstruktsiyasiga ko‟ra qo‟zg‟almas va qo‟zg‟aluvchan bo‟lib, bikrligi
yetarli bo‟lmagan vallarni ishlashda ulardan foydalaniladi.
Qo‟zg‟almas lyunet. Staninaning yo‟naltiruvchilariga o‟rnatib, tagidan planka vositasida bolt
bilan qotiriladi.
Qo‟zg‟aluvchan lyunet. Supportga vintlar yordamida mahkamlanib, uning ikkita kulachogi
valning ishlov berilgan yuzasiga bir tekisda tekkizib qo‟yiladi. Bu kulachoklar ish jarayonida
keskich ketidan surila borib, zagatovkani kesish kuchi ta„siridan bukilishiga yo‟l ko‟ymaydi.
Zagatovkalarni markazlarga qisib ishlash usulidan odatda, 4 < lз/dз < 10 bo‟lgan hollarda
foydalanish tavsiya etiladi.
Agar lз/dз < 10 bo‟lsa, lyunetdan foydalanish kerak.
Opravka . Opravkaga zagatovkani ishlangan toza teshiga bo‟yicha kiygizib, sirtini kesib
ishlashda foydalaniladi. Opravkaning konussimon quyrug‟i shpindelning konussimon teshigiga
kiygiziladi. Opravkalar konstruktsiyasiga ko‟ra yaxlit va ajralma turda bo‟ladi.